Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartirish ilovaga muvofiq kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-dekabr,
PF-5889-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-dekabrdagi PF-5889-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1-ilovaning rus tilidagi matnida:
“Sektor razvitiya agropromishlennogo kompleksa 3” blokidan keyin “Sektor mejdunarodnogo ekonomicheskogo sotrudnichestva 3” bloki bilan toʻldirilsin;
izohdagi “372” raqami “375” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 06/20/5889/0986-son)