21.06.2022 yildagi 341-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarorining 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
har bir talabgorga ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan (o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun yoki asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun) subsidiyaning faqat bir turi bir marta ajratiladi;
4. Ushbu Reglament qoidalari Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida belgilangan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
ariza bilan ushbu Reglamentning 9-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda;
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan bo‘lsa;
ariza bilan ushbu Reglamentning 9-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda;
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan bo‘lsa.
17. Ariza beruvchi ushbu Reglamentning 16-bandida ko‘rsatilgan talablarga mos kelganda Agentlik uch ish kunida:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

Nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qish uchun subsidiya ajratishni so‘rab davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Yoshlar ishlari agentligiga bevosita ariza yuboradi.

O‘qishni boshlashdan oldin

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchi nomidan so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

O‘n daqiqa ichida

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar asosli ekanligi tasdiqlanganda, ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va unga SMS-xabarnoma yuboradi.

2. Nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini monitoring qilish vazifasini yuklaydi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kunida

4-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

1. Ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini o‘qish joyiga chiqqan holda o‘rganadi.

2. Ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlaydi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga elektron shaklda yuboradi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng besh ish kunida

5-bosqich

Nodavlat ta’lim tashkiloti

Ariza beruvchini o‘qitish bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatilganligi to‘g‘risida hisob-fakturani o‘zi joylashgan hududdagi Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga elektron shaklda yuboradi.

Besh ish kunida

6-bosqich

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida tayyorlangan ariza beruvchiga o‘qish xarajati uchun subsidiya ajratish haqidagi tavsiyasini hamda nodavlat ta’lim tashkilotining hisob-fakturasini Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma bergan bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchi nodavlat ta’lim tashkilotida ta’lim olgan bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi uning murojaatini qanoatlantirish to‘g‘risida tavsiya berish huquqiga ega bo‘ladi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng besh ish kunida

7-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Taqdim etilgan hujjatlarga asosan ariza beruvchining o‘qishi uchun subsidiya to‘lovi mablag‘larini Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi, bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng besh ish kunida

8-bosqich

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Kelib tushgan subsidiya to‘lovi mablag‘larini nodavlat ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Subsidiya kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

Nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qish davrida yashash va transport xarajati uchun subsidiya ajratishni so‘rab davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Yoshlar ishlari agentligiga bevosita ariza yuboradi.

O‘qishni boshlagandan so‘ng har oy yakuni bo‘yicha

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchi nomidan so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

O‘n daqiqa ichida

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar asosli ekanligi tasdiqlanganda, ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va unga SMS-xabarnoma yuboradi.

2. Nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining te�ishli joyda ijarada yashashi va transport qatnovini monitoring qilish vazifasini yuklaydi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida

4-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

1. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchining ijara shartnomasida ko‘rsatilgan manzilda yashashi, o‘qish joyiga tegishli transportda qatnashini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.

2. Ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqida tavsiya tayyorlaydi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga elektron shaklda yuboradi.

Besh ish kunida

5-bosqich

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasini ilova qilgan holda ariza beruvchiga yashash va transport xarajati uchun subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligiga so‘rov yuboradi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

6-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Taqdim etilgan tavsiyaga asosan ariza beruvchiga subsidiyani to‘lash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.

2. Ariza beruvchining yashash va transport xarajati uchun subsidiya to‘lovi mablag‘larini Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Hujjatlar kelib tushganidan so‘ng uch ish kunida

7-bosqich

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Kelib tushgan subsidiya to‘lovi mablag‘larini ariza beruvchining bank kartasiga o‘tkazib beradi.

Subsidiya kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

ariza bilan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda;
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan bo‘lsa.
16. Ariza beruvchi ushbu Reglamentning 15-bandida ko‘rsatilgan talablarga mos kelganda Agentlik ikki ish kunida murojaatdagi ma’lumotlarning to‘liq va asosli ekanligini tekshirish uchun ariza beruvchining yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga yo‘naltiradi.
17. Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan besh ish kunida ariza beruvchining murojaati ushbu Reglamentning 15-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi yana bir marta o‘rganilib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlanadi hamda Agentlikning tuman (shahar) bo‘limiga elektron shaklda yuboriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishni so‘rab davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Yoshlar ishlari agentligiga bevosita ariza yuboradi.

Tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatid� davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab bir yuz sakson kun davomida

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchi nomidan so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

O‘n daqiqa ichida

2-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar asosli ekanligi tasdiqlanganda, murojaatni ariza beruvchining yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

4-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining murojaatidagi ma’lumotlar to‘g‘riligini o‘rganib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlaydi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limiga elektron shaklda yuboradi.

Murojaat kelib tushgandan so‘ng besh ish kunida

5-bosqich

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Agentlikning tuman (shahar) bo‘limi yoshlar yetakchisining tavsiyasini ilova qilgan holda ariza beruvchiga tegishli subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida Agentlikka so‘rov yuboradi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi uning murojaatini qanoatlantirish to‘g‘risida tavsiya berish huquqiga ega bo‘ladi.

Murojaat kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

6-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan ariza beruvchiga subsidiyani to‘lash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2. Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyani Yoshlar ishlari agentligining tuman(shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi, bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida

7-bosqich

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Subsidiyani asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini xarid qilish uchun realizatsiya qiluvchi tashkilotning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Subsidiya kelib tushgandan so‘ng besh ish kunida

8-bosqich

Ariza beruvchi

Realizatsiya qilingan tashkilotdan asbob-uskuna yoki mehnat qurolini mahalladagi yoshlar yetakchisi ishtirokida qabul qiladi.

Subsidiya kelib tushgandan so‘ng

9-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

1. Asbob-uskuna yoki mehnat qurolini qabul qilish va topshirish bo‘yicha dalolatnomani tuzadi.

2. Dalolatnomani Yoshlar ishlari agentligiga topshiradi.

Subsidiya realizatsiya qiluvchi tashkilotga o‘tkazilgandan so‘ng