Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON NEFT VA GAZ SANOATI TARMOQLARIDA LOYIHALASh vaILMIY-TADQIQOT IShLARI BOʻYIChA “NEFTGAZFAN” ILMIY-IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Neft va gaz sanoati tarmoqlarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi tarkibida 1-ilovaga* binoan respublika neft va gaz qazib olish tashkilotlari institutlari va konstruktorlik byurolari negizida neft va gaz sanoati tarmoqlarida loyihalash va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi:
respublika neft va gaz sanoatida ilmiy, loyihalash, normativ-tadqiqot, texnologik, konstruktorlik ishlarini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlarni oʻz tarkibiga olgan davlat birlashmasi hisoblanadi;
yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatini respublikaning amaldagi qonun hujjatlari, “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi Ustavi hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan va “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan birlashma Ustavi asosida tashkil etadi.
3. Quyidagilar “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
geologiya, izlash, qidiruv, neft, gaz, gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish, toʻplash, tayyorlash, uzatish, tashish, qayta ishlash, xalq xoʻjaligida neftdan, gazdan va neft mahsulotlaridan sinoat asosida foydalanish, gazni yer ostida saqlash, neft, gaz va neftni qayta ishlash sanoati obyektlari, neft, gaz va neft mahsulotlari quvurlari tarmoqlari qurilishi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv, tajriba-konstruktorlik texnologik ishlarning iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlovchi tizimni yaratish;
neft, gaz va gaz kondensati konlarini qidirib topish va ularni razvedka qilish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarining samarali yoʻnalishlarini asoslab berish, xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida neft, gaz, kondensat zaxiralarini hisoblashni amalga oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ekologiya xavfsizligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish;
neft, gaz va gaz kondensati konlari, shuningdek, gazning yer osti omborlarini oʻzlashtirish va tartibga solishning ilmiy asoslangan loyihalarini ishlab chiqish, tabiiy resurslardan yanada toʻlaroq foydalanish vazifalaridan kelib chiqqan holda ularning oʻzlashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
neft, gaz, neftni qayta ishlash sanoatini istiqbolda rivojlantirishning va neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimining umumiy rejalarini ishlab chiqish;
respublika sanoat korxonalari va aholisini gaz bilan taʼminlashning ishonchliligi va barqarorligini oshirish usullarini ishlab chiqish;
neft va gaz sanoati tarmoq institutlarining ixtisoslik yoʻnalishdagi kuchlarini neft va gaz qazib olish obyektlarini loyihalash, tadqiq etish, qurish, ularni qayta ishlash, yonilgʻini tashish boʻyicha alohida muhim masalalarni hal etish uchun toʻplash. Bunda xodimlarning maoshi mahsulotning pirovard natijalariga toʻgʻridan toʻgʻriiqdisodiy bogʻliqligiga erishiladi;
loyihalash, tadqiq qilish sohalarida xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tarmoqda ilgʻor texnika va texnologiyani joriy etish, neft va gaz sanoati obyektlarni qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash.
4. “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining yuqori organi Kengash hisoblanadi, u birlashma boshqaruvini saylaydi, apparat tuzilmasini, mehnatga haq toʻlash fondini va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi. Apparatni mablagʻ bilan taʼminlash birlashma tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Birlashma apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tavsiya qilinsin. Birlashmaga bosh direktorning 2 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi, oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin. “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosar maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining boshqaruv apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 2-uy.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 17-may,
231-son