Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2019 03.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3033
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 03.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3033
Kuchga kirish sanasi
04.07.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Omuxta yemni birja savdolari orqali realizatsiya qilish (sotish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3033]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 24-oktabrdagi 485-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3033-1, 24.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 312-son “Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Omuxta yemni birja savdolari orqali realizatsiya qilish (sotish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2018-yil 28-may,

18-son

Moliya vaziri D. KUChKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-son

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 28-maydagi 18, 99-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Omuxta yemni birja savdolari orqali realizatsiya qilish (sotish) tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 312-son “Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq omuxta yemni (bundan buyon matnda mahsulot deb yuritiladi) birja savdolari orqali realizatsiya qilish (sotish) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimi — birja tomonidan roʻyxatga olingan, birja savdosining natijasi boʻyicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari — birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar birja aʼzolaridir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diler — birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuvchi birja aʼzosi boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi birja aʼzosi boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
treyder — birja savdolarida birja bitimlari tuzishga vakolatli boʻlgan birja aʼzosining xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarining elektron tizimi (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) — birja aʼzolariga birja savdolarida aniq vaqt rejimida respublikaning istalgan geografik nuqtasidan masofadan ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat boʻlgan global taqsimlangan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat — birjada amalga oshiriladigan bitishuvlarning bajarilishi kafolatini taʼminlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisob-kitob-kliring palatasining ikkilamchi depozit hisobvaragʻiga kiritiladigan bitishuvlarni kafolatli taʼminlash mablagʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus doʻkonlar — sotuvchi tomonidan aholi zich joylashgan va tuman, shahar markazlaridan olis hududlarda tashkil etiladigan omuxta yem sotishga ixtisoslashtirilgan savdo doʻkonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja savdolarida mahsulotni sotish “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi korxonalar, shuningdek boshqa tadbirkorlik subyektlar (bundan buyon matnda sotuvchilar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahsulotni birja savdolarida barcha turdagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan buyon matnda xaridorlar deb yuritiladi) sotib olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birja savdolari elektron tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mahsulotlar hajmlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan birja savdolariga mahsulotni sotuvga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan birja savdolarida mahsulotni sotish boʻyicha choraklik va oylik jadvallar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, kundalik hajmlardan kelib chiqib, birja savdolariga mahsulotlarni chiqarish jadvallarini har oyning 20 sanasiga qadar tuzib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi har oy keyingi oyning boshlanishiga 5 kundan kam boʻlmagan muddatda, birja savdolariga mahsulotlarni chiqarish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun birjaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tarkibiga kirmaydigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari birja savdolarida sotadigan mahsulot hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Birja chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik xoʻjaliklari, shuningdek chakana savdo doʻkonlariga ega boʻlgan ulgurji savdo tashkilotlari uchun har oyning 20 sanasiga qadar savdolarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja har oyning 21 sanasidan boshlab birja savdolarda sotilmagan mahsulotlar hajmlari hamda bekor qilingan bitimlar boʻyicha mahsulotlar hajmlarini barcha xaridorlarga sotilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahsulotni sotish talab va taklif nisbati asosida shakllanuvchi erkin bozor narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sotuvchilar birjaning rasmiy veb-sayti orqali savdolar boshlanishiga qadar bir ish kuni oldin soat 11.00 gacha savdoga qoʻyilayotgan mahsulotning hajmlari va boshqa koʻrsatkichlari toʻgʻrisida birja aʼzolariga xabar qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birja savdolari “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun, birja savdosi qoidalari va hisob-kitob kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sotuvchilar va xaridorlar birja savdolarida birja bilan tuzilgan shartnoma asosida dilerlar sifatida mustaqil holda yoki brokerlar nomidan ish yurituvchi treyderlar orqali ishtirok etishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Har bir birja savdosi boʻyicha avans summasiga muvofiq sotuvchilar va xaridorlarni savdolarda ishtirok etishga ruxsat berish yoki undan chetlatish, birja savdolarining gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatga olish elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Joriy oyda savdoga chiqarilgan, ammo sotilmagan mahsulot hajmlari hamda bekor qilingan bitimlar boʻyicha, shuningdek birja bitimlari boʻyicha olib ketilmagan va yuklab joʻnatilmagan mahsulot hajmlari keyingi oydagi birja savdolariga takroran chiqariladi. Takroran savdoga qoʻyilgan mahsulotlar 15 kun davomida sotilmagan taqdirda ushbu mahsulot hajmlari sotuvchilar tomonidan maxsus doʻkonlar orqali oʻtgan haftada birja savdolarida shakllangan oʻrtacha narxlarda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar boʻyicha bitta savdo sessiyasi doirasida xaridorlar tomonidan sotib olinadigan mahsulotning eng koʻp hajmini belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahsulotni sotish tartibi va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Birja savdolariga qoʻyiladigan mahsulotning boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan mahsulotning tarkibidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadi. “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar uchun monopol yuqori va monopol past narxlarni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan mahsulotning boshlangʻich narxini shakllanishi va savdoga qoʻyilishi boʻyicha javobgarlik ushbu tashkilotlarning zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sotuvchi va xaridorlar oʻzlarining HKKP dagi shaxsiy hisob-raqamlariga birja savdolari qoidalarida belgilangan zakalat pulini kiritishadi, bunda birja bitimlari sotuvchi va xaridorlar tomonidan birja savdolariga chiqarilgan mahsulot va tuziladigan bitim hajmining 3 foizigacha miqdoridagi zakalat puli kiritilgan holda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Birja savdolarida tuzilgan bitimlarni ijro etishning moliyaviy kafolatlarini taʼminlash uchun, birja savdolarida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar birjaning HKKP orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xaridorlar birjada avans toʻlovlarini amalga oshirgandan soʻng bitimlarni tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xaridor tuzilgan birja bitimi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun birjaning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisob-raqamiga mablagʻlarni 5 ish kuni davomida oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. HKKP birja bitimi boʻyicha mablagʻlarning toʻliq summasi kelib tushganidan soʻng bir ish kuni davomida toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxatini sotuvchiga shaxsiy kabinet orqali taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sotuvchi tomonidan mahsulot HKKP dan olinadigan toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxatiga rioya qilinmagan holda yuborilgan taqdirda birja javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. HKKP tomonidan sotuvchiga toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxatini taqdim etilishi xaridorga oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan yuklash muddati davomida mahsulotni joʻnatish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Taraflar tomonidan majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan taqdirda, ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan choralar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Birja savdolarini tashkillashtirish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va hisob-kitob kliring xizmati davomida yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan mahsulotni toʻlash va tanlash, shuningdek uni yetkazish boʻyicha majburiyatlarga amal qilinmagan taqdirda, oʻz majburiyatlarini bajarmagan tarafning zakalat puli jarima sifatida jabrlangan taraf foydasiga ushlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga mahsulotni birja savdolariga qoʻyilgan va sotilgan hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, birja tomonidan ochilgan shaxsiy kabinet orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-may

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” AK raisi S. XAYDAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtayogʻ” AJ raisi M. SALIXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ Boshqaruv raisi v.v.b. F. IBRAGIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/3033/1448-son)