1-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Ijro muddati |
Masʼul tashkilotlar |
|
I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar | |||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va sanʼat xodimlari, sportchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzolaridan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish va hududlarga yuborish. |
aprel-may |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi |
|
2. |
Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalarini tuzish. |
20-aprel |
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti |
|
3. |
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarni oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish. |
yil davomida |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlari ishtirokida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab tantanali marosimlar va konsertlar dasturini tayyorlash va koʻtarinki ruhda oʻtkazish. |
25-aprel |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
5. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlari hamda barcha shahar va tumanlarda “Xotira bor ekan — Millat barhayot”, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” shiorlari ostida kompleks tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish. |
25-aprel — 10-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi |
|
6. |
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududidagi Mangu qahramonlik badiiy ekspozitsiyasini meʼmoriy-badiy yoritish choralarini koʻrish. |
1-mayga qadar |
Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Badiiy akademiya |
|
7. |
Ikkinchi jahon urushi jarayonlarini, urush qatnashchilari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi videolavhalar, qisqa metrajli filmlar va boshqa materiallardan tungi “3 D mapping” tomoshasi ssenariysini tayyorlash va namoyish etish. |
9-mayga qadar |
Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi |
|
8. |
Xalqimizning Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasini chuqur oʻrganish va targʻib etish borasidagi yangi maʼlumotlarni chop etish. |
9-mayga qadar |
Fanlar akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, “OʻzA” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
9. |
Oʻquvchi va talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy taʼlim muassasalariga tashriflarini uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, sport oʻyinlarini tashkil etish. |
yil davomida |
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi |
|
10. |
Oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-11 sinflari oʻquvchilari oʻrtasida mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasini oʻtkazish. |
9-mayga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
11. |
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti faxriylarining qahramonligiga oid “Xotiralardan oʻrin olgan tarix” kitobini yaratish. |
9-mayga qadar |
Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
12. |
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda harbiy qism va muassasa boshliqlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflarini uyushtirish. |
1 — 30-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti |
|
13. |
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida Xotira va qadrlash kunini nishonlash boʻyicha asosiy bayram tadbirini “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida oʻtkazish. Asosiy bayram tadbirlarida qatnashadigan respublikamizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarining roʻyxatini shakllantirish hamda ularning temir yoʻl yoki avtomobil transportida Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxonalarga joylashish, ovqatlanish, madaniy hordiq chiqarishlari hamda zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishini tashkil etish. |
1 — 10-may |
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirli?i, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
14. |
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaga bagʻishlangan Ikkinchi jahon urushi davriga oid muzey eksponatlari asosida koʻchma koʻrgazmalarni tashkil etish. |
1 — 10-may |
Turizm va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
15. |
Toshkent shahridagi Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumentlariga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qoʻyish marosimlarini tashkil etish. |
7 — 9-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari |
|
16. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyishini oʻtkazish. |
7 — 9-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
17. |
9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar va oʻquvchilar, harbiylarning oila aʼzolarining bepul tashriflarini tashkil etish. |
1 — 15-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
18. |
Mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda qahramonlik koʻrsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan xizmatchilarning byustlarini yaratish hamda ular oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻrnatish. |
1-sentabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Xalq taʼlim vazirligi, Badiiy akademiya |
|
II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar | |||
|
19. |
Davlat oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida “Mardlik, burch va sadoqat” harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi film va lavhalar namoyish etiladigan darslarni tashkil etish va oʻtkazish. |
Aprel-may |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti |
|
20. |
Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish. |
Aprel-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla v? oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti |
|
21. |
Oʻquvchi va talaba yoshlar, harbiy xizmatchilar ishtirokida “Urush noming oʻchsin jahonda” mavzusida ijodiy ishlar koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish. |
20-aprel — 20-may |
Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Hunarmandlar uyushmasi |
|
22. |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida hamda nodavlat telekanallarda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus koʻrsatuvlar va tok-shoular tashkil etish. |
25-aprel — 15-may |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
|
23. |
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 76 yilligi munosabati bilan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. |
30-aprel |
Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
24. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari, ashula va raqs ansambllarining, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi orkestrlar va badiiy jamoalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” nomli konsert dasturlari namoyishini tashkil etish. |
1 — 10-may |
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi |
|
25. |
Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Urush xotiralarda” mavzusidagi ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini tashkil etish. |
9-mayga qadar |
Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Hunarmandlar uyushmasi |
|
26. |
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar joʻnatish. |
9-may |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
27. |
“Men gʻolib” shiori ostida 10 km ga yugurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari chempionatining ikkinchi bosqichini oʻtkazish. |
alohida rejaga asosan |
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi |
|
III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar | |||
|
28. |
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini topshirish. |
9-mayga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
|
29. |
Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalari aʼzolarini imtiyozli ravishda harbiy gospital va boshqa tibbiyot muassasalarida davolash va dori vositalari bilan bepul taʼminlash. |
25-aprel — 10-may |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
30. |
Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash va obodonlashtirish. |
25-aprel — 10-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
31. |
Yoshlar, mahallalar faollari va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga tashrif buyurish, ularga maqsadli moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatish. |
25-aprel — 15-may |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi |
|
32. |
Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligʻini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash. |
25-aprel — 15-may |
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
2-ILOVA
|
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari | |
|
V. Mahmudov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
T. Xudaybergenov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
|
A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
|
A. Djurabayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari |
|
Q. Rafikov |
— |
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
|
A. Azizov |
— |
Davlat xavfsizlik xizmati raisi |
|
R. Joʻrayev |
— |
Milliy gvardiya qoʻmondoni |
|
B. Kurbanov |
— |
mudofaa vaziri |
|
P. Bobojonov |
— |
ichki ishlar vaziri |
|
R. Mamatov |
— |
mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vaziri |
|
O. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
T. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
A. Toshqulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
Sh. Shermatov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
A. Kuldashev |
— |
favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
S. Xusanov |
— |
Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni |
|
A. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
A. Koʻchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
X. Batirov |
— |
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi |
|
M. Xojimatov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
S. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
R. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi |
|
X. Salimov |
— |
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisining oʻrinbosari |