Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QOZOGʻISTON RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELChIXONASINI OChISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-iyundagi 262-son “1993-yil uchun kuponlar berishda yangi tabaqalashgan shkalani belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 1993-yil 4-yanvarda boʻlib oʻtgan Toshkent uchrashuvi qoʻshma Bayonotiga, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 23-noyabrda notalar ayirboshlanganligiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish zarur deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining 1993-yil uchun shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi 1—2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Elchixona xodimlari sonini 1993-yil uchun 5 kishidan, shulardan diplomatik tarkibdagi xodimlar soni — 3 kishi, texnik tarkibdagi xodimlar soni — 2 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchixonasining faoliyat koʻrsatishi uchun xarajatlar smetasiga muvofiq 1993-yil uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin, shuningdek, Elchixona tomonidan asbob-uskuna va jihozlar sotib olinishi uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchixonasi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
shtatlar jadvaliga muvofiq Elchixonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha taklif kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi Qozogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi uchun Tashqi ishlar vazirligining talabnomalariga binoan belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari, jihozlar, asbob-uskunalar hamda transport vositalari ajratsinlar.
5. Aloqa vazirligi Olmaota shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasini zarur aloqa vositalari bilan taʼminlashda yordam koʻrsatsin.
6. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Elchixonasi yuklarini va xodimlarini manzilga yetkazib berilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 8-may,
210-son
Qozogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
ShTAT JADVALI
| | Shtat soni | Xodimlarning elchi maoshiga nisbatan foiz hisobidagi maoshi | 1993-yil 1-apreldan oshirilgan ish haqini hisobga olgan holda oylik oklad miqdori (soʻm) |
| 1. Elchi | 1 | 100 | 36000 |
| 2. Iqtisodiyot va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchi | 1 |
85 |
30600 |
| 3. Birinchi kotib | 1 | 80 | 28800 |
| 4. Buxgalter-kassir | 1 | 50 | 18000 |
| 5. Xoʻjalik ishlari boʻyicha mudir-haydovchi | 1 | 40 | 14400 |
|
___________________________________________________________________________________________ | |||
| Jami: | 5 | | 127800 |
Yillik ish haqi fondi |
| | |
| (pul mukofotini — 2 oklad miqdorida, moddiy yordamni — 1 oklad miqdorida hisobga olgan holda) | | | 1917000 |
Qozogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining xarajatlari
SMETASI
| | Bir yilga moʻljallanganda (ming soʻm) |
Yil oxirigacha moʻljallanganda (ming soʻm) | |
| | Ish haqi (pul mukofoti — 2 oklad) | 1917 | 1278 |
| | Ish yuritish va xoʻjalik ishlari bilan bogʻliq xarajatlar | 7040 | 4958 |
| | shu jumladan: | | |
| — | xizmat xonalarini ijaraga olish (taxminan 150 kv. metrli maydon, 1 m2 ning ijara bahosi — 14 ming soʻm) |
3150 |
2100 |
| — | avtomobillarni saqlash xarajatlari (bir kunga 20 litr benzin, 1 litr benzinning narxi 70 soʻm) |
1241 |
827 |
| — | teleks uchun | 90 | 60 |
| — | 6 nomerdagi telefonlarni oʻrnatish (har biri 65 ming soʻmdan) | 585 | 585 |
| — | 6 nomerdagi telefonlar uchun abonentlik haqi (har biri 8 ming soʻmdan) | 864 | 576 |
| — | istiqomat xonalarini ijaraga olish oʻrtacha maydoni 50 kv. m. boʻlgan 4 ta xonadon yiliga har biri 3 ming soʻmdan) |
900 |
600 |
| — | 5 kishiga yoʻl xarajatlari uchun 1 oklad miqdorida beriladigan yordam | 128 | 128 |
| — | ish yuritish xarajatlari | 82 | 82 |
| | Xizmat safarlari xarajatlari Asbob-uskunalar sotib olish | 180 | 120 |
| | (“Volga” — GAZ-31, RAF avtomobillari) | 15500 | 15500 |
| | Boshqa xil xarajatlar (vakolatlik) | 50 | 50 |
| _____________________________________________________________________________________________ | |||
| | Jami: | 24687 | 21906 |