Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2019 28.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2907
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 28.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2907
Kuchga kirish sanasi
31.07.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻimni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2907]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 28-oktabrdagi 490-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2907-1, 28.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻimni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 14-iyuldagi 104-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻimni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻimlarni (bundan buyon matnda yigʻim deb yuritiladi) taqsimlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yigʻimlar Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toʻlovchilar yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov hujjatining toʻlov maqsadida yigʻim turi va maqsadi hamda oʻzi joylashgan hudud uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini koʻrsatgan holda Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot tizimida (“OʻRMV” AT) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mablagʻlarning 90 foizi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga, 10 foizi “yagona darcha” markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida mablagʻlarining 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga, 10 foizi “yagona darcha” markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga va 10 foizi Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish departamentining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yigʻimlarning toʻliq hajmda kelib tushishi, toʻgʻri taqsimlanishi va tasarruf etuvchilar tomonidan maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 760-modda)