Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019 21.04.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2344-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori, 21.04.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2344-2
Kuchga kirish sanasi
24.04.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2344-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/11-sonli “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2344-3, 16.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son “Dehqon xoʻjaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-martdagi 8/1-son qarori (roʻyxat raqami 2344, 2012-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 136-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy banki raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 8-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7/4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7/4-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik baliqchilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, shuningdek urugʻ va koʻchatlar sotib olish uchun mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik baliqchilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, shuningdek urugʻ va koʻchatlar sotib olish uchun eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mevali daraxtlar va uzum koʻchatlarini sotib olish, baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun — 1 yillik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, uchun — 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻliklar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish hamda issiqxonalar tashkil etish uchun — 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish uchun — 3 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 282-modda)