Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2548-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 31-dekabrdagi 3, KTB-443-13, 06-17/2-4246, 14-Q/Q, 119 va 58/QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2548, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-noyabr,
10-son
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-noyabr,
08/UM-310-17-son
Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-noyabr,
34-QK-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-noyabr,
124-son
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-noyabr,
14-2017-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qabul qiluvchi tashkilot — talabalar tomonidan amaliyot (stajirovka) oʻtalayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, xoʻjalik boshqaruvi organi, tijorat tashkiloti, nodavlat notijorat tashkiloti, moliya-bank va boshqa muassasalarning yuridik xizmati;”.
2. 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Nizomning ishchi-oʻquv rejasiga tegishli qoidalari, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv rejasiga nisbatan qoʻllaniladi.”.
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Amaliyot (stajirovka) uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari va stajirovka ishchi oʻquv dasturida nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi.
Agar OTM tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, nazariy taʼlim bilan navbatlanish yoʻli orqali oʻtaladigan amaliyot (stajirovka)ga mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.”.
4. 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. 5-bandda:
birinchi xatboshidan “huquqiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
6. 6-bandda:
uchinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 7-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin.
“9. Amaliyot (stajirovka) oʻtash yakunlangach, talaba tomonidan amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi.
Amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotda bajarilgan ish, oʻrganilgan huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi. Hisobot talaba tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.”.
9. 10-banddagi “kundaligiga” degan soʻz “oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “kundaligini toʻldirish” degan soʻzlar “oʻtash toʻgʻrisida hisobot tuzish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “dastlabki uch kunida” degan soʻzlar “boshida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 17-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “kundaligini” degan soʻz “oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Amaliyot (stajirovka) tugaganidan keyin talaba amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonni oʻtkazish kunida OTMdagi amaliyot (stajirovka) rahbariga amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.”.
13. 25-bandning oʻninchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
14. 27-bandda:
yettinchi xatboshidagi “va amaliyot (stajirovka) kundaligining yuritilishi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshidagi “kundaligini” degan soʻz “oʻtash toʻgʻrisida hisobotni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Amaliyot (stajirovka) yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi talabani akademik qarzdor sifatida tegishli oʻquv kursida qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Uzrli sabablarsiz amaliyot (stajirovka)ga kelmaslik oʻquv intizomini buzish sifatida talabani belgilangan tartibda OTM talabalari safidan chetlashtirilishiga asos boʻlib xizmat qiladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)