Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2018 27.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2903
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 27.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2903
Kuchga kirish sanasi
31.07.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2903]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-iyuldagi 48-sonli “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2903-1, 17.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-maydagi PQ-2969-son “Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq xoʻjaligining texnik jihozlanishini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir Z. MIRZAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2017-yil 5-iyuldagi 37-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-maydagi PQ-2969-son “Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq xoʻjaligining texnik jihozlanishini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan davlat xaridi uchun paxta va gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga (bundan buyon matnda fermer xoʻjaliklari deb yuritiladi) koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaragʻi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasidan (bundan buyon matnda — Jamgʻarma deb yuritiladi) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanizatsiya xizmatlari — “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi texnikalari orqali koʻrsatiladigan xizmatlar (er haydash, ekin ekish, ishlov berish, mineral oʻgʻit solish, hosilni yigʻish, tashish va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xaridi uchun paxta va gʻallani yetishtirishga koʻrsatiladigan mexanizatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmadan ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklarining oʻz mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-apreldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa moliyaviy manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pul mablagʻlarini yoʻnaltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Paxta va gʻallani yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kredit resurslarini yoʻnaltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzagroservis” AJ korxonalari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan mexanizatsiya xizmati koʻrsatilganidan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilish sharti bilan, oldindan 50 foiz haq toʻlash asosida mexanizatsiya xizmati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan fermer xoʻjaliklariga davlat xaridi uchun paxta va gʻallani yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki (bundan buyon matnda tijorat banki deb yuritiladi) filiallari orqali belgilangan tartibda imtiyozli kreditlar ajratiladi va fermer xoʻjaliklari ajratilgan kreditlar hisobidan “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzagroservis” AJ korxonalari har oyning 3-sanasigacha fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan bajariladigan ishlar hajmlari uchun mavjud debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni hisobga olgan holda talab etiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har bir fermer xoʻjaligi kesimida, tijorat banki filiallariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banki filiallari maʼlumotlarni tekshirib, kreditlash uchun belgilangan meʼyor doirasida fermer xoʻjaliklarning murojaatlari asosida hududiy viloyat boshqarmalari orqali tijorat bankining Bosh ofisiga belgilangan tartibda kredit buyurtmasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat bankining Bosh ofisi hududiy viloyat boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan kredit buyurtmalarini qonun hujjatlariga toʻgʻri kelishini tekshirib, umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida Jamgʻarmaga belgilangan tartibda kredit buyurtmasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari boʻyicha qarzdorlikni undirish maqsadida “Oʻzagroservis” AJ korxonalari toʻlov talabnomalarini fermer xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallariga topshiradi va topshirilganligi toʻgʻrisida tijorat banki filialining tasdigʻini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banki filiallari doimiy ravishda “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan bajarilgan ishlar hajmi bilan qoʻyilgan toʻlov talabnomalarining mutanosibligini nazorat qilib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma kredit buyurtmalariga muvofiq tijorat bankining Bosh ofisi orqali tijorat banklariga fermer xoʻjaliklarga koʻrsatilgan va koʻrsatiladigan mexanizatsiya xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida bosqichma-bosqich mablagʻ ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari taqdim etilgan buyurtma va mavjud toʻlov hujjatlari asosida hisobga olingan mexanizatsiya xizmatlari toʻlovlari uchun fermer xoʻjaliklarining hisobvaragʻidan “Oʻzagroservis” AJ korxonalarining tegishli 23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjalik mexanizatsiya xizmati koʻrsatuvchi xoʻjalik subyektlarining 23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaragʻiga mexanizatsiya xizmatlari uchun kelib tushgan mablagʻlar “Oʻzagroservis” AJ korxonalari oldidagi mavjud qarzdorliklar toʻloviga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjalik mexanizatsiya xizmati koʻrsatuvchi xoʻjalik subyektlari tomonidan “Oʻzagroservis” AJ korxonalariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun oldindan toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjalik mexanizatsiya xizmati koʻrsatuvchi xoʻjalik subyektlarining “Oʻzagroservis” AJ korxonalari oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda, kreditorlik qarzi yoʻqligini tasdiqlovchi solishtirma dalolatnomaga asosan mablagʻlar ularning asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Gʻalla hosili yakuniy hisob-kitobi uchun ajratiladigan mablagʻlarni yoʻnaltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Gʻalla hosili yakuniy hisob-kitobi uchun ajratiladigan mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalarining 22602-sonli akkreditiv hisobvaraqlaridan fermer xoʻjaliklari tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzagroservis” AJ korxonalari oʻrim mavsumi boshlangunga qadar gʻalla hosilini topshiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻriladigan gʻalla maydonlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻalla oʻrimi boʻyicha bajariladigan ishlar hajmlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni hisobga olgan holda toʻlovlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har bir fermer xoʻjaligi kesimida xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallari bilan birgalikda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tegishli tijorat bankining hududiy boshqarmalariga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat bankining hududiy boshqarmalari oʻz navbatida tijorat bankining Bosh ofisi orqali umumlashtirilgan maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzagroservis” AJ korxonalari har bir fermer xoʻjaligiga xizmat koʻrsatilishidan oldin, shartnomaga asosan bajariladigan ish hajmini, debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni hisobga olgan holda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi va tegishli mexanizatsiya xizmatini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli dalolatnoma tuzilmasdan (xizmat haqi oldindan 100 foiz toʻlangan holatlar bundan mustasno) xizmat koʻrsatish, taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish kuni yakunida dalolatnoma 3 nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi mexanizatsiya xizmatini koʻrsatgan “Oʻzagroservis” AJ korxonasiga fermer xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga toʻlov talabnomasi qoʻyish uchun beriladi, ikkinchi nusxasi fermer xoʻjaligida qoladi, uchinchi nusxasi “Oʻzagroservis” AJ korxonasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ korxonalari dalolatnoma asosida fermer xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallariga qoʻyilgan toʻlov talabnomalari boʻyicha reyestr shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Oʻzagroservis” AJ korxonalari toʻlov talabnomalari reyestrini 2 kun ichida fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallariga belgilangan tartibda toʻlovlarni undirish uchun topshiradi va topshirilganligi toʻgʻrisida tijorat banki filialining tasdigʻini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki filiallari toʻlov talabnomalarni 1 bank ish kuni davomida fermer xoʻjaliklarining 2-sonli kartotekasiga (toʻlov muddatini kutayotgan hujjatlar) kirim qilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tijorat banki filiallari “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan haqiqatda taqdim etilgan toʻlov hujjatlari toʻgʻrisidagi (har bir tuman va fermer xoʻjaliklari kesimida) maʼlumotlarni umumlashtirgan holda don korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallariga va “Oʻzagroservis” AJ korxonalariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Don korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallari “Oʻzagroservis” AJ korxonalari bilan birgalikda fermer xoʻjaliklarining hisobvaraqlariga haqiqatda qoʻyilgan va ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallari tomonidan tasdiqlangan toʻlov talabnomalari toʻgʻrisidagi (har bir tuman va fermer xoʻjaliklari kesimida) maʼlumotlarni umumlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tijorat bankining hududiy boshqarmalari “Oʻzagroservis” AJ korxonalariga fermer xoʻjaliklari tomonidan taqdim etilgan PK-10 va PK-10A kvitansiyalariga asosan fermer xoʻjaliklariga topshirilgan gʻalla hosili uchun haqiqatda toʻlanadigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tumanlar va fermer xoʻjaliklari kesimida taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tijorat bankining hududiy boshqarmalari topshirilgan gʻalla hosili uchun haqiqatda taqdim etilgan PK-10 va PK-10A kvitansiyalari va fermer xoʻjaliklarining hisobvaraqlariga “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqib, “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun ajratiladigan mablagʻlarga buyurtma tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat bankining hududiy boshqarmalari tayyorlangan buyurtmani tijorat bankining Bosh ofisiga taqdim etadi. Tijorat bankining Bosh ofisi buyurtmani “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birga tasdiqlagan holda belgilangan tartibda Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamgʻarma taqdim etilgan buyurtmaga muvofiq “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun bosqichma-bosqich mablagʻ ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tijorat banki taqdim etilgan buyurtma va mazkur Nizomning 16-bandidagi maʼlumotlarga asosan haqiqatda topshirilgan gʻalla hosili uchun fermer xoʻjaliklarining maxsus hisobvaraqlariga mos ravishda mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Gʻalla hosili yakuniy hisob-kitoblari uchun fermer xoʻjaliklarining maxsus hisobvaraqlariga kelib tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda toʻlov talabnomalariga asosan gʻalla hosilini yetishtirish va oʻrib olish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash uchun “Oʻzagroservis” AJ korxonalarining 23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Paxta hosili yakuniy hisob-kitobi uchun ajratiladigan mablagʻlarni yoʻnaltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Paxta yakuniy hisob-kitob uchun ajratiladigan mablagʻlar qonun hujjatlarda belgilangan tartibda “Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarining 23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaragʻi orqali fermer xoʻjaliklari tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari yetishtirilgan paxta hosili yakuniy hisob-kitobidan mablagʻlar olishi lozim boʻlgan fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotni tumanlar va fermer xoʻjaliklari kesimida “Oʻzagroservis” AJ korxonalariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ korxonalari har bir fermer xoʻjaligi olishi lozim boʻlgan mablagʻlar hajmini, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun mavjud kreditor qarzlari va toʻlovga taqdim etilgan toʻlov talabnomalari bilan solishtirgan holda “Oʻzagroservis” AJning korxonalari tomonidan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblarni fermer xoʻjaliklari kesimida tayyorlaydi hamda “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallariga hamda tijorat bankining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tijorat bankining hududiy boshqarmalari, “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari bilan birgalikda koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun fermer xoʻjaliklarining hisobvaraqlariga “Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqib, shu kunning oʻzida mexanizatsiya xizmatlari toʻlovi uchun ajratiladigan mablagʻlarga buyurtma tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat bankining hududiy boshqarmalari tayyorlangan buyurtmani tijorat bankining Bosh ofisiga taqdim etadi. Tijorat bankining Bosh ofisi buyurtmani “Oʻzpaxtasanaot” AJ bilan birga tasdiqlagan holda belgilangan tartibda Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamgʻarma “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblarga asosan topshirilgan paxta qiymati uchun paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida 23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaragʻi orqali bosqichma-bosqich mablagʻ ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Paxta tozalash zavodlariga kelib tushgan mablagʻlar fermer xoʻjaliklari bilan oʻzaro rasmiylashtirilgan dalolatnomalarga muvofiq tuzilgan hisob-kitoblarga asosan topshirilgan paxta hosili qiymati hisobidan olinishi mumkin boʻlgan mablagʻlar doirasida fermer xoʻjaliklarining 23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Fermer xoʻjaliklarining 23210 (23220) — maxsus mablagʻlar hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun “Oʻzagroservis” AJning korxonalariga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi”, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Agrobank” ATB, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagroservis” AJ bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish” Jamgʻarmasi direktori v. b. M. POZILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh direktori Y. XIDIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi S. XAYDAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N. OTAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi A. TAMIKAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Oʻ. TURSUNOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_____________________________________________________________________________________________________________________ tomonidan ______yil gʻalla hosilini yetishtirish uchun bajarilgan va gʻalla

(hududiy “Agroservis” AJ korxonasi nomi)

hosilini oʻrish boʻyicha bajariladigan ishlar hajmi va yakuniy hisob-kitobdan talab etiladigan mablagʻlar
HISOB-KITOBI

T/r

Fermer xoʻjaligi

bank MFO

Unikal kod

STIR

01.05.201__

yil holatiga qarzdorlik, ming soʻm

tuman hokimligi qaroriga asosan

Shartnomaga asosan____yilda oʻriladigan gʻalla maydoni (ga)

Shartnomaga asosan bajariladigan ishlar hajmi

(ming soʻm)

Davlat ehtiyojlari uchun topshiriladigan don

Ajratilgan imtiyozli kredit

(ming soʻmda)

Olingan urugʻlikning 1-may holatiga qoldiq qiymati (ming soʻmda)

Yakuniy hisob-kitoblarda toʻlanishi kutilayotgan mablagʻ

(ming soʻmda)

14 = 11 – 12 – 13

MChJ tomonidan oʻzlashtirilishi kutilayotgan mablagʻ hajmi

DT

KT

gʻalla ekilgan maydon

(ga)

yalpi hosil

(tn)

tonna

qiymati ming soʻm

A

V

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

1.

2.

3.

...

MChJ boʻyicha jami:

Rahbar

_______

___________

Xizmat koʻrsatuvchi bank rahbari

________

_____________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

(imzo)

(F.I.Sh.)


(M.Oʻ.)


(M.Oʻ.)

Bosh hisobchi

_______

___________

Bosh hisobchi

_________

____________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

(imzo)

(F.I.Sh.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎Bajaruvchi: ________________________ tuman MChJ
Buyurtmachi: _____________ tumani ____________________________ xoʻjaligi 201__ yil “___” _______dagi

‎‎(tuman)

‎‎‎‎(fermer xoʻjaligining nomi)

‎‎_____ -sonli shartnomaga asosan bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat) boʻyicha tuzilgan‎‎

‎‎DALOLATNOMA № ______________ “____” ___________ 201__ yil

‎‎Texnika

Bajarilgan ish‎‎

Bir gektar (tonna)da bajarilgan ish bahosi, soʻm

Jami summasi, ming soʻm

rusumi

‎‎zavod raqami

‎‎turi

‎‎gektar, (tn)

‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎J A M I:‎‎ ‎‎
Toʻlanishi kerak boʻlgan summa _______________________ (__________________________________________)

(summa raqamda)

‎‎(summa yozuvda)

_____________________________ fermer xoʻjaligi 201__ yil “___” __________ holatiga ___________ tuman

‎‎(fermer xoʻjaligining nomi)

________________dan boʻlgan __________ ming soʻm qarzini hisobga olgan holda jami ____________________

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎(summa raqamda)

‎‎(________________________________) toʻlab berish �ajburiyatini oladi.

‎‎(summa yozuvda)

‎‎Ushbu dalolatnoma ish bajaruvchi (xizmat koʻrsatuvchi) tomonidan buyurtmachining hisob raqamiga toʻlov talabnoma qoʻyish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻladi.

B A J A R U V Ch I :

B U Yu R TM A Ch I :

(MChJ) raisi

___________

‎‎_______________________

‎‎Xoʻjalik rahbari‎ ________

‎‎_________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

(F.I.Sh.)

Bosh hisobchi

___________

_______________________

‎‎Bosh hisobchi

‎‎___________

_________________

(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

(M.Oʻ.)‎ (M.Oʻ.) (muhr mavjud boʻlganda)
Xizmat koʻrsatuvchi bank boʻlimi (filiali) nomi: __________________________________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

________________ viloyati “Agroservis MTP” MChJ tomonidan ______________bank filialiga qoʻyilgan toʻlov talabnomalari, imtiyozli kredit qoldigʻi toʻgʻrisida

M A ʼ L U M O T

T/r

Fermer xoʻjaliklari nomi

Bank MFO

Unikal kodi

STIR

Ajratilgan kredit qoldigʻi (ming soʻmda)

shundan:

Viloyat “Agroservis MTP” MChJ tomonidan taqdim etilgan toʻlov talabnomasi (ming soʻm)

K-2 ga kirim qilingan toʻlov talabnomasi (ming soʻm)

201__ yil gʻalla imtiyozli kredit

201__ yil gʻallani oziqlantirish boʻyicha

A

V

1

2

3

4

5

6

7

8

1.

2.

3.

MChJ boʻyicha jami:

Bank rahbari

____________

_________________________________

(M.Oʻ.)

(imzo)

(ismi, familiyasi)

Bosh hisobchi

____________

_________________________________

(imzo)

(ismi, familiyasi)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 752-modda)