Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2018 01.03.2018 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 581-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov bir hafta muddatda Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-taxlil departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-taxdil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-dekabrdagi 995-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-martdagi 150-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati uzluksiz taʼlim, sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori vositalari bilan taʼminlashni yaxshilash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining faoliyatini nazrat qiladi va muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida:

uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganish, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor oʻquv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat taʼlim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini taʼminlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

uzluksiz taʼlim yagona tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oʻrta va oliy boʻgʻinning malakali mutaxassislarini tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, mintaqalarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda oshirish, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringini olib borish;

taʼlim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ustuvor vazifalarini va mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni hisobga olgan holda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining ilmiy va amaliy ahamiyatini sifat jihatidan oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirayotgan yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy oʻquv, ilmiy laboratoriyalar, axborot-kommunikatsiya uskunalari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida oʻqishini va stajirovkalardan oʻtishini tashkil etish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

taʼlim tizimining barcha darajalarida har tomonlama kamol topgan, yuqori maʼlumotli, zamonaviy fikrlaydigan oʻsib kelayotgan avlodni shakllantirishga, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, xorijiy tillarni biladigan yuqori malakali oʻqituvchilarni maqsadli tayyorlashga yoʻnaltirilgan xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalaridan va Internet-resurslardan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga ega boʻlgan taʼlim tizimining barcha darajalarida uzluksiz oʻqitish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;

ilgʻor xorijiy tarbiyani hisobga olgan holda zamonaviy talablar darajasida oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam asosda oshirish, ular tomonidan qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha vazifalarning amalda bajarilishini taʼminlash;

Internetning butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda zamonaviy innovatsiya pedagogika va taʼlim texnologiyalarini, multimediy tizimlarini oʻquv jarayoniga keng joriy etishni, pedagog kadrlar tomonidan uni pedagogik va ilmiy faoliyatda keng foydalanish uchun chet tillarni amalda egallash darajasini oshirishni hisobga olgan holda malaka talablarini, oʻquv rejalarini, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;

b) sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohasida:

sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlari samaradorligini oshirish hisobiga ayniqsa qishloq joylarda aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha monitoringni tashkil etish va chora-tadbirlar koʻrish;

tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar operativligi va sifatini oshirish, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, ixtisoslashtirilgan avtotransport, komplektlangan zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan toʻliq jihozlash;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

aholiga yuqori texnologiyali tibbiy xizmat koʻrsatish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati samaradorligini oshirish;

aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlashga, ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yoʻnaltirilgan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizuvchi ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish hisobiga mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻi holatini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, sogʻliqning holati uchun fuqarolarning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi sogʻligʻi holatining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

keksa avlodning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashdagi, yoshlarni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalariga hurmat, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;

keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, keksa kishilarning eʼtiborini kuchaytirish, keksa kishilarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimi ishlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;

tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish, bizning mintaqamiz uchun xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish va ularning profilaktikasi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot fanini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va olib borishni, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;

eng avvalo, alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasiga va kasallanish manbalarini tugatishga va ular tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;

binolar va inshootlarni, suv taʼminoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;

mamlakatimizning farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishga, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishga, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻstirishning yuqori va barqaror surʼatlarini taʼminlashga, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomllashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali va xavfsiz dori-darmon preparatlari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmonlar siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirishni, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish;

farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalarni yangilashni taʼminlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;

v) jismoniy tarbiya va sport sohasida:

aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sogʻlom yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;

aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilgʻor chet el tajribasi negizida xalqaro klassdagi sport masterlarini tayyorlash uchun har bir mintaqada sport komplekslari tashkil etish;

sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishish va mamlakatni Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakatning terma jamoasigacha boʻlgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

g) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifida va respublika hududlariga safarida Kompleks vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli sohalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan hamda boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, tashkilotlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi (Keyingi oʻrinlarda Kompleks deb ataladi) sohasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, shuʼbalari mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudirini, shuʼbalari mudirlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentida hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini vabul qiladi, shuningdek, ularning Kompleks yuritadigan masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli komissiyalar (kengashlar)ga rahbarlik qiladi, shuningdek, Kompleks yuritadigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh vazir oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kompleks vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbarlik qilinayotgan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kompleksning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleksning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-martdagi 150-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini uzluksiz taʼlim, sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori vositalari bilan taʼminlashni yaxshilash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbariga boʻysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining faoliyatini nazrat qiladi va muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganish, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor oʻquv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat taʼlim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini taʼminlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim yagona tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oʻrta va oliy boʻgʻinning malakali mutaxassislarini tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, mintaqalarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda oshirish, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ustuvor vazifalarini va mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni hisobga olgan holda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining ilmiy va amaliy ahamiyatini sifat jihatidan oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirayotgan yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy oʻquv, ilmiy laboratoriyalar, axborot-kommunikatsiya uskunalari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida oʻqishini va stajirovkalardan oʻtishini tashkil etish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimining barcha darajalarida har tomonlama kamol topgan, yuqori maʼlumotli, zamonaviy fikrlaydigan oʻsib kelayotgan avlodni shakllantirishga, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, xorijiy tillarni biladigan yuqori malakali oʻqituvchilarni maqsadli tayyorlashga yoʻnaltirilgan xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalaridan va Internet-resurslardan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga ega boʻlgan taʼlim tizimining barcha darajalarida uzluksiz oʻqitish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tarbiyani hisobga olgan holda zamonaviy talablar darajasida oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam asosda oshirish, ular tomonidan qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha vazifalarning amalda bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internetning butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda zamonaviy innovatsiya pedagogika va taʼlim texnologiyalarini, multimediy tizimlarini oʻquv jarayoniga keng joriy etishni, pedagog kadrlar tomonidan uni pedagogik va ilmiy faoliyatda keng foydalanish uchun chet tillarni amalda egallash darajasini oshirishni hisobga olgan holda malaka talablarini, oʻquv rejalarini, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlari samaradorligini oshirish hisobiga ayniqsa qishloq joylarda aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha monitoringni tashkil etish va chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar operativligi va sifatini oshirish, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, ixtisoslashtirilgan avtotransport, komplektlangan zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan toʻliq jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yuqori texnologiyali tibbiy xizmat koʻrsatish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlashga, ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yoʻnaltirilgan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizuvchi ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish hisobiga mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻi holatini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, sogʻliqning holati uchun fuqarolarning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi sogʻligʻi holatining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlodning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashdagi, yoshlarni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalariga hurmat, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, keksa kishilarning eʼtiborini kuchaytirish, keksa kishilarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimi ishlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish, bizning mintaqamiz uchun xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish va ularning profilaktikasi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot fanini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va olib borishni, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng avvalo, alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasiga va kasallanish manbalarini tugatishga va ular tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni, suv taʼminoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishga, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishga, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻstirishning yuqori va barqaror surʼatlarini taʼminlashga, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali va xavfsiz dori-darmon preparatlari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmonlar siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirishni, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalarni yangilashni taʼminlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) jismoniy tarbiya va sport sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sogʻlom yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilgʻor chet el tajribasi negizida xalqaro klassdagi sport masterlarini tayyorlash uchun har bir mintaqada sport komplekslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishish va mamlakatni Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakatning terma jamoasigacha boʻlgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini amalga oshirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlashga koʻmaklashadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun uyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga binoan esa ― davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Departament:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishining taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Departamentning tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shuningdek, quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim masalalari shuʼbasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati shuʼbasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport masalalari shuʼbasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Departament mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Komleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shuʼba mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Bosh vazir oʻrinbosariga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoqlar, sohalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

18. Departamentning bosh mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va shuʼba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda ― Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining tegishli tarmoqlar va sohalar boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda ― Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 09/20/150/0814-son)