Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi (keyingi oʻrinlarda — Tarjimonlar byurosi) faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
Tarjimonlar byurosi xodimlarining ish haqi va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda Tarjimonlar byurosi bino-maydonlarini kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratiladi;
Tarjimonlar byurosi xodimlarining ish haqi va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ajratilishi nazarda tutiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-yanvar,
28-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 18-fevraldagi 140-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
“41. Belgilansinki, Tarjimonlar byurosining boshqaruv xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparatida tegishli lavozimlar uchun belgilangan ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Tarjimonlar byurosiga ikkita yengil avtotransport vositasi uchun limit nazarda tutiladi”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Tarjimonlar byurosi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1a-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.”.
3. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining
TUZILMASI
TUZILMASI
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor oʻrinbosari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosh yuriskonsult |
Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari tillari boʻlimi 12 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
OAV bilan aloqalar va marketing boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis |
Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari tillari boʻlimi 6 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi 2 |
Sharqiy Osiyo mamlakatlari tillari boʻlimi 6 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ishlar boshqaruvchisi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv xodimlarning cheklangan umumiy soni — 35 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni — 6 nafar”.
4. 2-ilovada:
a) 7-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ularning loyihalari asosida ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini davlat va xorijiy tillarga tarjima qilish, muzokaralar jarayonida tarjimani, bosma va media materiallarning tarjimasini hamda hujjatlarning sertifikatlangan tarjimasini taʼminlash, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlarini qonuniy rasmiylashtirish va hujjatlarni notarial tasdiqlash uchun tarjima (apostil) qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi”;
b) 8-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“oʻz vakolati doirasida anjumanlar, seminarlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
oʻz daromadlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga, Tarjimonlar byurosi faoliyatining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tasarruf etish;
oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mol-mulk sotib olish”;
yettinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 11-bandga quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga Tarjimonlar byurosining diplomatik xizmat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida xizmat vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan xodimlariga diplomatik darajalarni berish toʻgʻrisida hamda xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali chet ellarga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborish toʻgʻrisida takliflar kiritadi”;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) quyidagi mazmundagi 111-band qoʻshilsin:
“111. Tarjimonlar byurosi direktori bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Tarjimonlar byurosi direktorining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgan holda, Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Direktor oʻrinbosari oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, qoʻshimcha toʻlovlar va moddiy ragʻbatlantirish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Direktor oʻrinbosari va xodimlar Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalari asosida faoliyat olib boradilar”;
d) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “yetakchi” soʻzi “bosh” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 16-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Tarjimonlar byurosi xodimlarining ish haqi rasmiy maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa toʻlovlardan iborat.
Tarjimonlar byurosi xodimlarining maoshlariga mukofot pullari, ustamalar va moddiy ragʻbatlantirish tusidagi qoʻshimcha toʻlovlar Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq toʻlanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)