Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2001 31.05.1996 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YoShLARINING “KAMOLOT” JAMGʻARMASINI QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi 240-sonli “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” Jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 17-apreldagi PF-1425-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika jamoat tashkilotlari, muassasalari va idoralari tomonidan yoshlarning “Kamolot” Jamgʻarmasi tuzilganligi va uning Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va keng jamoatchilikning mazkur Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston yoshlari “Kamolot” Jamgʻarmasining Nizomi hamda tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarmaning boʻlimlari tashkil qilinganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining bir qator vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlari, korporatsiyalari, korxonalari, xoʻjaliklari, tijorat banklari va jamoat tashkilotlarining “Kamolot” Jamgʻarmasiga muassis sifatida aʼzo boʻlib kirganligi hamda unga moliyaviy, moddiy-texnikaviy yordam koʻrsatayotganligi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan “Kamolot” Jamgʻarmasiga 50 mln. soʻm, “Biznes-fond” — 15 mln. soʻm va Oʻzbekiston Respublikasi aholini ish bilan taʼminlash Jamgʻarmasi — 20 mln. soʻm oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi ixtiyoriy ravishda Jamgʻarma tarkibiga kirganligi va tasarrufidagi binolar, transport, aloqaga va boshqa moddiy-texnika vositalariga boʻlgan barcha egalik huquqlarini “Kamolot” Jamgʻarmasiga berganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma oʻz Ustav maqsadlari va vazifalariga toʻla mos kelgan ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Jamgʻarma, uning boʻlimlari va ularning tasarrufidagi korxonalarning Ustav doirasida faoliyat koʻrsatib olgan daromadlari soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jamgʻarmaning milliy va chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotlarini ochsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar, muassasalar hamda jamoat tashkilotlari, boshqa barcha yuridik shaxslar Jamgʻarmaning Ustav vazifalarini bajarishga doir faoliyatiga muttasil ravishda amaliy yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi Jamgʻarmaning xorijiy mamlakatlar jamoatchiligi bilan aloqalar oʻrnatishi va hamkorlik qilishida hamda boshqa dasturiy maqsadlarni amalga oshirishida unga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Kamolot” Jamgʻarmasi raisi va uning oʻrinbosarlarining maqomi Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari va vazir oʻrinbosarlari maqomiga tenglashtirilsin va ular uchun tegishli ravishda belgilangan moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari Jamgʻarma faoliyatini muntazam yoritib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamgʻarmani zamonaviy, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Alimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-maydagi 207-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” Jamgʻarmasi (bundan keyin Jamgʻarma deb yuritiladi) yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, ularning chuqur bilim olishlari, yuksak maʼnaviyat egasi boʻlishlari, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini yuksaltirish, zamonaviy ishbilarmonlik, tadbirkorlik va omilkorlikni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan xayriya jamoat birlashmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma oʻzini oʻzi mustaqil boshqaruvchi, mablagʻ bilan taʼminlovchi va mustaqil faoliyat yurituvchi nohukumat jamoat birlashmasi sifatidagi yuridik shaxs huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma va uning boʻlimlari yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga va alohida mulkiga ega boʻladi, respublikaning butun hududida va uning tashqarisida zarur xoʻjalik-moliyaviy va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, bank muassasalarida ham milliy, ham chet el valyutasida oʻz schyotlariga ega boʻladi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma oʻz muhriga va shtampiga, shuningdek, emblemaga va tashkilot ramziga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. JAMGʻARMANING MAQSAD VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning barkamol va komil inson boʻlib yetishishlari uchun teng shart-sharoitlar yaratib berish masalalarida davlat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh avlodning jismoniy, aqliy va maʼnaviy jihatdan kamol topishi, oʻz davrining sharqona odob, umuminsoniy qadriyatlar, demokratik tamoyillar asosida voyaga yetgan yetuk farzandlari, istiqlol ishining davomchilari boʻlib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishiga, ularning Vatan, xalq oldidagi konstitutsiyaviy burch va vazifalarini bajarishlariga, oʻz huquqlaridan toʻla foydalanishlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning oʻqishi, mehnat qilishi uchun yaratilgan imkoniyatlarning samaradorligini oshirishni, ularning mustaqil ravishda huquqiy-iqtisodiy bilim olishlarini, tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilishda ishtirok etish, ularning manfaatlarini himoya qilish, oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon qila olishlari uchun davlat, jamoat tashkilotlari, barcha turdagi mulk egalari bilan hamkorlikda zarur shart-sharoitlar yaratish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eski kommunistik mafkuraviy mahdudlik va mutelik ruhiyatidan poklangan, ona tili va adabiyoti, tarix, maʼnaviy va madaniy merosni chuqur egallagan, jismoniy va maʼnaviy pok, genefondi sogʻlom avlodning maʼrifatli, dunyoqarashi keng yoshlarning kamol topishi borasida Hukumat, uning organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni tabiatga mehr, yurt boyligini asrab-avaylash va koʻpaytirish ruhida tarbiyalashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, madaniy, huquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish va qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va ularni hayotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va hukumat dasturlari va islohotlari bajarilishiga koʻmaklashish, milliy mustaqillikni mustahkamlashda bevosita ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish va ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, jamiyatda qonunning ustun boʻlishiga erishishida faol qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga doir davlat va hukumat qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etish, oʻtish davrida yoshlar muammolarini oʻrganish va ularni hal etish yuzasidan qonunchilik va ijroiya organlariga takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini oʻrganish va ushbu masalalarda hukumat, hokimliklar, boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar oʻrtasida yangi jamiyatga yot boʻlgan boqimandalik, loqaydlik, ijtimoiy passivlik illatlarining barham topishiga koʻmaklashish va ularning bilimdonlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik fazilatlari va tajribalarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar oʻrtasida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish gʻoyalarini yoyish, bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning taʼminlanishiga bevosita hissa qoʻshish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning yangi shakllanayotgan demokratik jamiyat va davlat toʻgʻrisidagi tasavvurlari va dunyo qarashini boyitishga harakat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini oʻzida aks ettiruvchi jamoat birlashmalari bilan oʻz dasturiy maqsadlari doirasida hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, madaniyati va maʼnaviyatini xorijiy mamlakatlar yoshlari oʻrtasida tashviq va targʻib qilish, rivojlangan mamlakatlar yoshlar tashkilotlari ish tajribasini oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga yoshlar muammolari yuzasidan Hukumat, vazirliklar, hokimliklar, jamoat tashkilotlari, xorijiy va boshqa manfaatdor tashkilotlarning buyurtmalarini bajaradi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda dasturlar, loyihalar tuzadi, ularni ular uchun ajratilgan mablagʻlar va grantlar yordamida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. JAMGʻARMANING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻz vakolati doirasida shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda korxonalar, firmalar, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari hamda har xil koʻchirib boʻladigan va koʻchmas mulklarni qurish, sotish yoki sotib olish, almashtirish, ijaraga berish yoki ijaraga olish, qarzga yoki kiraga olish va berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunlarda belgilangan tartibda xorijiy mamlakat vakillari bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish va chet ellik sheriklar bilan soʻm va valyutada hisob-kitob qilish hamda xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika hududida va uning tashqarisida koʻrgazmalar, turli festivallar, koʻrik tanlovlar, sport musobaqalari, kimoshdi savdolari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar majmuini tayyorlash va oʻtkazish. Lotereyalar, aksiyalar, maqsadli zayomlar va boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish hamda ularni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunlarda belgilangan tartibda noshirlik va reklama faoliyatini amalga oshirish, respublikada tashkil etiladigan turli jamoat tashkilotlarining muassisi va hammuassisi boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mavjud qonunchilik doirasida Oʻzbekiston mualliflarining yoshlar va bolalarga bagʻishlagan adabiyot va sanʼat asarlarini chet ellarda, xorijiy mualliflar asarlarini esa mamlakatimizda nashr etish imkoniyatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublikada yoshlar turizmini rivojlantirish, yoshlardan iborat sayyorlar guruhlarini tashkil etish va ularda xorijiy mamlakatlarga yuborish, yoshlar va bolalar guruhlari delegatsiyalarini ayirboshlash, chet el yoshlar tashkilotlari bilan aloqalarni har tomonlama kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan boshqa har qanday qonuniy huquqlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. JAMGʻARMAGA AʼZOLIK MAQOMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarmaning maqsad va vazifalarini maʼqullagan, Jamgʻarmani moddiy yoki maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ilmiy, ijodiy va jamoat birlashmalari mehnat jamoalari, aksionerlik jamiyatlari va uyushmalar, shuningdek Jamgʻarmaning faoliyatiga koʻmak berish istagini bildirgan respublika hududida yashovchi har qanday jismoniy shaxslar Jamgʻarma aʼzolari boʻla oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarmaga aʼzo boʻlish va uning tarkibidan chiqish masalalari ixtyoriylik asosida Jamgʻarma boshqaruvi va boʻlimlari, yakka tartibda esa jamoatchilik markazlari qaroriga binoan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. JAMGʻARMANING BOShQARUV ORGANLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organi muassislar konferensiyasi boʻlib, u oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishini Jamgʻarma Ustavi asosida belgilaydi. Konferensiya Jamgʻarma boshqaruvini va boshqaruv raisini, shuningdek, uning oʻrinbosarlarini, ijrochi direktorni, taftish komissiyasini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqaruv raisi Jamgʻarma faoliyatini boshqaradi. Unga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari asosida Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqi beriladi. Boshqaruv raisi boʻlmagan vaqtda va raisning topshirigʻiga binoan uning vazifalarini rais oʻrinbosarlari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Boshqaruv raisi quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va rayosat qarorlarini hamda dasturiy maqsadlarini bajarish doirasida farmoyishlar beradi va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha Jamgʻarma faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiya, Jamgʻarma boʻlimlari va filiallari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, boshqaruv va rayosat tomonidan berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u turli idora, muassasa va tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda, Jamgʻarmaning vakolatli vakili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. JAMGʻARMANING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma oʻzining mustaqil balansi, pul mablagʻlari, mol-mulkiga egalik qilish va ulardan erkin foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mol-mulkini quyidagilar tashkil etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, turli asboblar, madaniy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maskanlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ruxsat berilgan Jamgʻarma faoliyatini moddiy taʼminlash uchun zarur mol-mulk va mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tasarrufidagi nashriyotlar, korxonalar, qoʻshma korxonalar, xayriya muassasalari, tadbirkorlik firmalari va boshqalarning mol-mulki.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, korxonalar, homiylar, xususiy firmalar va fuqarolarning ixtiyoriy ravishda oʻtkazgan pul mablagʻlari va xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolar, firmalar, tashkilotlar, korxonalarning xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning ishlab chiqarish, xoʻjalik, noshirlik va boshqa faoliyatidan tushgan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
leksiyalar, konsertlar, loteriya oʻyinlari, turli xil koʻrgazmalar va boshqa maʼrifiy tadbirlardan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat, vazirliklar, hokimliklar, xususiy firmalar dasturlari va buyurtmalarini bajarishdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mulkiy huquqlari Oʻzbekiston jamoat tashkilotlari uchun belgilangan amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. JAMGʻARMA FAOLIYATINI TOʻXTATISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning faoliyati uning konferensiyasi qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasiga binoan toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tugatilgan taqdirda uning mol-mulki va mablagʻlari Jamgʻarmaning dasturiy maqsadlari uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma boshqaruvining manzili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 11-uy, telefon: 39-17-00.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-maydagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” Jamgʻarmasi boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI