1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berishni taʼminlaydigan yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini kengaytirish boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatining sifat jihatidan yangi tartibi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, yoʻl harakatini tashkil etish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, yoʻl harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali ushbu maskanlarda inson omilini cheklagan holda transport vositalarining toʻsiqsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili) bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida tashkil etiladigan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil” yoʻlakdan — belgilangan qoidalarga rioya etadigan va huquqbuzarlik sodir etmagan transport vositalari haydovchilari hech qanday toʻsiqsiz va cheklovlarsiz harakatlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil” yoʻlakdan — qidiruvda boʻlgan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlanayotgan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun oʻz vaqtida toʻlanmagan jarimasi mavjud boʻlgan transport vositalari harakatlanadi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarining faoliyatini tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” tamoyili asosida tashkil etiladigan yoʻlaklar orqali harakatlanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
postlarga xizmatni oʻtash uchun jalb etiladigan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining asosiy huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili mazkur qarorga 2-ilovadagi jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich respublikaning yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Yashil” va “Qizil” yoʻlaklar tizimini joriy etish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda 2023-yil 1-noyabrga qadar tizimning ishga tushirilishini taʼminlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar transport oqimini hisoblash, tirbandliklarning oldini olish, qidiruvda boʻlgan va olib qochilgan transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishini aniqlash hamda transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini oʻz ichiga olgan radiochastotalardan foydalangan holda kontaktsiz maʼlumotlar almashinuvi texnologiyasining jahon tajribasini oʻrganib chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlariga tutash hamda ular atrofidagi boʻsh turgan va zaxiraga olingan qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer uchastkalarini ushbu postlarda zarur inshootlarni barpo etish va jihozlash maqsadida tegishli ichki ishlar organlari murojaatiga asosan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar hamda donor mamlakatlar kreditlari va grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga3-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Ushbu Nizom avtotransport vositalarining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari (keyingi oʻrinlarda — postlar)da tashkil etilgan “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanishi tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.04.00 Avtomobil, temir yoʻl va daryo transporti, aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorugʻlik diodli ekran — LED displey, vizual maʼlumotlarni koʻrsatish va uzatish uchun qurilma (displey, monitor, televizor, elektron tablo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil” yoʻlak — qidiruvda boʻlgan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun oʻz vaqtida toʻlanmagan jarimasi mavjud transport vositalari harakatlanishi shart boʻlgan harakatlanish boʻlagi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik — yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida toʻlanmagan jarima;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
post — yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat koʻrsatish, tezkor-texnik va maxsus vositalar, muhandislik va boshqa tuzilmalar bilan jihozlangan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish boʻlagi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foto va video qayd etish qurilmasi — yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnika vositalari yordamida qayd etuvchi qurilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil” yoʻlak — “Qizil” yoʻlak orqali harakatlanish shartligini koʻrsatuvchi alomatlari boʻlmagan transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladigan harakatlanish boʻlagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Postlarda oʻrnatilgan tartib xorijiy transport vositalariga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida postlarning faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorugʻlik diodli ekran orqali ishora berish yoʻli bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yorugʻlik diodli ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yoʻlak boʻylab harakatlanish haqida ishora berilgan transport vositalari “Yashil” yoʻlak boʻylab toʻsiqsiz harakatlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Qizil” yoʻlakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari boʻyicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi, aniqlangan qarzdorliklar boʻyicha postlarda tashkil etilgan bank terminallari orqali qarzdorlik boʻyicha toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, ularning harakatini davom ettirishga ruxsat berish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorlik toʻlanmagan hollarda transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 291-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini maxsus toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq maxsus toʻxtash joylariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlanadigan transport vositalari boʻyicha vazn va hajm parametrlari tegishli normaga moslashtirilgan taqdirda, ularning harakatini davom ettirishga ruxsat beriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan transport vositalari boʻyicha vazn va hajm parametrlarini tegishli normaga moslashtirilmagan yoki obyektiv sabablarga koʻra buning imkoni boʻlmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlab turish choralari koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 291-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidiruvda boʻlgan transport vositalari aniqlanganda, ushbu transport vositalari darhol maxsus toʻxtash joylariga joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qarzdorlik aniqlangan transport vositalariga quyidagi hollarda harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi toʻxtatilgan vaqtdan eʼtiboran koʻpi bilan 30 daqiqa ichida qarzdorlikka oid batafsil maʼlumot olish imkoniyati boʻlmasa yoxud postlarda tashkil etilgan bank terminallari ishlamayotgan yoki aniqlangan qarzdorliklar boʻyicha toʻlovni qonun hujjatlarida belgilangan boshqacha tartibda amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan qarzdorliklarga asos boʻlgan qoidabuzarliklar yuzasidan sudga murojaat qilingan yoki ish sudda koʻrilayotgan hollarda (bundan ish yuzasidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan hollar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasida shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj shaxs boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, texnogen halokat, yongʻin)da yuk yoki odamlarni tashish hollarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi marhumni tashish uchun foydalanilayotgan yoki dafn marosimida ishtirok etayotgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Postlarga xizmatni oʻtash uchun jalb etiladigan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Postlarda xizmat oʻtayotgan yoʻl-patrul xizmati xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil” yoʻlak boʻylab harakatlanishi lozim boʻlgan transport vositalari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil” yoʻlak boʻylab harakatlanishi lozim boʻlgan, biroq axborot ishora belgilariga rioya qilmagan transport vositalarini toʻxtatish choralarini koʻrish.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoʻl-patrul xizmati xodimlari quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismi va markaziy axborot dispetcherlik xizmati — axborot dispetcherlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — MADX-ADX) bilan doimiy aloqada boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
postlarda mavjud yorugʻlik diodli ekran yordamida, transport vositalarini qizil va yashil yoʻlaklar boʻylab toʻgʻri harakat qilib kelayotganligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot ishora belgilari yoki yorugʻlik diodli ekranda namoyon boʻlgan maʼlumotlarga amal qilmasdan harakatlanishi kerak boʻlgan yoʻlakda harakatlanmagan transport vositasini oʻrnatilgan tartibda tegishli ishora berish yoʻli bilan toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
postlarda mavjud texnik jihozlarning soz holda ishlashini muntazam ravishda nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihozlarda nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
postlardan “Qizil” yoʻlak boʻylab oʻtgan transport vositalari boʻyicha kunlik hisobotni yuritish va qoʻllanilgan choralar boʻyicha maʼlumotni hududiy yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlariga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorugʻlik diodli ekran orqali qizil yoʻlakdan harakatlanish buyurilganligi asoslari toʻgʻrisida tushuntirish berilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan kamchiliklar va qarzdorliklar bilan bogʻliq maʼlumotlar bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl quyilgan kamchiliklar va qarzdorliklar yuzasidan tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud qarzdorlik yoki transport vositasi qidiruvda ekanligi munosabati bilan maxsus toʻxtash joyiga joylashtirilganligi yuzasidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchi axborot ishora belgilari yoki yorugʻlik diodli ekranda namoyon etilgan maʼlumotlardagi ishoralarga soʻzsiz rioya qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Postlar faoliyati ustidan nazorat
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Postlarning faoliyati ustidan nazorat bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan olib boriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Postlarda xizmat olib borayotgan yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan taqdim etilgan kunlik maʼlumot hududiy yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan umumlashtirilib, avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasi bilan solishtiriladi va oylik hisobot yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oylik hisobot bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Haydovchilar postlarga xizmatni oʻtash uchun jalb etiladigan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl patrul xizmati statsionar postlarining yoʻl infratuzilmasini tayyorlash hamda “Yashil” va “Qizil” yoʻlaklar tizimini bosqichma-bosqich joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI

Izoh: Yoʻl infratuzilmasining tayyor boʻlishidan kelib chiqqan holda, “yashil” va “qizil” yoʻlaklar tizimi joriy qilish jadvalda belgilangan muddatlardan oldin amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Keles” YPX statsionar posti qurib bitkazilgandan keyin “yashil” va “qizil” yoʻlaklar tizimi joriy qilinadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 4-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi “ragʻbatlantiriladi” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilovaning 11-bandi birinchi xatboshisi “ragʻbatlantiriladi” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/377/0622-son; 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)