Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi oʻrnatilgan maʼmuriy-hududiy birliklar, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlarning roʻyxatini eʼlon qilish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 735-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi oʻrnatilgan maʼmuriy-hududiy birliklar, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Toshkent, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari chegara zonasi belgilangan maʼmuriy-hududiy birliklar, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlarda oʻz faoliyatini tashkil etishda ushbu qarorga ilovadagi roʻyxatga amal qilsinlar.
3. Chegara zonasida joylashgan aholi yashash maskanlarida chegara va pasport rejimiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-fevral,
63-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-fevraldagi 63-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi oʻrnatilgan maʼmuriy-hududiy birliklar, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlarning
RUYXATI
1. Toshkent viloyati:
Boʻstonliq tumani — Qorabuloq, Polvonak, Mullolo, Kurduptur, Maydontol, Ispay, Qoshbuloq, Tepar, Takayongʻoq, Jaujurek, Urungach, Chakak, Piskom aholi punktlari.
2. Fargʻona viloyati:
Soʻx tumani — Soʻx, Hushyor va Sarikanda shaharchalari, Demursad, Yangiariq, Ravon, Shayxatola, Malbut, Devayron, Lenburg, Tul, Qalʼacha, Gʻaznov, Qizilqiyoq, Chashma aholi punktlari.
Fargʻona tumani — Shohimardon va Yordon MFYlari.
3. Surxondaryo viloyati:
Muzrabot tumani — Qorakamar, Boldir, Navbaxor, Obodon, Shoʻrob va Beshqoʻton, Muzrabot, Guliston qishloqlari, Xalqobod shaharchasi, Boldir temir yoʻl stansiyasi hududi.
Sherobod tumani — Zarabogʻ qishlogʻi, Uzunsoy MFYlari.
Termiz tumani — Uchqizil shaharchasi, At-Termiziy, Qaxramon, Termiz, Ayratom, Navroʻz, Gulbahor MFYlari, Termiz aeroporti, Uchqizil, Gʻalaba, Amu-Zang temir yoʻl stansiyalari hududi.
Termiz shahri — umumiy shahar hududi.
Angor tumani — Angor shaharchasi, Navshahar, Oxunboboyev, Chinobod, Karvon, Talloshqon, Dehqonbirlashuv, Kattaqum, Zartepa, Zang Gilambob, Qarabogʻ, Farovon, Yangiturmush, Dehqonittifoq, Guliston, Yuqori Xoʻjaqiya, Yuqori Tallashqon, Gilambob, Xamkon, Yuqori Tallashqon, Toʻlqin, Gulzor, Qorasuv, Xoʻjanqon, Yangiobod, Ulugʻbek, Qadimiy Angor, Markaz, Kayran, Madaniyat, Qoʻshtegirmon MFYlari va Navshahar temir yoʻl stansiyasi hududi.
Sariosiyo tumani — Xufar, Soʻfiyon Bogʻi Eram, Duobo, Karsak, Vochax, Xoʻjaosmin, Zogʻxona, Zagʻnobod, Chashma, Labiob, Boyqishloq, Xondiza qishloqlari, Doʻstlik, Tortuli, Bogʻiston, Chilonzor, Shabnam, Bogʻishirin, Xalqobod, Lochin, Jannatmakon, Xulkar, Marjona, Bogʻi Samarqand, Daragiston Sarijar, Kelajak sari, Anorzor, Buyrapoʻsh, Nilova, Turmushobod, Galabuta, Nurbuloq, Chosh, Terakzor, Yoqutli bogʻ, Shohjaxon, Sharofobod, Maland MFYlari, Tamshush, Tamarxut, Xamidarcha, Kishtut, Saripova, Angariqozi, Kunkoʻrmas, Mush, Shotrut, Xovat, Xurvatan, Zambogʻ, Mizat, Suxtay, Debola, Novide, Bugrs, Maydonqozi, Pitibarak, Guziak, Nigobod, Ustoch, Zinchob, Zevar, Kundadjuvoz, Pastikalon, Sarimazor yaylov yer maydonlari.
Uzun tumani — Istiqlol, Xatib Qaxramon, Chaqar, Quruqsoy, Bobotogʻ, Mustaqillikning 22 yilligi, Obod yurt, Toltugʻay, Oqmachit, Yangiobod, Serxarakat, Mustaqillik, Oqostona, Oʻlanqul, Oqtumshuq, Madaniy turmush, Fayzova, Fayzobod, Xursand, Malandiyon, Yangi Roʻzgʻor, Mehnat, Baxoriston, Oʻzbekiston, Erkinlik, Yoshlik, Navroʻz MFYlari.
Shoʻrchi tumani — Laylakxona, Xushchekka, Ezgulik, Ozod, Tamshush MFYlari.
Qumqoʻrgʻon tumani — Saxovat, Tebat MFYlari.
Jarqoʻrgʻon tumani — Ismoiltepa, Oqtepa, Kiron, Kamar, Beshbuloq MFYlari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 09/21/63/0106-son)