Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyuldagi 575-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-fevraldagi 84-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga hamda Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-sentabr,
761-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 761-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati yoqilgʻi-energetika kompleksini, geologiya sohasini, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatini yanada isloh qilish, rivojlantirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bilan bogʻliq masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari
6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) geologiya va mineral xomashyo bazasi sohasida:
geologiya tarmogʻini va geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda yer qaʼridan va qazib olinadigan mineral-xomashyo resurslaridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda hududlarni kompleks geologik oʻrganish, eng avvalo, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek mineral xomashyoning boshqa qattiq turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish maqsadida foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari, asbob-uskunalar va usullarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va koʻpaytirish davlat dasturlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hisobiga foydali qazilmalar konlarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxirasi va resurslari oʻz vaqtida oʻsishi boʻyicha chora-tadbirlarning natijadorligini tizimli tahlil qilgan holda yer qaʼrini geologik oʻrganish, mineral-xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
geologiya tarmogʻini yanada isloh qilish, qisqacha muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli davrlarda tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
geologiya, yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni, yagona texnika siyosati olib borilishini, geologiya tarmogʻi korxonalari modernizatsiya qilinishini, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanishini tashkil etish;
geologiya tarmogʻi tashkilotlarining hujjatlar aylanishi, hisob va hisobot, moliya-xoʻjalik faoliyati, xodimlarni boshqarish, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlarni tashkil etish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini tashkil etish;
shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
geologiya tarmogʻi korxonalarida menejment tizimini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va jismonan eskirgan asbob-uskunalarni yangilashni taʼminlash, ishlab chiqarish xarajatlarini, energiya sigʻimi sarfini qisqartirish va geologiya-qidiruv ishlari natijadorligiga erishishni hisobga olgan holda ularning tannarxini pasaytirish;
b) metallurgiya va qimmatbaho metallar sohasida:
ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini yaratishga va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan kon-metallurgiya sanoatini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida tashqi bozorlarda barqaror talab qilinadigan, qoʻshilgan qiymatli tayyor, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish vazifalari amalga oshirilishini, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslari ishlab chiqilishini, ularning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etish;
yagona texnika siyosatini olib borish, kon-metallurgiya ishlab chiqarishlari korxonalarini, shu jumladan maʼnaviy va jismonan eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli davrlarda kon-metallurgiya tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi pasaytirilishini nazarda tutib kon-metallurgiya tarmogʻiga zamonaviy energiya jihatidan samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni taʼminlash;
importning oʻrnini bosish hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirish maqsadida mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalari amalga oshirilishini taʼminlash;
kon-metallurgiya tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar tizimli va kompleks amalga oshirilishini tashkil etish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va ishlab chiqarish quvvatlarini yanada modernizatsiya va rekonstruksiya qilish maqsadida aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
kon-metallurgiya sanoatida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlari olib borilishini hamda rangli va qora metallurgiya mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishni va eksport geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi tahlil qilinishini tashkil etish;
v) yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida:
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan yoqilgʻi-energetika kompleksi ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va oʻtkazish tizimini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, neft va gaz resurslari va zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari, uskunalari va metodlarini joriy etish, uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish;
uglevodorodlarning xomashyo bazasini rivojlantirish va tiklash davlat dasturlarini, respublikaning istiqbolli hududlarida uglevodorodlar qazib olish ishlari rejalarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hisobiga ularning konlarini oʻzlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash;
uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini yanada kengaytirishni taʼminlash, neft va gazni chuqur qayta ishlash boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlarni, ijtimoiy soha va respublika aholisini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida gaz uzatish tizimlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish, tiklanmaydigan uglevodorod resurslardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini va xalq bilan doimiy muloqotni kengaytirish asosida aholini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
ijtimoiy soha obyektlarini va respublika aholisini, uning hayot darajasini oshirishni nazarda tutib elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini koʻpaytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks oʻzlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlarini, shuningdek yirik, oʻrtacha, kichik va mikrogidroelektrstansiyalarini loyihalash va qurish sohasida ilgʻor ilmiy-texnika yechimlari asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini, shuningdek energiyani tejaydigan dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uglevodorod xomashyo va yoqilgʻi-energetika resurslarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etish;
yagona texnika siyosatini olib borish, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarini, hosil qilinadigan quvvatlar va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, energiyaning muqobil manbalaridan foydalanishning sinab koʻrilgan texnologiyalari joriy etish;
qisqacha muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli davrlarda yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishni, shuningdek qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishni nazarda tutib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yoqilgʻi-energetika kompleksiga joriy etishni davom ettirish tadbirlarini tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;
mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirishda importning oʻrnini bosish hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirish vazifalari amalga oshirilishini taʼminlash;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika kompleksida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari tarmoqlarini rivojlantirish va neft mahsulotlarining oʻrnini bosish uchun avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturlari amalga oshirilishini tashkil etish;
yangi koʻmir konlarini qazishga jalb etish maqsadida koʻmir konlarini xavfsiz qazish va foydalanishning, geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning samarali tizimlari va usullarini joriy etish;
g) kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida:
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan kimyo tarmogʻining ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida tayyor eksportga yoʻnaltirilgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishini koʻpaytirish, shuningdek ushbu maqsadga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish yoʻli bilan kimyo tarmogʻida tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada amalga oshirish;
rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish, kimyo tarmogʻida yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini yanada qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
yagona texnika siyosati olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik hajmli kimyo ishlab chiqarishlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalari amalga oshirilishini taʼminlash;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni, qisqacha muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli davrlarda kimyo tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
kimyo tarmogʻi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishni, shuningdek qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishni nazarda tutib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
kimyo va neft-kimyo sanoatida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va neft-kimyo mahsulotlariga boʻlgan joriy va istiqbolli ehtiyojlarini tadqiq etish va aniqlash ishlarini muvofiqlashtirish, jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlari olib borilishini va kimyo mahsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirishni va eksport qilish geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda uning mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tahlil qilishni tashkil etish.
7. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek hududlar va boshqa tashkilotlarning oʻz yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, boshqa tashkilotlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi. Tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, shuʼbalari mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentida hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek Kompleks yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshqaradigan tegishli komissiyalarga (kengashlarga) rahbarlik qiladi, shuningdek Kompleks yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha komissiyalar (kengashlar) faoliyati tashkil etilishini taʼminlaydi va qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi.
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
9. Bosh vazir oʻrinbosari:
zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
oʻzi rahbarlik qiladigan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Kompleks yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarning va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarini respublikaning davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlagan holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
10. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kompleksning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Kompleksning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
11. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 761-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish; metallurgiya va qimmatbaho metallar; yoqilgʻi-energetika kompleksini; kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksining rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazirning oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni bir paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) geologiya va mineral xomashyo bazasi sohasida:
geologiya tarmogʻi va geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda yer osti boyliklaridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib olish talablarini hisobga olgan holda, hududlarni kompleks geologik oʻrganish, eng avvalo, qimmatbaho rangli, nodir metallar va uran, shuningdek mineral xomashyoning boshqa qattiq turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini, uskunalarini va usullarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va tiklash davlat dasturlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hisobiga foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish, shuningdek ushbu dasturlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat dasturlarini va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash;
foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxirasi va resurslari oʻz vaqtida koʻpayishi boʻyicha chora-tadbirlarning natijadorligini tizimli tahlil qilgan holda yer qaʼrini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
geologiya, yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yagona texnika siyosatini oʻtkazish, geologiya korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirish, baholash va razvedka qilish sohasida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
geologiya tarmogʻi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;
b) metallurgiya va qimmatbaho metallar sohasida:
kon-metallurgiya sanoati korxonalarining ishlayotgan quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini yaratishga, modernizatsiyalashga yoʻnaltirilgan barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
yuqori qoʻshilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda barqaror talab qilinadigan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish vazifalarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
yagona texnika siyosatini olib borish, kon-metallurgiya ishlab chiqarishlari korxonalarini, shu jumladan maʼnaviy va jismonan eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan zamonaviy samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kon-metallurgiya mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini taʼminlash;
kon-metallurgiya sanoatida shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish;
metallurgiya tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlari olib borilishini tashkil etish hamda rangli va qora metallurgiya mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishni va eksport geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tahlil qilish;
v) yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida:
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan yoqilgʻi-energetika kompleksi ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va oʻtkazish tizimini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, neft va gaz resurslari va zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari, uskunalari va metodlarini joriy etish, uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish;
uglevodorodlarning xomashyo bazasini rivojlantirish va tiklash davlat dasturlarini, respublikaning istiqbolli hududlarida uglevodorodlar qazib olish ishlari rejalarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hisobiga ularning konlarini oʻzlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash;
jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish vazifalarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uglevodorod xomashyo va yoqilgʻi-energetika resurslarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
yagona texnika siyosatini olib borish, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarini, hosil qilinadigan quvvatlar va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, shu jumladan maʼnaviy va jismonan eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan energiyaning muqobil manbalaridan foydalanishning sinab koʻrilgan texnologiyalari joriy etilishini tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning energiya sarfi sigʻimini qisqartirish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, shuningdek energiyani tejash dasturlarini bajarish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
tiklanmaydigan uglevodorod resurslardan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ijtimoiy soha obyektlarini va respublika aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish;
energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini koʻpaytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks oʻzlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlarini, shuningdek yirik, oʻrtacha, kichik va mikrogidroelektrstansiyalarini loyihalash va qurish sohasida ilgʻor ilmiy-texnika yechimlari asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika kompleksida shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish;
yoqilgʻi-energetika kompleksi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va neft-gaz, elektroenergetika va koʻmir tarmoqlarida yuqori texnologik ishlab chiqarishlar tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari tarmoqlarini rivojlantirish va neft mahsulotlarining oʻrnini bosish uchun avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
g) kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida:
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan kimyo tarmogʻining ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida kimyo tarmogʻining tayyor eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish vazifalarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
yagona texnika siyosati olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini, shu jumladan maʼnaviy va jismonan eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda zamonaviy energiya jihatidan samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini taʼminlash;
kimyo va neft-kimyo sanoatida shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish;
kimyo tarmogʻi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kimyo ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va neft-kimyo mahsulotlariga boʻlgan joriy va istiqbolli ehtiyojlarini tadqiq etish va aniqlash ishlarini muvofiqlashtirish, jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlari olib borilishini tashkil etish va kimyo mahsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirishni va eksport qilish geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda uning mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarga kirib borilishini tahlil qilish.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlagan holda oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha, shu jumladan joyning oʻziga chiqib tashkilotlar va hududlardagi ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini oʻrganadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishi, shuningdek ularning manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari, shuningdek quyidagilar kiradi:
geologiya va mineral-xomashyo bazasi masalalari shuʼbasi;
metallurgiya va qimmatbaho metallar shuʼbasi;
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish shuʼbasi;
kimyo va neft-kimyo sanoati shuʼbasi.
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga Departament mudiri, u vaqtincha boʻlmagan vaqtda uning oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudirining, mudir oʻrinbosarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Shuʼba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi (keyingi oʻrinlarda Kompleks deb ataladi) majlislarida hisobotlarni eshitish orqali va tegishli maʼlumotlar bazasi yuritilgan holda taʼminlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritishiga kiradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Departament mudirining oʻrinbosari:
Departamentga bevosita rahbarlik qilishda hamda shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil etishda Departament mudiriga koʻmaklashadi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritishiga kiradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va Departament mudiri boʻlmaganda tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Departament mudiri va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Departament mudiriga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini kelishadi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun Departament mudiri bilan kelishgan holda yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishida va yangilab borilishida, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishida Departament mudiriga koʻmaklashdi;
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
Departament mudiri bilan kelishgan holda chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini mudir oʻrinbosari, ikkalasi ham boʻlmaganda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
17. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar Vazirlar Mahkamasi, Departamentning, shuningdek mutaxassislarning ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Bosh vazirning oʻrinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, tarmoqlarni yanada rivojlantirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri yoki mudir oʻrinbosari topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayerlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.