O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-son “Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va 2020-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-643-son “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-iyundagi 407-son “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgantartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-iyundagi 407-son “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qo‘llanilishi mumkin.”;
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
“33. Kodeksning 54, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida,126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular uchun ma’muriy jazo qo‘llaniladi.”.
birinchi xatboshidagi “135, 1351-moddalarida” degan so‘zlar “135-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“451. Quyidagi hollarda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadi:
tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda;
tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto va video qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilganda.
Qoidabuzarlik mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda sodir etilganligi fakti tegishli hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, mazkur holatda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi yoki SMS-xabar yuborilgan taqdirda, transport vositasi haydovchisi ushbu qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini yozma yoki og‘zaki shaklda xabardor etishi lozim.”.