1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatidagi davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni qabul qilish quvvatlarini meʼyorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining Samarqand viloyatidagi taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ilovaga muvofiq chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga ilovada nazarda tutilgan samarasiz foydalanilayotgan va boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlarini belgilangan tartibda topshirish va qabul qilish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan Pastdargʻom tuman 3-son kasb-hunar maktabiga 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni qabul qilish va toʻlaqonli oʻquv jarayonini tashkil etish chorasini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Urgut tumanidagi 3-son akademik litseyning bino va inshootlari negizida Samarqand davlat universiteti huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli oʻquvchilar maktabi faoliyatini tashkil etishga oid tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ushbu qarorga ilovada keltirilgan kasb-hunar kollejlaridagi mavjud kichik texnologik jihozlar va ustaxona asbob-uskunalarini kelgusida faoliyatini davom ettiradigan professional taʼlim muassasalariga belgilangan tartibda qayta taqsimlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Samarqand tuman agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tugʻruq boʻlimiga moslashtirish boʻyicha ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish-taʼmirlash ishlarini 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq Samarqand shahar 3-son tugʻruq boʻlimini rekonstruksiya qilish ishlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.10.00 Mahalliy investitsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashabbuskor investorlarni jalb qilgan holda, oʻzaro kelishuv bitimlariga asosan salohiyatli investorlarga beriladigan obyektlarning quvvatlaridan kam boʻlmagan holda:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/90/0137-son)
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 202-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand tumani, “Guliston” massivi hududidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydonida L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish institutini joylashtirish uchun institut binosi, klinika, poliklinika hamda boshqa yordamchi binolarni qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.10.00 Mahalliy investitsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror 5-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan obyektlarni qurish boʻyicha tashabbuskor investorlar bilan tegishli bitimlarni rasmiylashtirish, ushbu obyektlarning loyiha takliflari belgilangan tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.10.00 Mahalliy investitsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli Samarqand shahar, Xoʻja Ahror Valiy koʻchasi, 25-uy manzilida joylashgan shifoxona, laboratoriya, boshqa bino va inshootlar mavjud yer maydonlari bilan birgalikda tuziladigan tegishli shartnomalarga muvofiq yangi binolarni qurish va foydalanishga topshirish evaziga salohiyatli investorlarga beriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 202 -sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish institutiga tegishli Samarqand shahar, Isayev koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar yer maydoni bilan birgalikda kelgusida samarali foydalanish maqsadida Samarqand shahar hokimligiga beriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorning 5-bandi “b” kichik bandi va 6-bandida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli tashabbuskor investorlar tanlab olinishini va ular bilan oʻzaro investitsiya bitami rasmiylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda tanlab olingan investor bilan tegishli shartnoma tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlari belgilangan tartibda toʻliq bajarilgan deb eʼtirof etilgandan soʻng, tashabbuskor investorlarga mazkur obyektlarga nisbatan “tasarruf etish huquqi” bilan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berilishini taʼminlasin.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/90/0137-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand tumanidagi 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 340 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurilishi va jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
410-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 410-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatidagi boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish