Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2018 13.05.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2673
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining qarori, 13.05.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2673
Kuchga kirish sanasi
18.05.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2673]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 20-iyuldagi 34, 6/QQ-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2673-1, 27.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-son “Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2015-yil 7-may,

12-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21/QQ-son

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 7-maydagi 12-mh va 21/QQ-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Bitiruvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori nomiga yozgan arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 086-U-shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti nusxasi, agar bitiruvchi pasport olmagan boʻlsa, uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitiruvchining 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurati (rangli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalari gʻoliblariga berilgan respublika tashkiliy qoʻmitasining yoʻllanmasi, agar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalq taʼlimi tizimida oʻtkazilgan psixologik-pedagogik tashxis natijalari (Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tavsiyanomasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyalari xulosalari va tavsiyalari, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining, tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining yoʻllanmalari — ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi yoki viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining bitiruvchi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga jalb etilmaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi — ilgari akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlariga jalb etilmagan bitiruvchilar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Mazkur Roʻyxatning 1 — 5-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bevosita bitiruvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan, 6 — 9-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bevosita tegishli umumtaʼlim maktabi tomonidan toʻplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 7-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 241-modda)