20.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1927-3
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 20.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1927-3
Kuchga kirish sanasi
24.11.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-sentabrdagi 256-son “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-fevraldagi 27-son “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1927, 2009-yil 27-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 151-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) muqaddima “bolalikdan nogironlarga” degan so‘zlardan keyin “va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 5-band “Bolalikdan nogironlarga” degan so‘zlardan keyin “va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
d) 6-banddagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
e) 7 — 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: