Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2020 22.02.2019 yildagi 157-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 255-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov oʻn kun muddatda Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 26-iyuldagi 581-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 157-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini maʼqullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati uzluksiz taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatida (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir tomonidan muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishida ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganishni taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor oʻquv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat taʼlim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini taʼminlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim yagona tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta va maktabgacha taʼlim sifatining yangi darajaga oshirilishini taʼminlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq taʼlimini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini taʼminlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini taʼminlash, umumiy foydalaniladigan maʼlumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta va maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat xizmatlari koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari deb ataladi) tarmogʻini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni taʼminlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shaklarini samarali joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarni biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oliy maʼlumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatining ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, kasb-hunar taʼlimi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalari hamda Internet-resurslardan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga uzluksiz oʻqitish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan yuqori malakali chet tillar oʻqituvchilarini maqsadli tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini taʼlim tizimining barcha darajalarida amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tarbiyani hisobga olgan holda, oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish vazifalari amalga oshirilishini taʼminlash, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogika va taʼlim texnologiyalarini, multimediya tizimlarini Internet axborot tarmogʻidan foydalangan holda keng joriy etish, pedagogik va ilmiy faoliyatda chet tillardan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarni amalda bilish darajasini oshirish hisobga olingan holda malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasi tubdan va uzluksiz yangilab borilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha tanlab olish va tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan pedagoglar hamda ilmiy kadrlarning dunyoning rivojlangan davlatlaridagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashi, istiqbolli mutaxassislarning nufuzli xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarida oʻqishining monitoringini tashkil qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga yordam berish, mehnat faoliyati monitoringini olib borish, kasbiy jihatdan oʻsishiga va xizmatda koʻtarilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflar ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sogʻliqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sogʻliqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish boʻyicha aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni taʼminlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha monitoring tashkil etilishini va chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligi oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlash, sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning oʻz sogʻligʻi uchun shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, yoshlarni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksining tizimli asosda amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng avvalo, zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlar, suv taʼminoti tizimlari, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnik inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishning yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali, xavfsiz va arzon dori-darmonlar hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmon siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar yangilanishini taʼminlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijtimoiy himoya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish sohasidagi ustuvorliklarni, shu jumladan aholini ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvni joriy etish va uning samaradorligini taʼminlash masalalarini belgilash, ijtimoiy himoya qilishda ilgʻor yondashuvlarni tatbiq etish, nodavlat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy buyurtma asosida ijtimoiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va uning vazirliklar hamda idoralar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilishda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va inson kapitalini rivojlantirish uchun ijtimoiy himoya qilish dasturlarini amalga oshirish borasida qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovonligiga taʼsir koʻrsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga oʻtishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda barcha vazirlik va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etish mexanizmlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sogʻlom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilgʻor xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqilishi va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlar belgilanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish boʻyicha, avvalo, toʻplangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-texnika bazasi, milliy qadriyatlar va anʼanalar, aholi mentaliteti, trener-oʻqituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat jismoniy-tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan xalqaro va respublika darajasidagi texnik hamda amaliy sport turlari boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida maxsus vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib taqdim etishi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab, mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) turizmni rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni rivojlantirish sohasida qoʻyilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilgan 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichida turizm xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilishni taʼminlash, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targʻib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Bosh vazir oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat aʼzolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Bosh vazir bilan kelishgan holda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy rivojlantirish, turizm sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatda va Kotibiyatga biriktirilgan davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh vazir oʻrinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Bosh vazir rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar kollegial organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, Bosh vazir topshiriqlariga koʻra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh vazir oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 157-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini uzluksiz taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat aʼzolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganish, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor oʻquv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat taʼlim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini taʼminlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim yagona tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlarida taʼlim sifatini oshirishga, taʼlim jarayonini muntazam takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish komplekslarida umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflari oʻquvchilarining kasb koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha kasb-hunar taʼlimi jarayonini uslubiy taʼminlashni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarni biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oliy maʼlumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, kasb-hunar taʼlimi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy oʻquv, axborot-kommunikatsiya uskunalari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan taʼminlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida oʻqishini va stajirovkalardan oʻtishini tashkil etish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimining barcha darajalarida xorijiy tillarga, kompyuter texnologiyalari va Internet-resurslardan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga uzluksiz oʻqitish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan malakali chet tillar oʻqituvchilarini maqsadli tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, zamonaviy talablar darajasida oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy innovatsion pedagogika va taʼlim texnologiyalarini, multimediya tizimlarini oʻquv jarayoniga keng joriy etishni, pedagogik va ilmiy faoliyatda ulardan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarni amalda egallash darajasini oshirishni hisobga olib va butunjahon Internet axborot tarmogʻidan foydalangan holda malaka talablarini, oʻquv rejalarini, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sogʻliqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sogʻliqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish boʻyicha aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni taʼminlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobiga aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha monitoringni tashkil etish va chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlash, sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, fuqarolarning oʻz sogʻligʻi uchun shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, yoshlarni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng avvalo, zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni, suv taʼminoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishning yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali va xavfsiz dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmon siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar yangilanishini taʼminlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijtimoiy himoya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish sohasidagi ustuvorliklarni, shu jumladan aholini ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvni joriy etish va uning samaradorligini taʼminlash masalalarini belgilash, ijtimoiy himoya qilishda ilgʻor yondashuvlarni tatbiq etish, nodavlat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy buyurtma asosida ijtimoiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini yaratish, ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda uning masʼul vazirlik va idoralar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilishda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va inson kapitalini rivojlantirish uchun ijtimoiy himoya qilish dasturlarini amalga oshirish borasida qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovonligiga taʼsir koʻrsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga oʻtishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda barcha vazirlik va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etishi mexanizmlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslar yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sogʻlom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilgʻor xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish boʻyicha, avvalo, toʻplangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-texnika bazasi, milliy qadriyatlar va anʼanalar, aholi mentaliteti, trener-oʻqituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishish va mamlakatni Olimpiya hamda Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab, mamlakatning terma jamoasigacha boʻlgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat jismoniy tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan xalqaro va respublika darajasidagi texnik hamda amaliy sport turlari boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) turizmni rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni rivojlantirish sohasida qoʻyilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilgan 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi amalga oshirilishining monitoringini taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichida turizm xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi ichki turizmni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targʻib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari va materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy hamda maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarining, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kotibiyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarini, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish samaradorligini, shuningdek, tegishli ish uchastkasida erishilgan natijalarni asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kotibiyat tuzilmasiga Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi, shuningdek:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlimni rivojlantirish tahlili va monitoringini olib borish boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab taʼlimi va maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi islohotlar tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni rivojlantirish tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini dori-darmon bilan taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni kompleks rivojlantirish tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi va Kotibiyat mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari va Kotibiyat mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kotibiyat mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalarning mutaxassislar oʻrtasida taqsimlanishini, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va Kotibiyat bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash hamda moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar tomonidan tegishli masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kotibiyat bosh mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Bosh vazir oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining tegishli tarmoqlar hamda sohalar boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlarining) tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, sohalar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Kotibiyat mudirining oʻrinbosariga, Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini taʼminlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazir oʻrinbosariga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir tomonidan ijtimoiy rivojlantirish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining maʼruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar va majlislarga, shu jumladan Hukumat komissiyalarining yigʻilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari nomiga keladigan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha axborot beradi va xat-xabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/157/2658-son)