Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 261-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekisgon Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibi tasdiqlansin:
|
1. |
Azimov Murotjon Berdialiyevich |
— |
rais |
|
2. |
Asamov Anvar Damirovich |
— |
raisning birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Saliyev Mutalibdjon Obidjonovich |
— |
raisning oʻrinbosari |
|
4. |
Rahimov Baxtiyor Abdugʻani oʻgʻli |
— |
raisning oʻrinbosari |
|
5. |
Shukurov Gafurjon Xamdullayevich |
— |
raisning oʻrinbosari |
|
6. |
Muxtorov Ilxom Muxtorovich |
— |
Kadrlar boshqarmasi boshligʻi |
|
7. |
Kabulov Rustam Kaxramanovich |
— |
Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi |
|
8. |
Jalilov Sanjar Akbarovich |
— |
Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi |
|
9. |
Sharipov Baxodir Kamilovich |
— |
Korrupsiyaga qarshi kurashish va oʻz xavfsizlik boshqarmasi boshligʻi |
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona koʻmitasi hayʼagi aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 10-iyuldagi 481-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-oktabr,
659-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 09/20/659/1419-son)