Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024 16.01.2018 yildagi F-5182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy oʻrganilishini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur farmoyish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida moliya, soliq va bojxona organlarining uygʻun va samarali ishlashi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mazkur organlar faoliyatining tashkil etilishi zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob bermaydigan eski qarashlar va tamoyillarga asoslanib qolmoqda, ushbu vaziyat esa ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda toʻxtatib turuvchi omil boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, moliya organlarining ishi joylardagi haqiqiy vaziyatni, aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini hisobga olmagan holda erishilgan ijobiy moliya-iqtisodiy koʻrsatkichlarga tayanishni davom ettirmoqda, mazkur holat esa oʻz navbatida iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy tamoyillarini joriy etishga va real bozor munosabatlariga toʻlaqonli oʻtishni taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq organlari faoliyatidagi ayrim muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi, soliqqa tortish bazasini kengaytirish hisobiga soliq yukini tushirish, soliqlar yigʻilishini oshirish, soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini taʼminlash, soliq toʻlovchilarning, ayniqsa tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishni taʼminlashga yoʻl qoʻymayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byurokratiya va sansalorlik, bojxona organlari faoliyatining shaffof emasligi, bojxona jarayonlarining zamonaviy shakllarini joriy etish muddatlarini asossiz ravishda choʻzib yuborish mamlakatimizning investitsion jozibadorligini tushirib yubormoqda, shuningdek, uning obroʻ-eʼtibori hamda yetakchi xalqaro tashkilotlarning baho berish reyting koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirish sharoitlarida moliya, soliq va bojxona organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar Konsepsiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflarni tanqidiy oʻrganish va tayyorlash boʻyicha Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) ilovaga muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiyaning (B. Mavlonov) asosiy vazifalari etib moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflarni tanqidiy oʻrganish va tayyorlash belgilansin, bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatni rejalashtirish hamda kompleks tahlil qilish shu jumladan barcha darajadagi mazkur organlar xodimlari tomonidan xizmat yuki va hajmini hisobga olgan holda boshqarish va nazorat qilish samaradorligi tizimi, ichki idoraviy va tashqi nazoratning amaliy mexanizmlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya, soliq va bojxona organlari vazifalari va funksiyalarining dolzarbligi, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda javobgarlik sohalarining zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini tezkor kuzatib borish va taʼminlashga yoʻl qoʻyadigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga shtatlar sonini maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetning daromad qismini, shu jumladan yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish, soliq va bojxona toʻlovlarining tushumlari qoʻshimcha va asoslangan zaxira mablagʻlarini qidirib topish, xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmalaridai davlat ulushidan dividendlar olish hisobidan oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal xarajatlar hisobiga xorijda qoʻllaniladigan ilgʻor va sinovdan oʻtkazilgan yuqori natijalarga erishish usullarini joriy etish hisobiga ishlash mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun byurokratik jarayonlar va boshqa toʻsiqlarni bartaraf etish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona rasmiylashtiruvi muddatlari va qiymatlarining asoslanganligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya, soliq va bojxona qonun hujjatlarini xalqaro tamoyillar va standartlarga unifikatsiya qilish va uygʻunlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona infratuzilmasi, shu jumladan bojxona postlari va ularning moddiy-texnik jihozlanganligi darajasi, bojxona jarayonlarini sifatli va tezkor amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yuqori texnologiyali uskunalarning mavjudligi, bojxona chegarasi orqali oʻtish punktlarida ikki yoʻlakcha tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va bojxona organlari faoliyatiga soliq va bojxona nazoratini amalga oshirishning ilgʻor shakl va uslublarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jumladan jismoniy va yuridik shaxslar bilan moliya, soliq va bojxona organlari hamkorligining toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilmaslik shakllarini joriy etish orqali davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish, moliya, soliq va bojxona organlarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya, soliq va bojxona organlari xodimlarini shu jumladan ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish hamda ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish orqali moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi komissiya (B. Mavlonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda ishchi guruhlar tarkibini, moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy oʻrganishning batafsil reja-jadvalini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijalari boʻyicha 2018-yil 15-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh faoliyatiga xorijiy konsultantlar va boshqa mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur farmoyishga muvofiq belgilangan vazifalarni samarali bajarish uchun vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Ishchi komissiyaga har tomonlama koʻmaklashishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-5182-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi F-5182-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflarni tanqidiy oʻrganish va tayyorlash boʻyicha Ishchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

B.M. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbari

2.

D.R. Li

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari

3.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri

4.

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

5.

N.S. Joʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

G.M. Islamova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi boshqarma boshligʻi

7.

D.K. Axmedov

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining prorektori

8.

J.A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi oʻrinbosari

9.

V.Y. Pak

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari

10.

D.Sh. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi

11.

D.I. Shaulov

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.