Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2022 04.03.2020 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 77-sonli “Kimyo sanoati sohasida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrin tutuvchi kimyo va togʻ-kon sanoatlari salohiyatini uzviy ravishda jadal oshirish, mavjud mineral-xomashyo bazasini qayta ishlash samaradorligini taʼminlagan holda strategik turdagi mahsulotlar mis, rux, fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Ammofos-Maksam” AJ negizida 2019 — 2024-yillar davomida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini kamida 100 ming tonnaga oshirish chora-tadbirlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini II bosqichda (I-bosqichda — 20 ming tonna, II-bosqichda — 80 ming tonna) modernizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga asosan “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinatining mulk kompleksi qoldiq balans qiymatida “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilib, 100 foiz ulushi “Oʻzkimyosanoat” AJga qarashli “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga asosan 2026-yilgacha “Olmaliq KMK” AJga 2,9 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish va 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foizga, rux ishlab chiqarish hajmini 75 foizga oshirish nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda (keyingi oʻrinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) mis va rux ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan oltingugurt kislotasining utilizatsiyasi “Ammofos-Maksam” AJda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida amalga oshirilishi hamda “Ammofos-Maksam” AJ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan fosforit xomashyosining asosiy isteʼmolchisi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJning ictisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga besh yil muddatga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq KMK” AJ “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Olmaliq KMK” AJ “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar “Ammofos-Maksam” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish” investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzkimyosanoat” AJning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini besh yil muddatga “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnoma tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitali “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi ulushining balans qiymatiga kamaytirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulush nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagi asosiy shartlar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga besh yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ammofos-Maksam” AJ va “Olmaliq KMK” AJ kelishilgan menejmentni va yagona texnik siyosatni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ammofos-Maksam” AJga olti oy muddatda investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda zarur mablagʻlarni, jumladan, “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida Xitoy, Rossiya, Yevropa va boshqa banklarning kredit mablagʻlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ammofos-Maksam” AJning ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash maqsadida, zarur hollarda, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tegishli muhandislar, texnik mutaxassislar va texnika vositalarini operativ tarzda pullik shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulushni nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish shartnomasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faoliyat turini va mavjud ish oʻrinlarini saqlagan holda, bir yil muddatda jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning kon texnikasi va texnologik uskunalarini bosqichma-bosqich yangilagan holda, ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha biznes-rejani ishlab chiqib amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini birinchi yili 80 foizgacha, ikkinchi yili 100 foizga yetkazish (yiliga 716 ming tonna yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati) hamda “Indorama Kokand Fertillizers” AJ va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq fosforit xomashyosini barqaror yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan zarur muhandislar, texnik mutaxassislar hamda texnika vositalari va uskunalarni belgilangan tartibda yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ texnologik jarayonini, uskuna va texnika vositalarini modernizatsiyalash uchun Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida uch oy muddatda zarur miqdorda kredit mablagʻlarini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi J.T. Mirzamaxmudov, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 120-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddati

Masʼullar

1.

“Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga besh yil muddatga berish.

1. Ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnomasini tayyorlash va imzolash.

2020-yil

mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamaxmudov), “Ammofos-Maksam” AJ (Tursunov)

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Ammofos-Maksam” AJ (Tursunov)

2. Kuzatuv kengashining yangi tarkibini tayinlash va tasdiqlash masalasida jamiyatning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini tashkil etish.

2020-yil

mart

2.

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish hisobiga kiritish.

1. “Oʻzkimyosanoat” AJning “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulushining berilishi va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan qabul qilib olish boʻyicha jamiyat boshqaruv organlarining tegishli qarorlarini qabul qilish.

2020-yil

mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamaxmudov)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamaxmudov)

2. Uch tomonlama qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish.

2020-yil

mart

3. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish.

2020-yil

mart, aprel

4. “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitalini kamaytirish boʻyicha qaror kabul qilish.

2020-yil

mart

5. “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitalida davlat ulushini oshirish boʻyicha qaror kabul qilish.

2020-yil

mart

3.

“Ammofos-Maksam” AJ faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huqukiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Jamiyatning normativ-xuquqiy hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil

mart

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “Ammofos-Maksam” AJ (Tursunov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xatlov natijalari bilan, zarur hollarda, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan asoslantirilgan aniq takliflarning belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlash.

2020-yil aprel

4.

“Olmaliq KMK” AJ tomonidan “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 2020 — 2024-yillarga moʻljallangan biznes-rejasini ishlab chiqish.

1. “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJni 2020 — 2024-yillarda rivojlantirish yuzasidan biznes-reja loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

mart

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Ammofos-Maksam” AJ (Tursunov), “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ (Abdullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

2. Ishlab chiqilgan biznes-rejalarni koʻrib chikish va tasdiqlash yuzasidan jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yigʻilishlarini tashkil etish.

2020-yil aprel

5.

“Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ moliyaviy-iktisodiy faoliyatining barqarorligini taʼminlash.

1. “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ moliyaviy-iqtisodiy faoliyatining barqarorligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil

mart

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Ammofos-Maksam” AJ (Tursunov), “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ (Abdullayev)

2. “Ammofos-Maksam” AJda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda barqaror sotilishini hamda jamiyatni oʻz aylanma mablagʻlari bilan yetarli mikdorlarda muntazam taʼminlash choralarini koʻrish.

2020-yil davomida

3. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning debitor karzdorligini toʻliq undirgan holda, uning kreditor qarzdorligini soʻndirish choralarini koʻrish.

2020-yil aprel

6.

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishlab chiqarish obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish. Jumladan, korxonada fosforit konsenfatini ishlab chiqarish quvvatini I bosqichda yiliga 716 ming tonna, 11 bosqichda yiliga 1,2 mln tonnaga yetkazish.

1. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ togʻ-kon majmuasi va fosforit rudasini qayta ishlash kompleksining texnologik uskunalarini va to-kon texnikasini yangilash boʻyicha:

temir yoʻlda fosforit xomashyosi tashuvchi tsisternalarning texnik holatini tiklash va ekspluatatsiya qilish muddatini uzaytirish;

texnologik va yordamchi transport yetishmovchiligini qoplash;

boyitish majmuasining texnik holatini tiklash uchun zarur asbob-uskunalar xarid qilish;

taʼmirlash-mexanika sexini qurish va zarur texnika, asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

mart

“Olmaliq QMK” AJ (Xursanov) “Qizilkum fosforit kompleksi” MChJ (Abdullayev)

2. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit konsentratini ishlab chiqarish quvvatini 1,2 mln tonnaga yetkazish loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chikish.

2020-yil dekabr

“Olmaliq QMK” AJ (Xursanov) “Qizilkum fosforit kompleksi” MChJ (Abdullayev)

3. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJga noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish litsenziyasi belgilangan tartibda berilishini taʼminlash.

2020-yil

mart

Davlat geologiya qoʻmitasi (Islamov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ (Abdullaev)

7.

“Ammofos-Maksam” AJda fosfor oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hisobiga yillik ishlab chiqarish quvvatlarini sof holda 296 ming tonnaga yetkazish.

Mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, yaʼni: tozalangan ekstraksion fosfat kislota asosidagi mahsulotlar, yuqori konsentratsiyali oʻgʻitlar, ozuqabop yem qoʻshimchalari, suyuq kompleks oʻgʻitlar, 3 va undan ortiq komponentli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

2024-yil

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), “Ammofos-Maksam” AJ (Tursunov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2020-y., 09/20/120/0251-son)