OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 26-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 943-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/9-sonli “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 943-6, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-son “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 24-iyunda 472-son (roʻyxat raqami 943, 2000-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-fevral,
3/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 31.1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va terrorizmni” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4.2-bandning birinchi xatboshisidagi “, Markaziy bank bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 10/19/943-5/2670-son)