LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-noyabrdagi PQ-1426-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
1. 1-banddagi “oliy” so‘zidan keyin “oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” so‘zlari qo‘shilsin.
“8. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 9 yilda, boshqa ta’lim muassasalari 5 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi tarkibida filiallar va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim turi mavjud bo‘lsa, ularning attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasining asosiy ta’lim faoliyati attestatsiyasi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi”.
“katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti orqali hamda mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati”;
“g1) oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida:
doktorlik dissertatsiyasi mavzulari va bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning respublika ilmiy-texnik hamda texnologik rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
ilmiy maslahatchilar tarkibining sifat ko‘rsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari;
ta’limni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi e’tirof etgan jurnallarda, shuningdek xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarni chop etish faoliyati;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, hisobotlarining oliy ta’lim muassasalarining kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari, tegishli bo‘lim, laboratoriya va boshqalarda muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni bitirgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish holati;
doktorlik dissertatsiyalari doirasida olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etish holati va ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi”.
“Davlat test markazida attestatsiyadan o‘tuvchi ta’lim muassasasi uchun attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar yig‘ma jildi yig‘iladi. Unda:
8. 15-bandning birinchi xatboshidagi “(keyingi o‘rinlarda — Komissiya)lari” so‘zlaridan keyin “mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tuziladi va” so‘zlari qo‘shilsin.
9. 16-banddagi “Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunuvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
“17. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga mos ravishda ta’lim muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, ta’limni boshqaruv bo‘yicha vakolatli davlat organlarining mas’ul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari va tegishli ishlab chiqarish korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari jalb etiladi hamda ular attestatsiya qilinayotgan ta’lim muassasalariga aloqador bo‘lmasligi lozim.
18. Komissiya a’zolarining xizmat safarlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bunda tegishli budjet tashkilotlaridan jalb qilingan attestatsiya komissiyasi a’zolarining xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari ushbu budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi”.
“Bunda “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ko‘chirish masalasi xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi”.
“28. “Attestatsiyadan o‘tdi” va “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” deb e’tirof etilgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish uchun bir yil muddat beriladi va ushbu muddat tugagandan so‘ng bu ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi”.
13. 29-banddagi “ta’lim yo‘nalishlari” so‘zlari “ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
“Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga ko‘chirish masalasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”.
“36. Oliy ta’lim muassasalarining qayta attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy ta’lim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etilgan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi”.
“371. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasida kamida bitta ixtisoslik attestatsiyadan o‘tgan taqdirda, mazkur muassasa ushbu ta’lim turi bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etiladi.
372. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklarini oxirgi 3 yilda bitirgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilardan doktorlik dissertatsiyasi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganlar soni 10 foizdan kam bo‘lsa ixtisoslikka nisbatan “Attestatsiyadan o‘tmadi” degan qaror qabul qilinadi.
373. “Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasining attestatsiyadan o‘tmagan ixtisosliklari bir yildan keyin qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
374. Qayta attestatsiya natijalariga ko‘ra “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilgan ixtisosliklarga qabul to‘xtatiladi. Qayta attestatsiya natijalari qabulni to‘xtatish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga yuboriladi.
375. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilganda:
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha litsenziyaning amal qilishi tugatiladi (nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun);
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun) masalasi ko‘riladi;
ta’lim olayotganlar ilmiy ishlarini davom ettirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan boshqa turdosh ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi.
376. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining monitoringi natijalari hamda oliy yoki ilmiy-tadqiqot ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joylarga chiqmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin”.
“MOMning davlat talablari va Ustavida belgilangan vazifalari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, ilmiy-pedagog kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi, moddiy-texnik va o‘quv-laboratoriya ta’minoti, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, ishlab chiqarish bilan integratsiya va xalqaro hamkorlik bo‘yicha faoliyati Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar bilan baholanadi. Mezonlar asosida MOMda mavjud kurslarning 75 va undan ko‘p foizi attestatsiyadan o‘tsa, MOM “Attestatsiyadan o‘tdi”, 55 foizdan 75 foizgacha attestatsiyadan o‘tsa, MOM “Attestatsiyadan shartli o‘tdi”, 55 dan kam foizi attestatsiyadan o‘tsa, MOM “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi”.
“381. “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” deb e’tirof etilgan ta’lim muassasalarining davlat akkreditatsiyasi qayta attestatsiya o‘tkazilgunga qadar uzaytirilgan hisoblanadi.
382. Qayta attestatsiya natijalariga ko‘ra ta’lim muassasasiga nisbatan “Attestatsiyadan o‘tdi” yoki “Attestatsiyadan o‘tmadi” degan qarorlardan biri qabul qilinadi”.
“Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi”.
“Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalari Davlat test markazida hisobga olinadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ta’lim muassasalari yangi tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda, tugatilganda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan, nodavlat ta’lim muassasalari tugatilganda ta’sischilari tomonidan tegishli qaror nusxasi bir hafta muddatda Davlat test markaziga taqdim etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarining ta’lim muassasalari filiallari akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni asosiy ta’lim muassasasidan olgandan so‘ng, uning nusxasini ikki hafta muddatda Davlat test markaziga taqdim etishi shart.
Davlat test markazi ushbu hujjatlar asosida davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalari reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi”.