09.03.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3352
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i, 09.03.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3352
Kuchga kirish sanasi
09.03.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2023
 LexUZ sharhi
b) mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisliklar talab etiladigan ayrim lavozimlariga tegishli tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar tanlovsiz qabul qilinadi;
v) mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining alohida mutaxassislik talab etiladigan lavozimlariga ushbu mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlargina tanlov asosida (bundan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasidagi ro‘yxatga muvofiq tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisliklar talab etiladigan lavozimlar uchun nomzodlar mustasno) qabul qilinadi;
g) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ichki ishlar organlarining ayrim bo‘linmalari va lavozimlariga o‘ttiz yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar qabul qilinishi mumkin;
(3-bandning “d” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan, yosh ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan (1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari) fuqarolar bir yil mobaynida tanlovning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi.
Mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining ayrim lavozimlariga nomzodlar bo‘yining balandligi alohida antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi.
18. Dastlabki o‘rganish uchun hozir bo‘lgan nomzodlarning Nizomda belgilangan umumiy talablar va mazkur Yo‘riqnomaning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga javob berishini aniqlash maqsadida dastlabki o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya (bundan buyon mazkur bobda kichik komissiya deb yuritiladi) tomonidan nomzodlar taqdim qilgan hujjatlar o‘rganib chiqiladi hamda ularning bo‘yi o‘lchanadi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha barcha nomzodlarga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi dastlabki o‘rganish varaqasi rasmiylashtiriladi va nomzodlarga imzolatgan holda tanishtiriladi.
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)
42. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, nomzodga har bir mashqni bajarganlik uchun ball beriladi. Umumiy to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 30 ballni tashkil etadi.
62. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 2 kun ichida mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida kichik komissiya a’zolari tomonidan hisoblab chiqiladi.
Qabul komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy suhbat tadbirlarida to‘plagan ballari umumlashtirilib, mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnoma (bundan buyon matnda qaydnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Umumlashtirilgandagi maksimal ball — 60 ballni tashkil etadi.

Lavozim nomi

Mutaxassislik nomi

(ta’lim sohasi va ta’lim yo‘nalishi)

Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash, rivojlantirish hamda kompyuterlashtirilgan bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma, markaz, bo‘lim (bo‘linma) boshlig‘i va o‘rinbosarlari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil, katta tezkor vakil, katta mutaxassis-muhandis, katta inspektor, muhandis, kichik inspektor, kichik mutaxassis, operator.

kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi; aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi (pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno).

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari bo‘yicha

Markaz boshlig‘i, o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis, mutaxassis, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil, katta tezkor vakil.

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi (tibbiyotda kompyuter tizimlari televizion texnologiyalar, audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va ilovalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, pochta aloqasi texnologiyasi, televideniye, radioaloqa va radioeshittirish, audio-video texnologiyalar, maxsus yoritish texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno);

ta’limda axborot texnologiyalari; intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi;

elektronika;

mikroelektronika;

matematik injiniring;

elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha) mutaxassisliklari;

texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);

mexatronika va robototexnika;

intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);

texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi;

amaliy kosmik texnologiyalar;

dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish ta’lim yo‘nalishlari.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vos�talari bilan aloqalar bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari, bo‘lim (bo‘linma), markaz, axborot xizmati boshlig‘i, matbuot kotibi, bosh rejissor, prodyuser, mutaxassis inspektor, muharrir, muharrir o‘rinbosarlari, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektor, (katta) mutaxassis, yetakchi mutaxassis-muharrir, mutaxassis-muxbir, muxbir, operator, kichik inspektor.

jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi;

rejissorlik ta’lim yo‘nalishi.

Xalqaro hamkorlik bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari, bo‘lim (bo‘linma) boshlig‘i, bosh inspektor, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektor.

jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

sharq falsafasi va madaniyati ta’lim yo‘nalishi;

xalqaro jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi;

xalqaro huquq mutaxassisligi.

Nazorat-taftish inspeksiyalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, bosh taftishchi, katta taftishchi, taftishchi.

iqtisodiy ta’lim sohasi.

Moliya-iqtisod bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosarlari, bo‘lim (bo‘linma) boshlig‘i, bosh inspektor, muhandis, mutaxassis, muhandis-iqtisodchi, yetakchi mutaxassis, buxgalter, g‘aznachi, iqtisodchi.

iqtisodiy ta’lim sohasi.

Kapital qurilish va ta’mirlash bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari, bo‘lim (bo‘linma) boshlig‘i, bosh mutaxassis.

iqtisodiy ta’lim sohasi;

arxitektura va qurilish ta’lim sohasi;

geodeziya, kartografiya va kadastr ta’lim sohasi.

Xo‘jalik bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, bosh muhandis, katta muhandis-energetik, katta muhandis-iqtisodchi, katta mutaxassis-zootexnik, katta inspektor-muhandis, katta muhandis, inspektor-muhandis.

iqtisodiy ta’lim sohasi;

arxitektura va qurilish ta’limi sohasi.

Moddiy texnika ta’minoti bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari, bo‘lim (bo‘linma, xizmat) boshlig‘i va o‘rinbosari, bosh muhandis, muhandis, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis.

moliya mutaxassisligi;

materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

�r usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisligi;

to‘qimachilik va yengil sanoat mashinalari hamda apparatlari mutaxassisligi;

to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati mutaxassisligi.

Tibbiyot bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma, bo‘lim, harbiy-tibbiy komissiya raisi, stomatologik poliklinika, laboratoriya, gospital, sanatoriy, (bosh) markaz, kasalxona boshliqlari, o‘rinbosarlari;

bosh shifokor (o‘rinbosari);

farmatsevt-provizor, dorixona boshlig‘i, tibbiy omborxona boshlig‘i, ambulatoriya boshlig‘i, farmatsevt assistenti, laborant, tibbiy ro‘yxatchi, feldsher, tibbiy hamshira, shifokor-epidemiolog yordamchisi, sanitariya shifokori yordamchisi

sog‘liqni saqlash ta’lim sohasi.

Axloqiy-psixologik ta’minlash bo‘linmalari bo‘yicha

bo‘linma boshlig‘i, bosh psixolog, yetakchi mutaxassis-psixolog, yetakchi mutaxassis-psixolog-poligrafolog, katta psixolog, katta psixolog-poligrafolog, kriminalist-psixolog, psixolog, profilaktika xizmatining inspektor-psixologlari.

pedagogika va psixologiya mutaxassisligi;

sotsiologiya va psixologiya ta’lim sohasining psixologiya ta’lim yo‘nalishi.

Kinologiya xizmati bo‘yicha

bo‘lim boshlig‘i, laboratoriya, veterinariya xizmati boshlig‘i, bo‘linma boshlig‘i, o‘qituvchi.

veterinariya ta’lim sohasi;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi ta’lim sohasining zootexnika yo‘nalishi.

veterinar-shifokor.

veterinariya ta’lim sohasi.

kichik instrukt�r-kinolog, inspektor-kinolog;

kinolog, feldsher, laborant, veterinar-feldsher, veterinar;

otliq otryad veterinar-shifokori, veterinar-feldsher.

veterinariya ta’lim sohasi;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi ta’lim sohasining zootexnika yo‘nalishi.

Madaniyat saroyi va orkestr bo‘yicha

madaniyat saroyi boshlig‘i-badiiy rahbar, madaniyat saroyi boshlig‘i o‘rinbosari-qo‘shiq va raqs ansambli boshlig‘i, ansambl boshlig‘i o‘rinbosari, ansambl boshlig‘ining yordamchisi, oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi toifali artist;

orkestr boshlig‘i-bosh dirijyor, orkestr boshlig‘i o‘rinbosari-dirijyor, orkestr boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, orkestr boshlig‘ining yordamchisi, konsertmeyster, katta musiqachi, musiqachi.

san’at ta’lim sohasi (haykaltaroshlik, amaliy san’at, xoreografiya ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno)

Ekspert-kriminalistika bosh markazining Portlash-texnik ekspertizalar bo‘limi bo‘yicha

bo‘lim boshlig‘i, bosh ekspert, katta ekspert.

kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishi;

biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi.

Ekspert-kriminalistika bosh markazining raqamli ekspertizalar bo‘limi bo‘yicha

bo‘lima boshlig‘i, bosh ekspert, katta ekspert.

axborot xavfsizligi, kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi.

Ekspert-kriminalistika bosh markazining Genetik tadqiqotlar va shaxsning genom axborotini davlat ro‘yxatiga olish bo‘limi bo‘yicha

Bo‘lim boshlig‘i, bosh ekspert, katta ekspert

biologiya (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining elektron axborot tizimlari va axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i, bo‘lim (bo‘linma, guruh) boshlig‘i, bosh inspektor, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektor, katta inspektor, inspektor

kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi;

aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi (pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno);

dasturlash va axborot texnologiyalari;

axborot xavfsizligi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;

kompyuter injiniring;

dasturiy injiniring.

Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi bo‘yicha

modellashtirish va simulatsiya bo‘yicha bosh mutaxassis;

aloqa vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassis.

kompyuter texnologiyalari ta’lim sohasi;

kompyuter injiniringi (multimedia texnologiyalari) ta’lim sohasi;

televideniye, radioaloqa va radioeshittirish ta’lim sohasi;

aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi.

qidiruv asbob-uskunalari, radioelektron himoya qilish vositalari va robototexnika bo‘yicha bosh mutaxassis;

radioelektron qurilmalar bo‘yicha bosh mutaxassis.

elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi;

radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) (antenalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalardan tashqari);

elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha).

portlovchi, kimyoviy va zaharlovchi moddalar bo‘yicha bosh mutaxassis.

kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha).

Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Toshkent metropoliteni bo‘yicha maxsus otryad

radiatsion va kimyoviy xavfsizlik bo‘yicha guruh bosh mutaxassisi.

kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha).

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘linmalarining Mafkuraviy targ‘ibot yo‘nalishi bo‘yicha

Bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis

dinshunoslik; islomshunoslik, psixologiya (din sotsopsixologiyasi).

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)

Lavozim nomi

Mutaxassislik nomi

(ta’lim sohasi va ta’lim yo‘nalishi)

Tergov departamenti va bo‘linmalari bo‘yicha

departament boshlig‘i, birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, bo‘linma boshliqlari, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi, katta tergovchi, tergovchi, katta surishtiruvchi, surishtiruvchi.

Huquqiy ta’lim sohasi.

Yuridik ta’minlash bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosari, bo‘lim, bo‘linma boshlig‘i, bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult, yuriskonsult.

Huquqiy ta’lim sohasi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘yicha**

Profilaktika katta inspektori.

Huquqiy ta’lim sohasi.

Axloqiy-psixologik ta’minlash bo‘linmalari bo‘yicha

bo‘linma boshlig‘i, bosh psixolog; yetakchi mutaxassis-psixolog, yetakchi mutaxassis-psixolog — poligrafolog, katta psixolog, katta psixolog-poligrafolog, psixolog.

pedagogika va psixologiya mutaxassisligi;

sotsiologiya va psixologiya ta’lim sohasining psixologiya ta’lim yo‘nalishi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari bo‘yicha

bosh boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosari, boshqarma boshliqlari, bo‘lim, bo‘linma boshlig‘i, bosh inspektor, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektor, katta inspektor, inspektor.

huquqiy ta’lim sohasi;

gumanitar ta’lim sohasi;

kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi;

aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi (pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno).

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari bo‘yicha

boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektor, katta inspektor, inspektor, brigada, batalon, divizion komandiri va o‘rinbosarlari, yo‘l-patrul xizmati (katta) inspektori.

er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi;

avtomobil yo‘llari va aerodromlar ta’lim yo‘nalishi;

ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi;

avtomobil transporti, yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

transport inshootlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

qiymat injiniringi ta’lim yo‘nalishi;

shahar yo‘llari va ko‘chalari ta’lim yo‘nalishi;

kasbiy ta’lim-avtomobil va aerodromlar;

kasbiy ta’lim-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

menejment-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

marketing-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi;

elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi;

xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

xizmatlar sohasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

ekologiya va atrof muhit muhofazasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi ta’lim yo‘nalishi;

harakat xavfsizligini tashkil etish mutaxassisligi;

ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish mutaxassisligi;

ko‘tarish, tashish va yo‘l qurilish mashinalari ta’lim yo‘nalishi;

huquqiy ta’lim sohasi;

harbiy ta’lim sohasi.

Ekspert-kriminalistika markazi bo‘yicha

markaz boshlig‘i, o‘rinbosari, bo‘lim, bo‘linma boshlig‘i, bosh ekspert, katta ekspert, ekspert.

tabiiy fanlar ta’lim sohasi;

hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim sohasi;

ishlab chiqarish texnologiyalari ta’lim sohasi;

tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi;

filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishining lingvistika mutaxassisligi;

konchilik ishi ta’lim yo‘nalishi;

elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari ta’lim yo‘nalishi;

radioelektron qurilmalar va tizimlar ta’lim yo‘nalishi;

axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi;

kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishi;

biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi;

kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi;

bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo‘nalishi;

aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi;

buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishining buxgalteriya hisobi, audit mutaxassisliklari;

farmatsiya ta’lim yo‘nalishi;

oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi;

dizayn ta’lim yo‘nalishi;

er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishining yer usti transport vositalari va tizimlari mutaxassisligi;

huquqiy ta’lim sohasi.

1. Ushbu ro‘yxatdagi ayrim lavozimlar mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq Ichki ishlar organlariga xizmatga tanlovlarsiz qabul qilinadigan tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassisliklar va lavozimlar ro‘yxatiga kiritilganligi bois, ushbu lavozimlar uchun nomzodlar xizmatga tanlovlarsiz qabul qilinadi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2024-yil 1-sentabrdan e’tiboran Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar tayinlanadi.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3352-1, 11.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son)