Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019 07.02.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qarori, 07.02.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668-4
Kuchga kirish sanasi
13.02.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1668-4]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 15-oktabrdagi 02/29-10/36 va 132-sonli “Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1668-6,26.10.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007-yil 12-fevraldagi 01/12-18/03, 20-son “Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1668, 2007-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 128-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/09-26/49-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF–4483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 322-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, auditorlik tashkilotlarini ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga kiritish tartibini belgilaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-banddan “ochiq” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Tanlovda qatnashadigan auditorlik tashkilotlari har yili 1-fevraldan 25-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Nizomning ilovasidagi shaklga muvofiq arizani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda taqdim etilmagan ariza koʻrib chiqilmaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 4 va 5-bandlardagi “hujjatlarini” va “hujjatlarni” degan soʻzlar tegishlicha “arizalarini” va “arizalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 6-banddagi “internet-saytlarida” degan soʻzlar “veb-saytlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 10-banddagi “hujjatlarni taqdim etish” degan soʻzlar “ariza berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 11-bandda “axborot vositalarida” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek, Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaz va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotiga quyiladigan talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish yoki tashabbus tarzdagi va banklar, sugʻurta tashkilotlari va aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarda majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) auditorlik tashkiloti rahbari va shtatdagi auditorlarda amalda boʻlgan auditorlik sertifikatlarining (ariza berilgan paytda) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) auditorlik faoliyati sohasida kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) auditorlik tashkilotida qimmatli qogʻozlar bozori sohasida malakaga ega boʻlgan kamida bitta mutaxassisning mavjudligi (malaka mazkur ixtisoslik boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishi yoki qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka attestatining mavjudligi yoki ushbu sohada ish tajribasiga ega boʻlishi bilan tasdiqlanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 4-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qoʻyiladigan talablar”ga (roʻyxat raqami 1624, 2006-yil 25-sentabr) muvofiq ichki standartlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkiloti quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori ixtisosligi boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisida diplom nusxasi yoxud qimmatli qogʻozlar bozori sohasida malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki standartlar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda koʻrsatilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) quyidagi mazmundagi 131 — band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“131. Markaz mazkur Nizomning 12 — bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan axborotlarni Moliya vazirligidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik bandida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka attestatining mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazidan belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) V bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida” qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat aktivlarini boshqarish markazi

______________________________
‎________________________________________________________ dan

‎‎ARIZA‎‎‎

‎‎Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga kiritishga.
‎‎Ariza beruvchi: ______________________________________________________________________‎____________

‎‎(auditorlik tashkilotining ustaviga asosan toʻliq nomi koʻrsatiladi)

‎‎Ariza beruvchining pochta manzili: _______________________‎‎_‎‎________________‎_____________
‎‎__________________________________________________________________________________
‎‎Telefon: _______________, Faks:________________ E-mail ________________________________
‎‎Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning raqami va sanasi:
‎‎Seriya:_________, raqami:__________, “___”_______ 20__y.
‎‎Auditorlik tashkiloti rahbarining F.I.O., malaka sertifikati raqami, sanasi:‎
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎Auditorlik tashkilotining shtatidagi auditorlarning F.I.O., malaka sertifikati raqami, sanasi:
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎Auditorlik tashkilotining shtatidagi qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining F.I.O., malaka attestati raqami, sanasi:
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati:
‎‎‎1. Qimmatli qogʻozlar bozori ixtisosligi boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisida diplom nusxasi yoxud qimmatli qogʻozlar bozori sohasida malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan koʻchirma.‎‎
‎2. Auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisining nusxasi.
‎‎3. Ichki standartlar roʻyxati
‎‎_____________________
‎‎Auditorlik tashkiloti rahbarining F.I.O., imzo va imzolangan sana (muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda).”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 81-modda)