25.05.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1743-2
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 25.05.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1743-2
Kuchga kirish sanasi
01.06.2015
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. 9-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 9-banddagi “Davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 12-banddagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4. 13-banddagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.