Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MANAMA ShAHRIDA (BAXRAYN) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSULLIGINI OChISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-maydagi 235-sonli “Quvayt davlatida Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini ochish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bahrayn Davlati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 29-maydagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bahrayn Davlatining Manama shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligi taʼsis etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
1997-yil uchun Konsullik xodimlari soni 3 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi - diplomatik tarkib xodimlari, 1 kishi - maʼmuriy-texnik xodim.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shtatning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Konsullikning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 1-noyabr,
497-son
Manama shahridagi (Bahrayn) Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligining shtat
JADVALI
| | | | | | |
|
(hisob-kitoblar AQSh dollarida) | |||||
|
№ |
Lavozim |
Shtatdagi xodimlar soni |
Elchining maoshi (1700)ga nisbatan foizlarda xodimlarning maoshi |
Oylik maosh |
1997-yil uchun ish haqi fondi |
|
Diplomatik xodimlar tarkibi: | |||||
|
1. |
Konsul |
1 |
75% |
1275 |
15300 |
|
2. |
Uchinchi kotib |
1 |
65% |
1105 |
13260 |
| | Hammasi |
2 |
|
2380 |
28560 |
|
Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi: | |||||
|
1. |
Katta buxgalter |
1 |
65% |
1105 |
13260 |
|
2. |
Joyning oʻzida yollanadigan yoki xodimlarning oila aʼzolaridan iborat boʻladigan xodimlar (ish yurituvchi kotiba, oshpaz, oshpaz, farrosh, qorovul, bogʻbon) soatbay haq toʻlanadi |
| |
2200 |
26400 |
| | Hammasi |
1 |
|
3305 |
39660 |
| | Jami |
3 |
|
5685 |
68220 |
| | | | | | |