1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3049]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 11-yanvardagi 289-mh-sonli ““Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3049-1, 12.01.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat xizmatlari agentligi direktori X. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
407-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-avgustdagi 407-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tuman va shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari shuningdek nikoh uylari (bundan buyon matnda FHDY boʻlimi deb yuritiladi) xodimlari martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish FHDY boʻlimi xodimining navbatdagi attestatsiyadan oʻtishi deb hisoblanmaydi hamda attestatsiyadan oʻtish muddatining uzaytirilishiga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. FHDY boʻlimi xodimlari martaba darajalari boʻyicha attestatsiya qonuniylik, odillik, xolislik, begʻarazlik va kollegiallik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. FHDY boʻlimlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. FHDY boʻlimlari xodimlarining martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) direktori buyrugʻiga asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladigan FHDY boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Martaba darajalariga tavsiya etilgan FHDY boʻlimlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlari tegishlicha Agentlikning Kadrlar boʻlimi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining bosh yuriskonsultlari bilan birgalikda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlar tegishlicha tuman (shahar) hokimliklarining bosh yuriskonsultlari tomonidan koʻrib chiqiladi hamda tuman (shahar) hokimi tomonidan tegishli takliflar bilan attestatsiya oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish uchun attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) hokimi taqdim etilgan taklifda keltirilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Martaba darajalariga tavsiya etilgan FHDY boʻlimi xodimlarining attestatsiyasi tegishli hujjatlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi yigʻilishida martaba darajasiga tavsiya etish masalasi maʼlumot-tavsifnomada keltirilgan ish faoliyati natijalari, kasbiy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda FHDY boʻlimi xodimining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlar attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbatdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodga martaba darajasi berish mumkinligi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodga martaba darajasi berish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Attestatsiya komissiyasi Agentlikka tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan tavsiya etilgan martaba darajasidan yuqori yoki past martaba darajasi berish taklifi bilan chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Attestatsiya komissiyasi komissiya ishida aʼzolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya natijalari komissiya majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Attestatsiya komissiyasining xulosasi martaba darajasini berish masalasini hal qilish uchun tegishli hujjatlar bilan birga Agentlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda nomzodlarga martaba darajasi berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Martaba darajasi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga koʻra berilganda attestatsiya oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari
4.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
5.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining Bosh yuriskonsulti
6.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi Kadrlar boʻlimi boshligʻi, komissiya kotibi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 10/18/3049/1628-son)