Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2021 05.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3037
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 05.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3037
Kuchga kirish sanasi
06.07.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3037]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-16-sonli ““Bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3037-1, 04.05.2021-y.) asosan 2021-yil 5-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/12-45-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 14-iyundagi 01-02/12-45-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning (jismoniy xususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi boʻyicha) bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayni bir xil tovarlar — ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib oʻtish — bir xil tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir shartnoma (kelishuv, bitim) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etayotgan shaxs (bundan buyon matnda deklaratsiyalovchi shaxs deb yuritiladi) — bojxona organlariga BYuDni oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYuDni toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davriy BYuD bir xil turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali bir shartnoma (kelishuv, bitim) doirasida ayni bir shaxs tomonidan muntazam olib oʻtishda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aynan bir xil turdagi tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kelishuv, bitim) doirasida karantin ruxsatnomalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish uchun ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar, bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomga muvofiq BYuD rasmiylashtirilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda davriy BYuD rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda toʻliq BYuD rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davriy BYuDni rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish paytida bojxona organlariga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan davriy BYuD bilan birga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davriy BYuDda koʻrsatilgan tovarlarning toʻliq miqdori uchun bojxona rejimi shartlariga muvofiq amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha bojxona toʻlovlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davriy BYuD doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning bojxona nazorati va hisobini yuritish uchun tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida, faqat davriy BYuD uchun shakllanadigan har bir tovar turkumiga alohida tartib raqamli darchaga bojxona organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida faqat davriy BYuD uchun shakllanadigan, har bir tovar turkumiga alohida tartib raqamli elektron jadvalda davriy BYuD boʻyicha tovarning tartib raqami, TIF TN kodi, miqdori va bojxona koʻrigi (agar shunday bojxona nazorati shakli qoʻllanilgan boʻlsa) dalolatnomasi tartib raqami boʻyicha maʼlumotlar bojxona organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davriy BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovarlarni, tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxsning ixtiyoriga berilishi, ularni bojxona nazoratidan oʻtkazilgandan hamda mazkur Nizomning 7 va 8-bandlariga muvofiq harakatlar yakunlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davriy BYuD doirasida tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan har bir tovar turkumi uchun bojxona nazorati boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davriy BYuD doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning qolgan turkumi hamda ular boʻyicha tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari aynan davriy BYuD rasmiylashtirilgan bojxona organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davriy BYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) talablariga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grafaning birinchi boʻlmasida “PE” harfli belgisi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamdan iborat kodi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grafaning uchinchi boʻlmasi toʻldirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan soʻng deklaratsiyalovchi shaxsga dastlabki BYuDga kiritish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etgan, yukni qabul qiluvchi tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqami) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻngra grafada qoʻshimcha ravishda quyidagilar qayd etiladi: “Toʻliq BYuDni XX.XX.XXXXgacha bojxona organiga taqdim etish majburiyatini olaman” (bunda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy, yilni anglatadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishonch bildirgan shaxs BYuDni toʻldirgan deklaratsiyalovchi shaxs boʻlsa, ushbu deklaratsiyalovchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, mazkur grafada xoʻjalik yurituvchi subyekt ishonch bildirgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning raqami, sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davriy BYuDni rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davriy BYuD uchun belgilangan muddat tugagunga qadar tovarlar bojxona chegarasidan toʻliq olib oʻtilgan taqdirda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan toʻliq BYuD taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy BYuD uchun belgilangan muddat tugagunga qadar tovarlar bojxona chegarasi orqali toʻliq olib oʻtilmagan hollarda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ushbu muddatga qadar bojxona chegarasi orqali haqiqatda olib oʻtilgan tovarlarga nisbatan toʻliq BYuD taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toʻliq BYuD davriy BYuD rasmiylashtirilgan sanadan oltmish kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etilishi lozim. Davriy BYuD rasmiylashtirgan bojxona organi toʻliq BYuDni taqdim etish muddatini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ikkinchi bosqichda rasmiylashtiriladigan BYuDda bojxona toʻlovlari summasini hisoblashda davriy BYuD qabul qilingan kunda amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari va xorijiy valyutalar kurslari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish natijasida hisoblangan bojxona toʻlovlari summasi davriy BYuDda koʻrsatilgan toʻlovlar summasidan ortadigan boʻlsa, ular qoʻshimcha toʻlanadi, kamayish holatlarida esa bojxona organi oʻrtadagi farqni toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibda qaytaradi yoki toʻlovchining xohishiga koʻra uni keyingi toʻlovlar hisobiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan tovarlarning umumiy miqdori davriy BYuDda koʻrsatilgan miqdorga mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar belgilangan muddatlarda davriy BYuDda koʻrsatilgan miqdordan ortiq import qilinganda yoki eksportga olib chiqilishi nazarda tutilganda, tovarlarning ushbu qismiga shu kunda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq yangi BYuD taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davriy BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2784, 2016-yil 10-may) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Toʻliq BYuD quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy BYuDda koʻrsatilmagan tovarlar import qilinganda yoki eksportga olib chiqilishi nazarda tutilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan tovarlar turkumi olib kirilganda dastlabki tovarlar turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda koʻrsatilmagan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga taʼsir koʻrsatuvchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tovarlar turkumini rasmiylashtirishda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlarni qolgan turkum tovarlarni olib kirishda taqdim etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy BYuD uchun belgilangan muddatga qadar toʻliq BYuD taqdim etilmagan taqdirda (agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi ishlamaydigan kunga toʻgʻri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatlarda rasmiylashtirilgan davriy BYuDni qonun hujjatlari talablariga asosan bekor qilish choralari koʻriladi hamda yangi BYuD Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan muddat ichida taqdim etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Toʻliq BYuD mazkur Nizomning 12-bandning birinchi qismida koʻrsatilgan talabga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “IM” yoki “EK”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamdan iborat kodi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grafaning uchinchi boʻlmasida “PPE” harfli belgisi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Toʻliq BYuDni rasmiylashtirishda ushbu BYuDga aynan davriy BYuD uchun berilgan tartib raqam qoʻyiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3037/1466-son)