Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 14.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2664
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori, 14.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2664
Kuchga kirish sanasi
20.04.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash boʻyicha test oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2664]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 7-apreldagi 237/2-sonli ““Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash boʻyicha test oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2664-1, 13.04.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash boʻyicha test oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais A. YUSUPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 20-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214/7-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/7-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash boʻyicha test oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash boʻyicha test (bundan buyon matnda test deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida kiruvchi shaxslar hamda mustaqil izlanuvchilar sifatida rasmiylashtiriladigan shaxslar ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish layoqatiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Test oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida kiruvchi shaxslar hamda mustaqil izlanuvchilar sifatida rasmiylashtiriladigan shaxslarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish layoqatini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Test Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan test oʻtkazish dasturi asosida, sessiya tarzida iyul va avgust oylaridan tashqari barcha oylarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Test oʻtkazishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Testlar yagona dasturiy-texnik tizim asosida masofaviy test usulida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Test oʻtkazishni tashkil etish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarning tavsiyalari asosida OAK Rayosatining qarori bilan oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari orasidan test oʻtkazuvchi muassasalar (bundan buyon matnda muassasalar deb yuritiladi) tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Testlarni yagona dasturiy-texnik tizim asosida masofaviy test usulida tashkil etish, shuningdek dasturiy taʼminot va administratorlik vazifasini amalga oshirish uchun OAK Rayosatining qarori bilan muassasalar orasidan bosh muassasa tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Muassasalarning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy test oʻtkazish uchun Internet tarmogʻiga ulangan kompyuter sinflarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh muassasa tomonidan ishlab chiqilgan test oʻtkazish dasturi va savollar bankining dasturiy taʼminotiga ulanish boʻyicha tegishli texnik tayyorgarlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy test oʻtkazish jarayonida muassasada test oʻtkazish tizimining uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
testdan ijobiy oʻtgan talabgorlarga bosh muassasa tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash boʻyicha testdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnomalarni (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh muassasaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va uni tasdiqlash uchun OAKga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan test oʻtkazish dasturi asosida savollar banki va uning dasturiy taʼminotini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test oʻtkazish dasturi, savollar banki va uning dasturiy taʼminotini muntazam ravishda takomillashtirib borishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy test oʻtkazishni dasturiy-texnik jihatdan tashkil etish, test oʻtkazish tizimining uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar bankini kompyuter tizimiga sifatli va nuqsonsiz kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomalarni tayyorlash va ularni roʻyxatga olish kitobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakunida test natijalari boʻyicha OAKga hisobot taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh muassasa bir vaqtning oʻzida muassasa vazifasini bajarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Testni ilmiy-tashkiliy jihatdan yuqori saviyada tashkil etish, test jarayonining xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash, talabgorlarga ularning test jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test oʻtkazish bilan bogʻliq zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bosh muassasa va muassasalarda test oʻtkazish boʻyicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiyalarning tarkibi tegishlicha bosh muassasa va muassasalarning tavsiyasi asosida OAK Rayosati tomonidan fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan 9–12 nafar aʼzodan iborat tarkibda, shu jumladan komissiya raisi va masʼul kotibi koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi. Har yili komissiyalar tarkibining uchdan bir qismi yangilanib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi, aʼzolari va masʼul kotibi oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiyalarning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida talabgorlarni guruhlar boʻyicha tegishli kompyuter xonalariga tartibli kiritishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test oʻtkazish jarayonini nazorat qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test natijalari qaydnomasini rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh muassasada tuzilgan komissiya mazkur vazifalarni bajarishdan tashqari test oʻtkazish jarayonini toʻgʻridan toʻgʻri videoaloqa orqali nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Talabgorlar roʻyxatini shakllantirish va test natijalarini eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Talabgorlar test sinovlarida ishtirok etish uchun OAKga ish joyi yoki yashash joyidagi oliy oʻquv yurti yoxud ilmiy tadqiqot muassasasi yoki bevosita OAK veb-sayti orqali murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oliy oʻquv yurti va ilmiy tadqiqot muassasasi testda ishtirok etish uchun murojaat qilgan talabgorlar haqidagi maʼlumotlarni individual login va parol asosida OAK veb-sayti orqali OAKga yetkazadi. OAK talabgorlar haqidagi maʼlumotlarni oliy oʻquv yurtlaridan bevosita qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir sessiya davomida testda ishtirok etadigan talabgorlar roʻyxati OAK tomonidan bosh muassasaga taqdim etiladi. Mazkur roʻyxat asosida bosh muassasa muassasalar bilan kelishilgan holda test oʻtkazish muddati va vaqtini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh muassasa testdan kamida besh kun oldin test oʻtkaziladigan vaqt haqida OAKga elektron shaklda xabar beradi va oʻzining rasmiy saytida bu haqda eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Test savollari quyidagi bloklardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatning normativ-huquqiy asoslari — 15 ta savol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqotchilik va pedagogik kompetentlik darajasi — 20 ta savol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni bilish — 15 ta savol.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Test javoblari 100 ballik tizimda, har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball berilgan holda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgorning ilmiy nashrlarda, shu jumladan ilmiy konferensiyalar materiallarida eʼlon qilingan ilmiy ishlari mavjud boʻlganda, u tomonidan testda toʻplangan ballga komissiya tomonidan bitta ilmiy ish uchun 10 ball, ikkita ilmiy ish uchun 20 ball, uch va undan ortiq ilmiy ish uchun 30 ball qoʻshib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning ilmiy nashrlarda, shu jumladan ilmiy konferensiyalar materiallarida eʼlon qilingan ilmiy ishlari elektron (skaner qilingan) shaklda oliy oʻquv yurti yoki ilmiy tadqiqot muassasasi yoxud bevosita talabgor tomonidan OAK veb-saytiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Testga lugʻat, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirgan, test davomida boshqa talabgordan yordam olgan yoki yordam bergan talabgorlar komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilgan holda testdan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Test natijalariga koʻra, shu jumladan ilmiy ishlar uchun hisoblangan ballarni qoʻshgan holda 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgorlar testdan muvofaqqiyatli oʻtgan hisoblanadi va ularga guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Guvohnomalar test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida bosh muassasa tomonidan talabgorlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi asosida rasmiylashtiriladi, bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi hamda OAKga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomalar OAK raisi tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangach, bosh muassasaga, bosh muassasa tomonidan testni oʻtkazgan muassasa vakiliga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bosh muassasa tomonidan muassasaga taqdim etilgan guvohnomalar muassasa rahbari hamda muassasadagi komissiya raisi tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi hamda talabgorlarga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh muassasa muassasa vazifasini bajarganda guvohnomalar OAK raisi, bosh muassasa rahbari va bosh muassasadagi komissiya raisi tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Guvohnomalarni rasmiylashtirish jarayonida xatolik aniqlangan yoki guvohnoma buzilgan taqdirda, ushbu guvohnomalar dalolatnoma tuzilgan holda bosh muassasaga topshiriladi va bosh muassasa tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda yangi guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Guvohnomaning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Belgilangan vaqtda testga kelmagan yoki testdan muvofaqqiyatli oʻta olmagan talabgorlar keyingi sessiyalarda test topshirishi mumkin. Bir sessiya davomida qayta test topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabgorning test oʻtkazish jarayoni boʻyicha shikoyatlari test oʻtkazilgan va natijalari eʼlon qilingan kunning oʻzida muassasa rahbari tomonidan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Test savollari yoki test natijalari haqidagi shikoyatlar muassasa orqali bosh muassasa rahbari tomonidan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. OAK, tizimida oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlari mavjud boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar komissiyalar ishida hamda test jarayonini kuzatishda ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Test jarayoni xolis oʻtkazilmaganligi aniqlanganda uning natijalari OAK tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Test natijalari boʻyicha yillik tahliliy maʼlumotnoma “OAK Byulleteni” jurnalida chop etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Komissiyalar faoliyati va ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun muassasalar rahbarlari, komissiya raisi va masʼul kotibi javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b B. AXMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijro apparati rahbari O. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 27-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash boʻyicha test oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(bosh muassasaning nomi)‎

‎‎
‎Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash
‎boʻyicha testdan oʻtganligini tasdiqlovchi
‎ GUVOHNOMA

‎‎Talabgor ________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎______________________________________________________________________ da

(muassasaning nomi)‎‎

‎‎oʻtkazilgan ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatni aniqlash boʻyicha testda _____ ball toʻpladi va testdan muvofaqqiyatli oʻtdi.

‎Test natijasiga asosan ____________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borish layoqatiga ega.
Oliy att�statsiya
‎ komissiyasi raisi‎‎

_________‎

___________________

‎‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎

(F.I.O.)

‎‎Bosh muassasa rahbari

_________‎

___________________‎‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎

(F.I.O.)‎‎

Muassasa rahbari*‎‎

_________‎

___________________‎‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Muassasa komissiyasi raisi

_________‎

___________________‎‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎
‎Berilgan sana: 20__ yil “___” ___________‎‎ Roʻyxatga olish raqami: ____________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Muassasa vazifasini bosh muassasa bajarganda bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 184-modda)