OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Qarori
QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARIGA AMMIAKLI SELITRANI YETKAZIB BERISh ShARTNOMALARINI TUZISh, SAQLASh VA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 16-fevralda 1451-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 23-avgustdagi 356-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1451-1, 23.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-apreldagi “Ammiakli selitrani ishlab chiqarish, tashish va sotishni nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 204-sonli qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 17-son, 200-modda) qaror qilamiz:
1. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ammiakli selitrani yetkazib berish shartnomalarini tuzish, saqlash va berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-dekabr,
49-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-dekabr,
124-son
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-dekabr,
15/1378-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-dekabr,
02-20/101-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 62-modda)