Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3622-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 592-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3622-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari hamda Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentlari mudirlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
265-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 265-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyuldagi 576-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-dekabrdagi 997-son qarorida:
a) qarorning nomidagi, 1-bandning ikkinchi xatboshidagi, 2 va 4-bandlardagi “— “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) qarorning nomidagi va 1-ilovaning 1-bandidagi “—Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilova 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “—Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 3-ilova 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “—Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1014-son qarorida:
a) 1-ilovada:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3545-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3622-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi”;
“v” kichik bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilishning samarali tizimi faoliyat koʻrsatishi monitoringini olib borish va uni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tizim ishlari samaradorligini oshirish va uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
EHM uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va dasturlar tarqatish masalalari boʻyicha, soxta mahsulotlar tarqalishining oldini olish usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash;
innovatsion texnologiyalar va ixtirolar, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalari, badiiy-konstruktorlik va ijodiy ishlarning boshqa turlari ishlab chiqarishga keng joriy etilishini monitoring qilish, tahlil qilishni tashkil etish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish”;
“g” kichik bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“vino ishlab chiqarish tarmogʻini yanada rivojlantirish, uzumning texnik navlari plantatsiyalari maydonlari kengaytirish va yuqori sifatli xomashyo bazasini yaratish, alkogolli, likyor-araq va vino mahsulotlari ishlab chiqarishga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda etil spirtini ishlab chiqarish va ishlatish balansi oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini taʼminlash”;
b) 2-ilovaning 6-bandida:
“v” kichik bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilishning samarali tizimi faoliyat koʻrsatishi monitoringini olib borish va uni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tizim ishlari samaradorligini oshirish va uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
EHM uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va dasturlar tarqatish masalalari boʻyicha, soxta mahsulotlar tarqalishining oldini olish usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
innovatsion texnologiyalar va ixtirolar, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalari, badiiy-konstruktorlik va ijodiy ishlarning boshqa turlari ishlab chiqarishga keng joriy etilishini monitoring qilish, tahlil qilishni tashkil etish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash”;
“g” kichik bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“vino ishlab chiqarish tarmogʻini yanada rivojlantirish, uzumning texnik navlari plantatsiyalari maydonlari kengaytirish va yuqori sifatli xomashyo bazasini yaratish, alkogolli, likyor-araq va vino mahsulotlari ishlab chiqarishga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
etil spirtini ishlab chiqarish va ishlatish balansi oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini nazorat qilish”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 2-martdagi 163-son qarorida:
a) 1-ilova 6-bandining “g” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “vinochilik” soʻzi chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “oziq-ovqat spirti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilova 6-bandining “g” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “vinochilik” soʻzi chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “oziq-ovqat spirti” soʻzlari chiqarib tashlansin.