Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2019 27.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3044
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining buyrugʻi, 27.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3044
Kuchga kirish sanasi
27.07.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3044]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 381-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3044-1, 30.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq D. DEXKANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
369-son

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 26-iyundagi 369-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining (bundan buyon matnda “Oʻzavtotrans” agentligi deb yuritiladi) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida (bundan buyon matnda hisobvaraq deb yuritiladi) jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma mablagʻlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, faqat yuridik shaxslarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash “Oʻzavtotrans” agentligi hayʼati (bundan buyon matnda Hayʼat deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlashda quyidagilar Hayʼatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlar doirasida daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur Nizomda belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirish (ajratish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ijro organlarini (bundan buyon matnda Ijro organlari deb yuritiladi) shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilmaganlik holatlari aniqlanganda zudlik bilan ularni bartaraf etish, asossiz xarajatlar va keltirilgan zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hayʼat oʻz faoliyatini Ijro organlari orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Ijro organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha loyihalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijro organlari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtirilishi lozim boʻlgan loyihalar ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida “Oʻzavtotrans” agentligining ilmiy-texnik Kengashiga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzavtotrans” agentligining ilmiy-texnik Kengashi taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqadi, ularning maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholaydi va oʻz qarorini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” agentligi ilmiy-texnik Kengashining loyihani moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qarori loyihani Hayʼatga moliyalashtirish uchun taqdim etishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hayʼat Ijro organi tomonidan taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqadi va quyidagilar haqida qaror qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtirish yoxud loyihani moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani (loyihalarni) qayta ishlashga yoki qoʻshimcha baholashga yoʻnaltirish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hayʼatning loyihani Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qarori asosida Jamgʻarmaning dastlabki smetasini tuzish uchun Hayʼat tomonidan ishchi guruh tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh Jamgʻarmaning dastlabki smetasini tuzishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma pul mablagʻlarining navbatdagi yilga tushumlarini umumiy hajmini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz qilinayotgan yil boshidagi Jamgʻarma mablagʻlarining qoldigʻi va yil davomida prognoz qilinayotgan tushumlar va xarajatlar hajmini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tomonidan tuzilgan Jamgʻarmaning dastlabki smetasi Hayʼat tomonidan koʻrib chiqiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishga litsenziyalar berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish uchun toʻlanadigan davlat boji mablagʻlarining 100 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” agentligining hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan avtomobil tashuvchilari sohasida tuzilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalar boʻyicha undiriladigan jarimalar summasining 84 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar kreditlari (zaymlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xususiy hamkorlik doirasidagi xususiy investitsiyalar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostansiyalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan umumiy foydalanishdagi yoʻlovchilar yoʻnalishlari oraliq bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha dasturlarga (bundan buyon matnda infratuzilma obyektlari deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarini xarid qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” agentligini saqlashni moliyalashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandiga asosan Ixtisoslashtirilgan kompaniyalar tomonidan jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlar hamda komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilmagan maqsadlarga yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan yoʻnalishlar boʻyicha foydalanish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda Ijro organi tomonidan quyidagi talablarga javob beradigan loyihalar tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlashda ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori sifatli transport xizmatlar standartlari, nazariy-metodik hujjatlar va avtomobil transportini iqtisodiy-matematik modellashga (optimallashga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnika, texnologiya va materiallarning asosan muayyan turlarini yaratish yoki kompleks nazariy va eksperimental izlanishlar davomida amaliy natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan loyihalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda “Oʻzavtotrans” agentligi ilmiy-texnik Kengashi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalar loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qarori boʻlgandagina Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Infratuzilma obyektlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Infratuzilma obyektlarining har yilgi qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan parametrlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining tegishli qarorlari va topshiriqlari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijro organi tomonidan infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manzilli roʻyxatlar tuziladi va “Oʻzavtotrans” agentligi tomonidan tasdiqlanadi hamda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlarni aniqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash yuzasidan pudratchi tashkilotlarni moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Manzilli roʻyxatga kiritilgan infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash yuzasidan loyiha hujjatlari, ajratilgan moliyalashtirish mablagʻlarining maqsadli foydalanilganligi, bajarilgan ishlarning hajmi va sifatini nazorat qilish “Oʻzavtotrans” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash yuzasidan manzilli roʻyxatga yil davomida qoʻshimcha obyektlarni kiritishga avariya holatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlar ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan avtotransport vositalarini yangilash (xarid qilish) boʻyicha parametrlar doirasida tashuvchilarga avtotransport vositalarini xarid qilish uchun shartnoma asosida qaytarish sharti bilan mablagʻlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamgʻarmadan mablagʻlarni olish uchun murojaatchi “Oʻzavtotrans” agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmadan pul mablagʻlari olish uchun talabnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻ oluvchi toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar (tashkiliy-huquqiy shakli, taʼsischilar, faoliyatning asosiy turi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻralayotgan mablagʻ miqdori, mablagʻlar maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlardan foydalanishning nazarda tutilayotgan yoʻnalishidagi biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot davriga buxgalterlik balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar haqida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mablagʻlar olish uchun “Oʻzavtotrans” agentligi va mablagʻlarni oluvchi oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mablagʻlar ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida mablagʻlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mablagʻlar ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transporti boshqaruv tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish Dasturi doirasida ustuvor ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. “Oʻzavtotrans” agentligini saqlashni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “Oʻzavtotrans” agentligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan “Oʻzavtotrans” agentligining daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ekologik, sogʻlomlashtirish va xayriya jamgʻarmalari, madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari, mehnat organlari, jismoniy tarbiya va sport, oʻquv muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari uchun subsidiyalar, toʻlovlar, homiylik va xayriya yordami shaklidagi mablagʻlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandiga asosan Ixtisoslashtirilgan kompaniyalar tomonidan jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlar hamda komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar “Oʻzavtotrans” agentligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Hayʼat Jamgʻarma mablagʻlarining qonuniyligi va maqsadli yoʻnaltirilishi uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-iyun

Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 10/18/3044/1580-son)