Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HAR TOMONLAMA HAMKORLIK BOʻYIChA OʻZBEKISTON — UKRAINA QOʻShMA KOMISSIYASINING OʻZBEKISTONGA OID QISMINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-dekabrdagi 519-sonli “MDH davlatlari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston qismi tarkibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Ukraina Prezidenti tomonidan har tomonlama hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Ukraina qoʻshma komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida 1997-yil 28-martda imzolangan Protokolga muvofiq hamda anʼanaviy doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Har tomonlama hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Ukraina qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi 1-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Har tomonlama hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Ukraina qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi kichik komissiyalari tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston — Ukraina qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tuzish toʻgʻrisida” 1997-yil 24-yanvardagi 49-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 28-noyabr,
526-son