Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada bank-moliya tizimini tubdan isloh qilish va uni xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish hamda investitsiya faoliyatini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Yangidan kiritilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosariga bank-moliya tizimini tubdan isloh kilish hamda yirik investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish masalalari yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgrisida”gi PF-5519-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-oktabr,
PF-5854-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5854-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va koʻshimcha
1-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) “Sovetnik po voprosam razvitiya otrasley ekonomiki, realizatsii investitsionnoy i vneshnetorgovoy politiki” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) “Sovetnik po voprosam gosudarstvennoy slujbi i vzaimodeystviya s predstavitelnimi organami vlasti” bloki “Zamestitel sovetnika — rektor Akademii gosudarstvennogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan” bloki bilan toʻldirilsin;
v) “upravlencheskogo personala — 370 yed.” soʻzlari “upravlencheskogo personala — 372 yed.” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 06/20/5854/0997-son)