Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2018 15.12.2017 yildagi 988-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyuldagi 576-sonli “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamenti va Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari, Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari, Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-sentabrdagi 756-son qarori 1-bandining ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek, qarorga 1, 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
988-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 988-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini madaniyat, sanʼat, ommaviy axborot vositalari, yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqining milliy madaniy va maʼnaviy merosini asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy darajasini oshirish, jamiyatning tobora oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
estrada sanʼatini rivojlantirish, ommaviy bayramlar, festivallar, koʻriklar va tanlovlar, xalq sayillarini va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatrlarni ommaviylashtirish orqali xalqning badiiy didi va madaniy darajasini oshirish, davrimizning qahramoni obrazini zamonaviy talqin qilishda jahon va milliy teatrni rivojlantirish tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlarini shakllantirishga koʻmaklashish, teatr arboblari — dramaturglar, rejissorlar va aktyorlarning yosh avlodini tayyorlashni takomillashtirish, teatr sanʼatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning madaniy va maʼnaviy hayoti darajasi yuksalishida milliy kino sanʼatining oʻrni va ahamiyatini hisobga olgan holda umuminsoniy va milliy qadriyatlar birligi tamoyillari asosida uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, mamlakatda erkin demokratik jamiyat qurish yoʻlida yuz berayotgan oʻzgarishlar va real yutuqlarni, milliy mustaqillik gʻoyasining mohiyatini kino sanʼati vositalari orqali aks ettirish, jamiyat hayotida, ayniqsa yoshlar tarbiyasida kinematografiyaning oʻrni va ishtirokini kuchaytirish, kino mahsulotlarining gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirish va uni yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy jihatdan yuksak boʻlgan, kamol topayotgan avlod munosib darajada ibrat oladigan zamonaviy qahramon obrazini shakllantiradigan kino asarlari yaratishga imkon beradigan eng yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda, umumiy qabul qilingan jahon standartlariga muvofiq boʻlgan kino asarlari yaratadigan zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy jamoalarning kinostudiyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining taʼlim va madaniy darajasini oshirishga, milliy anʼanalarni, tarixiy va maʼnaviy merosni ehtiyotlab saqlashga, yoshlar va kamol topayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va milliy, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan teledasturlarning yuqori sifatini, professional, badiiy darajasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy demokratik davlatni, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga, inson huquqlari va erkinligini himoya qilishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan demokratik oʻzgarishlar toʻgʻrisida aholini, shuningdek, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demokratik islohotlarni, davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda, yoshlarning bilimlari va dunyoqarashini kengaytirishda, turli axborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini ommaviy axborot vositalarida axborotlar va boshqa axborot vositalarini berish shakllari va usullarini tizimli takomillashtirish, mahalliy, ayniqsa yoshlarning ommaviy axborot vositalarini yanada keng ommalashtirish vositasida ommaviy madaniyatning salbiy taʼsiridan muhofaza qilishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli va taʼsirini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari kompleksini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va yoshlar oʻrtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning madaniyatini va milliy qadriyatlarini, shuningdek, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali faol targʻib qilish uchun zarur muhit va shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va ommalashtirish, kitobga boʻlgan muhabbat tuygʻusini tarbiyalash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarini, noshirlik va matbaa faoliyatini rivojlantirish, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini ommalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ushbu sohalardagi sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangi formatsiyadagi jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoshlar siyosati va maʼnaviy kamolot sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy madaniyatning mentalityetimizga yot boʻlgan elementlariga, diniy fanatizmga va mafkuraviy ekstremizmning boshqa koʻrinishlariga qarshi turishga qodir boʻlgan yigit va qizlarning ichki immunitetini shakllantirishning muhim omillari boʻlgan, maʼnaviy boy va barkamol, yuqori maʼlumotli va jismonan sogʻlom, mustaqil fikrlovchi va oʻz hayotiy nuqtai nazariga, keng dunyoqarashga, mustahkam bilimlarga, qatʼiy eʼtiqodga, milliy madaniyat va maʼnaviy qadriyatlarga, asrlar boʻyi toʻplangan noyob tajribaga va jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini chuqur hurmat qilishga asoslangan yuksak maʼnaviy va axloqiy tamoyillarga ega boʻlgan oʻsib kelayotgan avlodni voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar jamoat tashkilotlarining kamol topayotgan avlodni tarbiyalashdagi, yoshlarning huquqiy madaniyatini va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishdagi, fuqarolik burchi, daxldorlik tuygʻusi va yoshlar madaniyati kabi tushunchalarni yoshlar ongiga singdirishdagi rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishdagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va roʻyobga chiqarish, yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etgan holda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat fuqarolari, ayniqsa oʻsib kelayotgan avlod ongida milliy gʻoyaga, milliy mafkuraga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishga, jamoatchilik ongiga mustaqillik gʻoyalariga cheksiz sodiqlik tamoyillarini, Vatanga muhabbatni, erkin va ravnaq topayotgan davlat qurishdek buyuk va ezgu maqsadlarga erishishga ishonchni, fidoyilikni singdirishga, milliy anʼanalar, urf-odatlarni saqlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda yuz berayotgan keng koʻlamli qayta oʻzgartirishlar va oʻzgarishlarning mohiyatini ochib berish, milliy manfaatlarni amaliy va faol tashviq va targʻib qilish, mamlakat mustaqilligining maʼnaviy asosini mustahkamlash, milliy anʼanalar va urf-odatlarni saqlash boʻyicha aholi oʻrtasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va tashviqot-targʻibot ishlarining taʼsirchanligi va samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida olib borilayotgan milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligi va samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatidagi milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni oʻrganish, baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarda “fikrga qarshi — fikr, gʻoyaga qarshi — gʻoya, bilimsizlikka qarshi — maʼrifat” bilan kurashish mahorati va koʻnikmalarini shakllantirish, mamlakatimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, milliy anʼanalar va urf-odatlarni saqlash boʻyicha tavsiyalarni tahlil qilish, baholash va ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining diniy tashkilotlar, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborotlar, materiallar, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddi boʻlgan sohalarda ishlarning holatini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini va ularning himoya qilinishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Departament:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini, ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Departamentning tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shuningdek, quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari shyʼbasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari shuʼbasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Departament mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, Departamentning shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Departamentning shuʼba mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning kadrlari zaxirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borish tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shuʼba mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallarning, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda — Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.