Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020 03.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3148
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 03.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3148
Kuchga kirish sanasi
04.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3148]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 2-iyundagi 2020-21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3248, 18.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3802-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 6-martdagi 2019-14-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishdan oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishdan oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish — xronometraj oʻtkaziladigan davrda tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish ishtirokchilari — davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari, soliq toʻlovchi va uning vakillari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xronometraj koʻzdan kechirish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pul tushumini, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini xronometraj koʻzdan kechirish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq toʻlovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joylarida hamda soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boshqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan kuzatish va qayd etish orqali oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni amalga oshirish jarayonida soliq toʻlovchidan hisobga olish hujjatlarini talab qilishga, soliq toʻlovchiga nisbatan talablar qoʻyishga yoki soliq toʻlovchining faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan soliq toʻlovchidan hamda rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslardan, soliq toʻlovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish, shuningdek nazorat-kassa mashinalarida va toʻlov terminallarida saqlanayotgan xronometrajni oʻtkazish davriga doir maʼlumotlarni olish mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati ketma-ketlikda yetti kalendar kundan ortiq boʻlmagan holda, soliq toʻlovchining belgilangan ish rejimi va faoliyat turidan kelib chiqib oʻtkaziladi. Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kunlari hisobiga oʻtkazib yuborilgan muddat keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xronometraj koʻzdan kechirish soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xronometraj koʻzdan kechirishni tayinlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xronometraj koʻzdan kechirishni tayinlashga tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash zaruriyati asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilar roʻyxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarning soliq obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish maqsadida koʻzdan kechirish va soʻrov oʻtkazish jarayonida tuzilgan maʼlumotnomalardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlarni hamda ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish hajmlarini kamaytirib koʻrsatilishiga oid shubhali maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan (tashqi manba) maʼlumotlar tahliliga koʻra, soliq toʻlovchining soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlari, shuningdek boshqa maʼlumotlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlar hamda ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish hajmlarini kamaytirib koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hududda (koʻchada, bozor va savdo komplekslarida, mahallada yonma-yon) joylashgan, faoliyat turi, realizatsiya hajmi bir-biriga oʻxshash boʻlgan bir nechta subyektlarning kunlik oʻrtacha tushumlariga nisbatan keskin farq qiladigan tafovutli maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha naqd pul va toʻlov terminali orqali tushgan kunlik tushumlar oʻrtasida mavjud yuqori tafovutlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlari oʻtgan davrlarga nisbatan keskin kamayib ketganligi va savdo tushumlarini toʻliq bank kassalariga topshirmayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi faoliyatining xususiyatlari, ish rejimi va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda ish kuni davomida onlayn nazorat kassa mashinalaridan kamida ikki-uch soat oraligʻida chek urilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgandan keyingi davrlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlarning xronometraj koʻzdan kechirish davomida aniqlangan tushumlarga nisbatan 50 foizdan yuqori kamayib ketganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hisobvaraq-fakturalari orqali kirim qilingan tovarlar hajmiga nisbatan oʻrtacha oylik tushumlarining farq qilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq ushbu nizomning 9-bandida keltirilgan mezonlar boʻyicha soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hamda soliq solish obyektlarining haqiqiy hajmlari kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organining realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchi, uning identifikatsiya raqami, xronometrajni oʻtkazish joyi va muddati, davlat soliq xizmati organining xronometrajni oʻtkazadigan mansabdor shaxslari majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xronometraj koʻzdan kechirish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xronometraj koʻzdan kechirish ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq toʻlovchi va vakilining huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslaridan koʻzdan kechirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish materiallari bilan tanishish va natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomadan nusxa olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy talablarini bajarmaslik hamda xronometraj koʻzdan kechirishga aloqasi boʻlmagan hujjatlarni taqdim etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirishni amalga oshirayotgan soliq organi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish jarayonida qatnashish uchun oʻz vakilini taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda yoki kelgusida uning faoliyatida tushumlar boʻyicha keskin oʻzgarishlar kuzatilganda (tushumlarning kamayishi yoki koʻpayishi) qayta xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi qonun hujjatlarda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish jarayonida soliq toʻlovchining nazorat-kassa mashinasi va toʻlov terminali xotirasida mavjud maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi yoki uning vakilining yordami bilan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida oʻrnatilgan tushum bilan bogʻliq boʻlgan dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joylarida hamda soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boshqa joylarda xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish jarayonida har bir xaridor (mijoz)ga qilgan xaridlari boʻyicha nazorat-kassa mashinasi xarid cheki berilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi tomonidan xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishishdan boʻyin tovlanganda yoki koʻzdan kechirish oʻtkazishga toʻsqinlik qilinganda, shuningdek xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish jarayonida nazorat-kassa mashinasining yaroqsizligi yoki boshqa subyektga tegishli nazorat-kassa mashinasi va toʻlov terminalidan foydalanilayotganligi aniqlangan taqdirda aniqlangan holat boʻyicha maʼlumotnoma rasmiylashtirish hamda tegishli davlat soliq xizmati organining rahbariga axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchidan oylik ish kunlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xronometraj koʻzdan kechirish ishtirokchilarining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq toʻlovchi va vakilining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirishni amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslariga nazorat-kassa mashinalarida va toʻlov terminallarida saqlanayotgan xronometraj oʻtkazish davriga doir maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarini bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joylarida hamda soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boshqa joylarga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish va xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish jarayonida har bir xaridor (mijoz)ga qilgan xaridlari boʻyicha nazorat-kassa mashinasi va toʻlov terminalining xarid chekini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish boshlashdan oldin soliq toʻlovchiga oʻzining xizmat guvohnomasi orqali tanishtirish va tashrif maqsadini tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchini davlat soliq xizmati organining xronometraj koʻzdan kechirish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishtirish va nusxasi taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomadan soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga nusxa taqdim etish hamda aniqlangan holatlar boʻyicha qonunda belgilangan tartiblar toʻgʻrisida tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi va uning faoliyatiga aloqador boʻlgan axborotlarni boshqa shaxslarga oshkor etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq toʻlovchi yoki uning vakili davlat soliq xizmati organining xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tanishtirilgan vaqtdan xronometraj koʻzdan kechirish boshlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xronometraj koʻzdan kechirish soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatmasdan kunlik ish rejimini toʻliq qamrab olgan holda, joylashgan joyidan qatʼiy nazar barcha obyektlarida bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining boshqa hududlardagi obyektlarida xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish yuzasidan obyekt joylashgan hududiy davlat soliq xizmati organiga rejalashtirilgan xronometraj koʻzdan kechirishning aniq sanasini koʻrsatgan holda xronometraj koʻzdan kechirish boshlanishidan uch kun oldin yozma xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, soliq toʻlovchining boshqa hududlardagi obyektlarida oʻtkazilgan xronometraj koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotlar koʻzdan kechirish yakunlangandan keyin soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni ichida yuborilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xronometraj koʻzdan kechirish soliq toʻlovchi va uning xodimlariga xalaqit bermagan holda quyidagi joylarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana va ulgurji savdo sohasida bevosita tovarlar realizatsiyasi uchun moʻljallangan hamda mijoz bilan hisob-kitob qilish joylarida (kassa yonida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish sohasida bevosita taom tayyorlanadigan, mijozlarga taom tarqatiladigan va mijoz bilan hisob-kitob qilinadigan joylarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish sohasida bevosita xizmatlar koʻrsatish va mijoz bilan hisob-kitob qilish joylarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish sohasida bevosita mahsulot ishlab chiqarish sexlarida va mahsulotlarni tarqatish omborxonalarida hamda mijoz bilan hisob-kitob qilish joylarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa sohalarda soliq toʻlovchining daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xronometraj koʻzdan kechirish quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining kassasidagi mavjud naqd pul qoldigʻini nazorat-kassa mashinasining “X” hisoboti bilan solishtirish va ijobiy farq summasini nazorat-kassa mashinasining xotirasiga kiritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning haqiqiy hajmini aniqlash hamda kunlik pul mablagʻlari tushumini kuzatish va qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish yakunida nazorat-kassa mashinasidan “Z” hisobot chiqarish va maʼlumotnomaga ilova qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirish yakunida kassadagi mavjud kunlik pul tushumi bilan qayd etish varaqasidagi tushumlar miqdori oʻrtasidagi ijobiy farq summasini nazorat-kassa mashinasining xotirasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishlab chiqarish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi va sotish narxiga, hajmiga, omborxonalaridagi tayyor mahsulotlar miqdoriga aniqlik kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish quvvatlari uchun sarflanayotgan tabiiy resurslarini (gaz, elektr energiyasi, suv, yoqilgʻi-moylash materiallari) hajmini oʻlchov asboblari orqali qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan tovar xomashyolar hajmini qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish uskunalarining sonini va ularni quvvatlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar soniga aniqlik kiritish va ularning roʻyxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish usullarini aniqlash va jarayonini qayd etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish maʼlum sabablarga koʻra soliq toʻlovchida ish vaqti tugamasdan toʻxtatilsa, xronometraj koʻzdan kechirish yakuniga yetkazilmagan hisoblanadi va xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish muddati doirasida boshqa kunga koʻchiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Xronometraj koʻzdan kechirish natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha ikki nusxada maʼlumotnoma tuzadi. Maʼlumotnomaning bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, soliq toʻlovchi maʼlumotnomani olishdan boʻyin tovlagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda maʼlumotnomaga tegishli yozuvni kiritadi va maʼlumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan soliq toʻlovchiga joʻnatiladi hamda u joʻnatilgandan keyin uch kun oʻtgach topshirilgan hisoblanadi yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xronometraj koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomaga koʻzdan kechirish jarayoni bilan bogʻliq hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari xronometraj koʻzdan kechirish natijasiga koʻra tuzilgan maʼlumotnoma boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish yakunlangandan keyin bir ish kuni ichida davlat soliq xizmati organi rahbariga bildirishnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻtkazilgan xronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomalarning elektron hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Xronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha soliqlarni hisoblab chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xronometraj koʻzdan kechirish natijalaridan soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish, shuningdek taqdim etiladigan hisobotlarning va hisoblab chiqarilgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarning summalari ishonchliligini solishtirib koʻrish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchi faoliyatining xususiyatlari va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgan davrga oid soliq hisobotida aks ettirilgan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan xronometraj jarayonida olingan tushum toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan solishtirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xronometraj koʻzdan kechirish yakuni boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomalar asosida soliq toʻlovchi tomonidan xronometraj koʻzdan kechirish davri uchun soliq hisoboti taqdim etilgandan soʻng Soliq kodeksining 70-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda kameral nazorat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgan davrga oid taqdim etilgan soliq hisobotlarida aniqlangan tafovutlar boʻyicha quyidagi tartibda soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisoblab chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YST = (XNT × IK) × SS — yagona soliq toʻlovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QQS = (XNT × IK)-NT × SS — qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FS = ((XNT × IK) × RD)-NT × SS — yuridik shaxslarning foyda soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AS = (XNT × IK)-NT × SS — aksiz soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NS = (XNT × IK)-NT × SS — yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XNT — xronometraj koʻzdan kechirish yakuni bilan aniqlangan oʻrtacha kunlik tushum;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IK — xronometraj koʻzdan kechirish davrida aniqlangan hisobot davri uchun ish kunlari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NT — soliq toʻlovchi hisobotida aks ettirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SS — soliq stavkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RD — rentabellik darajasi (oldingi hisobot davrida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgan davrga oid taqdim etilgan soliq hisobotida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi alomatlari aniqlansa, davlat soliq xizmati organlari Soliq kodeksining 70-moddasida koʻrsatilgan tartibda soliq toʻlovchiga talabnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Soliq toʻlovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik sifatida tasniflanadi va qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror O. MURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 6-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 6-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tahlikali-tahlil va kameral nazorat boʻlimi

Tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash zaruriyatidan kelib chiqib xronometraj koʻzdan kechirish tayinlanadigan soliq toʻlovchilarning roʻyxati shakllantiriladi.

Doimiy

2-bosqich

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.

Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishdan 1 kun oldin

3-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining boshqa hududlardagi obyektlarida xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish yuzasidan obyekt joylashgan hududiy davlat soliq xizmati organiga rejalashtirilgan xronometraj koʻzdan kechirishning aniq sanasini koʻrsatgan holda xronometraj koʻzdan kechirish boshlanishidan 3 kun oldin yozma xabarnoma yuboradi.

Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishdan 3 kun oldin

4-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish uchun birinchi navbatda soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga xizmat guvohnomasi asosida oʻzini tanishtirib, soliq toʻlovchini davlat soliq xizmati organining xronometraj koʻzdan kechirish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishtiradi va nusxasini taqdim etadi.

Xronometraj koʻzdan kechirish boshlashdan oldin

5-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Soliq toʻlovchi tomonidan xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishishdan boʻyin tovlanganda yoki koʻzdan kechirish oʻtkazishga toʻsqinlik qilinganda, shuningdek xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish jarayonida nazorat-kassa mashinasining yaroqsizligi yoki boshqa subyektga tegishli nazorat-kassa mashinasi va toʻlov terminalidan foydalanilayotganligi aniqlangan taqdirda aniqlangan holat boʻyicha maʼlumotnoma rasmiylashtirib vakolatli organni xabardor qilish tartibida tekshiruv tashkil etish uchun davlat soliq xizmati organining rahbariga taklif kiritadi.

Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishni boshlashdan oldin yoki jarayonida

6-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati yetti kalendar kundan ortiq boʻlmagan holda, soliq toʻlovchining belgilangan ish rejimi va faoliyat turidan kelib chiqib oʻtkaziladi. Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kunlari hisobiga oʻtkazib yuborilgan muddat keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi.

Bunda, xronometraj koʻzdan kechirish soliq toʻlovchining kunlik ish vaqtini toʻliq qamrab olgan holda, joylashgan joyidan qatʼiy nazar barcha obyektlarida bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi.

1 kundan 7 kalendar kunigacha boʻlgan muddatda

7-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Xronometraj koʻzdan kechirish yakunida kassadagi mavjud kunlik naqd pul tushumi bilan, nazorat kassa mashinasining “Z” hisoboti maʼlumoti va qayd etish varaqasidagi tushumlar miqdorini solishtirib chiqadi hamda ijobiy farq summasini nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilishini kuzatib boradi.

Aniqlangan vaqtning oʻzida

8-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Xronometraj koʻzdan kechirish yakuni bilan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha ikki nusxada maʼlumotnoma tuzadi. Maʼlumotnomaning bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi.

Xronometraj koʻzdan kechirish yakunida

9-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Soliq toʻlovchining boshqa hududlardagi obyektlarida oʻtkazilgan xronometraj koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotlar koʻzdan kechirish yakunlangandan keyin soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga 3 (uch) ish kuni ichida yuboriladi.

3 kun

muddatda

10-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari xronometraj koʻzdan kechirish natijasiga koʻra tuzilgan maʼlumotnoma boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish yakunlangandan keyin 1 (bir) ish kuni ichida rahbariyatga bildirishnoma kiritadi.

Xronometraj koʻzdan kechirish yakuni bilan 1 kun

11-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Xronometraj koʻzdan kechirish yakuni boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomalar asosida soliq toʻlovchi tomonidan xronometraj koʻzdan kechirish davri uchun soliq hisoboti taqdim etilgandan soʻng aniqlangan tafovut yuzasidan Soliq kodeksining 70-moddasiga muvofiq talabnoma yuboradi.

Hisobot taqdim qilingandan keyin

12-bosqich

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari

Soliq toʻlovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik sifatida tasniflanadi va qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.

Tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/3148/2880-son)