Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2018 11.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2955
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori, 11.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2955
Kuchga kirish sanasi
12.12.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2955]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 2018-55, 6, va 08/24-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat hizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2955-1, 29.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 864-son “Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-66-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-6/29-1434/8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. UMAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017-yil 1-dekabrdagi 2017-66, 1-6/29-1434/8 va 158-mh-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora tadbirlari haqida”gi va 2017-yil 23-oktabrdagi 864-son “Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (bundan buyon matnda “yagona darcha” markazlari deb yuritiladi) orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Yagona darcha” markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini berish “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish” davlat xizmati sifatida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERIning yopiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga maʼlum boʻlgan va elektron hujjatda ERIni yaratish uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERIning ochiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, ERIning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi ERIning haqiqiyligini tasdiqlash uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va ERI yopiq kalitining egasiga roʻyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. ERI kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qogʻoz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI yopiq kalitining paroli — ERI yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun moʻljallangan shartli belgilar ketma-ketligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERIning yopiq kaliti egasi — ERIni yaratgan (elektron hujjatga imzo qoʻygan) va roʻyxatga olish markazi tomonidan uning nomiga ERI kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI kalitining sertifikatini boshqarish — ERI kalitining sertifikatini amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. ERI kalitlarini roʻyxatga olish va ERI kalitlarining sertifikatlarini berish vakolatli organ tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda arizachilar deb yuritiladi) “yagona darcha” markazlari orqali berilgan arizalariga asosan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda Yagona portal deb yuritiladi) orqali berilgan arizalariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yagona darcha” markazlari hamda vakolatli organ oʻrtasidagi harakatlar ERIdan foydalanilgan holda idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun toʻlov miqdori vakolatli organ tomonidan ommaviy oferta bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun toʻlov summasi vakolatli organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi hamda uning 10 foizi vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus ochilgan shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “yagona darcha” markazlari va vakolatli organning rasmiy saytlarida joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. ERI kaliti sertifikatini berish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Arizachi ERI kaliti sertifikatini berish toʻgʻrisidagi arizani vakolatli organning ommaviy ofertasi bilan oldindan tanishganidan soʻng, “yagona darcha” markaziga hozir boʻlish tartibida yoki pochta aloqasi vositasida taqdim etadi. Yagona portal orqali elektron shaklda berilgan ariza vakolatli organga toʻgʻridan toʻgʻri yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachining arizani taqdim etishi vakolatli organning ommaviy ofertasida belgilangan shartlarga roziligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Yagona darcha” markazi ERI kaliti sertifikatini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilganidan soʻng uni bir ish soati mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organga idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Arizani koʻrib chiqish va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ERI kaliti sertifikatini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organ “yagona darcha” markazidan arizani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida arizani koʻrib chiqadi, ERI kalitining sertifikatini beradi yoki ERI kalitining sertifikatini berishni asosli ravishda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqishning ijobiy natijalariga asosan ERI kalitlarini roʻyxatga oladi va ERI kalitining sertifikatini rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI kaliti sertifikatining elektron hujjat shakli “yagona darcha” markaziga idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. ERI yopiq kalitining paroli vakolatli organ tomonidan arizada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga sms xabar shaklida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Yagona darcha” markazi vakolatli organdan ERI kalitining sertifikatini qabul qilib olgan vaqtdan boshlab arizachini bir ish soati mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. ERI kaliti sertifikatini olish uchun ERI yopiq kalitining egasi “yagona darcha” markaziga quyidagilarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ERI yopiq kaliti egasi yuridik shaxsning vakili (yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) boʻlsa, ERI yopiq kaliti egasining familiya, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish toʻgʻrisidagi yuridik shaxsning xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini elektron hujjat shaklida yozib qoʻyish va saqlash uchun oʻzga maʼlumotlar manbaini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Yagona darcha” markazi xodimi ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini ERI yopiq kaliti egasiga berish vaqtida quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI yopiq kaliti egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport, fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi, xorijiy shaxsning guvohnomasi) asosida uning shaxsini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida roʻyxatga olingan ERI kalitlari va elektron hujjat shaklidagi ERI kalitining sertifikati boʻlgan faylni arizachi tomonidan taqdim etilgan oʻzga maʼlumotlar manbaiga yozib qoʻyadi va faylning yozilganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI kalitining sertifikatini qogʻoz hujjat shaklida ikki nusxada chop etadi va ERI yopiq kaliti egasiga har bir nusxasini imzolash uchun beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI yopiq kaliti egasi tomonidan imzolangan ERI kalitining sertifikati bir nusxasini qaytarib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Yagona darcha” markazi xodimi ERI kalitining sertifikatini ERI yopiq kaliti egasiga berish jarayonida arizachi tomonidan taqdim etilgan oʻzga maʼlumotlar manbaidagi maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritishi, ulardan nusxa olishi va oʻchirishi hamda ERI yopiq kaliti egasidan ERI yopiq kaliti parolini soʻrab olishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organ tomonidan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etishga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachi taqdim etgan arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI kalitining sertifikatini berish uchun toʻlov amalga oshirilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, ERI kalitining sertifikatini berish maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani uning aniq asoslarini, rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda “yagona darcha” markaziga ariza “yagona darcha” markazidan qabul qilib olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida yuboradi. Agarda arizachi tomonidan ariza vakolatli organga toʻgʻridan toʻgʻri Yagona portal orqali kelib tushgan boʻlsa, ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma arizachining oʻziga Yagona portal orqali ariza qabul qilinib olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Yagona darcha” markazi vakolatli organdan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida arizachini qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. ERI kalitining sertifikatini berishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, arizani qayta koʻrib chiqish arizachi tomonidan “yagona darcha” markaziga yoki Yagona portal orqali vakolatli organga rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda taqdim etilgan ariza olingan vaqtdan boshlab mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qayta koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ERI kaliti sertifikatini berishni ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Arizachi vakolatli organning ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomasi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. ERI kalitining sertifikatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi ariza “yagona darcha” markaziga hozir boʻlish tartibida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagilar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ERI yopiq kaliti egasi yuridik shaxsning vakili (yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) boʻlsa, ERI yopiq kaliti egasining familiya, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan hamda ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi yuridik shaxsning xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish vaqtida “yagona darcha” markazining xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ERI yopiq kaliti egasi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning rahbari boʻlsa, shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport, fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi, xorijiy shaxsning guvohnomasi) asosida uning shaxsini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Yagona darcha” markazi ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgandan soʻng uni bir ish soati mobaynida vakolatli organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vakolatli organ “yagona darcha” markazidan ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida arizani koʻrib chiqadi va arizada koʻrsatilgan ERI kalitining sertifikati bilan zarur boʻlgan harakatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari va ERI kalitining sertifikati bilan amalga oshirilgan harakatlar haqidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan “yagona darcha” markaziga elektron hujjat shaklida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Yagona darcha” markazi ERI kalitining sertifikati bilan amalga oshirilgan harakatlar haqidagi maʼlumotlar olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda arizachini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qogʻoz hujjat shaklidagi ERI kalitining sertifikatlari bilan ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Yagona darcha” markazi qogʻoz hujjat shaklidagi ERI kalitining sertifikatini elektron koʻrinishda vakolatli organga idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vakolatli organ qogʻoz hujjat shaklidagi ERI kalitlarining sertifikatlarini saqlash uchun “yagona darcha” markazlaridan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Elektron raqamli imzolar sertifikatlari reyestri boʻyicha har chorakda chorak oʻtgandan keyingi oyning 25 sanasigacha qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. “Yagona darcha” markazlari xodimlariga ERI kalitining sertifikatlarini berish va ularni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vakolatli organ “yagona darcha” markazlarining xodimlariga ushbu Nizomda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun ERI kalitlari va ERI kalitlarining sertifikatlarini hududiy adliya boshqarmalarining xatlari asosida bepul ravishda beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. “Yagona darcha” markazlarining xodimlariga ERI kalitlari va ERI kalitlarining sertifikatlarini berish vakolatli organning xodimi tomonidan joylarda yoki vakolatli organda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vakolatli organ tomonidan “yagona darcha” markazlari xodimlarining ERI kalitlari sertifikatlarini boshqarish hududiy adliya boshqarmalarining xatlari va ERI kalitlari sertifikatlarining nusxalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish __________ tuman (shahar) yagona markazi orqali 201__ yil ___ chorakda berilgan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari
‎REESTRI

t/r‎ ‎ ‎

‎‎‎‎‎‎ERI yopiq kaliti egasining F.I.Sh.

‎‎‎‎Berilgan sana

‎‎‎‎ERI kaliti sertifikatning raqami

‎‎‎‎ERI kaliti sertifikatning amal qilish muddati

‎‎‎‎Izoh‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎Vakolatli organga _______ta qogʻoz hujjat shaklidagi imzolangan ERI sertifikatlari topshirildi.

‎‎Topshirdi

‎‎Qabul qildi

‎‎_____________ (imzo)

‎‎_______________________ (“yagona darcha” markazi xodimining F.I.Sh.)

‎‎‎‎_____________ (imzo)

‎‎____________________________ (vakolatli organi
‎xodimining F.I.Sh.)

‎‎“___” ______________ 20__ y.

‎‎“___” ______________ 20__ y.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2017-y., 10/17/2955/0403-son)