Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2798-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2021-yil 20-oktabrdagi 24-mh-sonli ““Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2798-2, 02.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 23-maydagi 01-157-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2798, 2016-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-may,
3-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 28-maydagi 3-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan “oʻrta maxsus” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda maktabgacha taʼlim boshqarmalari deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda xalq taʼlimi boshqarmalari deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari deb yuritiladi), tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi hamda attestatsiya komissiyalari tuzilgan taʼlim muassasalarida ushbu tashkilotlar rahbarlarining buyrugʻi bilan sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish boʻyicha moddiy javobgar shaxslar (bundan buyon matnda masʼul shaxs deb yuritiladi) belgilanadi.”.
3. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Sertifikatlar:
maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi boshqarmalari va kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalariga — Davlat inspeksiyasi tomonidan;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga — tegishli maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan;
taʼlim muassasalariga — tegishli tuman (shahar) maktabgacha taʼlim, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan buyurtmanomalarga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.”.
4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning bir nusxasi:
taʼlim muassasasi tomonidan — tegishli tuman (shahar) maktabgacha taʼlim, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan — tegishli maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalariga;
maktabgacha taʼlim boshqarmasi, xalq taʼlimi boshqarmasi, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi tomonidan — Davlat inspeksiyasiga sertifikatlar ilova qilingan holda yuborilishi lozim. Bunda, maktabgacha taʼlim boshqarmasi va xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan taʼlim muassasasi hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi yuborgan yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar va dalolatnoma nusxalarini ham Davlat inspeksiyasiga yuboriladi.”.
5. 16-banddagi “DTMga yuborilgan” va “DTM direktori” degan soʻzlar tegishlicha “Davlat inspeksiyasiga yuborilgan” va “Davlat inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 17 va 18-bandlardagi “DTMga” qisqartmasi “Davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Ilovadagi izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh: mazkur jurnalni yuritishda:
Davlat inspeksiyasi tomonidan — 14 — 20-ustunlar;
maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan — 9, 15 va 16-ustunlar;
kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari tomonidan — 8 — 13-ustunlar;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan — 9, 10, 14 va 16-ustunlar;
taʼlim muassasalari tomonidan — 8 — 13, 14 va 15-ustunlar toʻldirilmaydi.”.
Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Maktabgacha taʼlim vaziri A. ShIN
2018-yil 28-may
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2018-yil 28-may
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
2018-yil 28-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2018-y., 10/18/2798-1/1485-son)