Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2019 21.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2586
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining qarori, 21.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2586
Kuchga kirish sanasi
26.05.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maslahat markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2586]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 18-sentabrdagi 413-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2586-1, 18.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli “Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 184-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maslahat markazlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2014-yil 23-aprel,

31/QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
08/QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq taʼlimi vazirligining 2014-yil 23-apreldagi 31/QQ, 08/QQ va 28-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maslahat markazlari toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli “Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, maslahat markazi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom harbiy akademik litseylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, oʻquvchilarni qabul qilish davrida har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejida (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) maslahat markazlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maslahat markazi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maslahat markazining maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maslahat markazining maqsadi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini (bundan buyon matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) taʼlim muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni samarali tashkil etish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar maslahat markazining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar va ularning ota-onalariga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) ularning istagini inobatga olgan holda kasb-hunar tanlash boʻyicha maslahatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar va ularning ota-onalariga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) taʼlim muassasasida mavjud yoʻnalishlar va kasblar toʻgʻrisida maʼlumotlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul vaqtida taʼlim muassasasi faoliyatiga oid bukletlar, audio-video va boshqa zarur materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda bitiruvchilar va ularning ota-onalariga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) taʼlim muassasasida mavjud tegishli yoʻnalishlar va tayyorlanadigan kasblar uchun tibbiy koʻrikdan oʻtish boʻyicha tavsiyalar berish va shart-sharoitlar yaratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar va ularning ota-onalariga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) taʼlim muassasasida mavjud yoʻnalishlar va tayyorlanadigan kasblar, ish kirish uchun yoʻllanma berilishi mumkin boʻlgan tashkilotlar, lavozimlar, tegishli qonun hujjatlari hamda sohaga oid asosiy talablar haqida tushuntirish berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar va ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) uchun kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ochiq eshiklar kunlarini tashkil etish hamda ularni taʼlim muassasasida yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasasiga bitiruvchilarning hujjatlarini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarni qamrab olish jarayonining borishini ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida keng yoritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralash test sinovlari oʻtkazilganda, bitiruvchilar yoki ularning ota-onalarini (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni) saralash test sinovlari oʻtkaziladigan kunlar haqida xabardor qilish, shuningdek taʼlim muassasasida tuziladigan komissiyaga saralash test sinovlarini (ijodiy imtihonlarni) tashkil etish va oʻtkazishda bevosita koʻmaklashish va zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralash test sinovi natijalarini eʼlon qilish hamda abituriyentlarga saralash test sinovi natijalari boʻyicha toʻliq maʼlumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarning hujjatlari bilan birgalikda shaxsiy hujjatlari yigʻma jildini shakllantirish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarni taʼlim muassasasiga oʻqitish bilan qamrab olish boʻyicha tegishli statistik maʼlumotlarni tayyorlash va ularni hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi yoki tegishli vazirlik va idoraga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralash test sinovlaridan, shuningdek madaniyat, sanʼat va boshqa ijodiy yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy imtihonlardan oʻta olmagan bitiruvchilarning hujjatlarini bitiruvchilar va ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) roziligi bilan qamrab olish imkoniyati mavjud boʻlgan taʼlimi muassasalariga dalolatnoma asosida oʻtkazilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat markazi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maslahat markazi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maslahat markazi faoliyatiga taʼlim muassasasining direktori rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taʼlim muassasasi direktori har yili 10-martga qadar maslahat markazining masʼul kotibligiga 3 nafar nomzodning roʻyxatini hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasiga, boshqa vazirlik yoki idora tasarrufidagi taʼlim muassasasi direktori esa, tegishli vazirlik yoki idoraga kelishish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maslahat markazi aʼzolari soni har bir taʼlim muassasasida ish hajmi, qabul rejasi va kvotasidan kelib chiqib, kamida 5 kishidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maslahat markazi aʼzolari tarkibiga taʼlim muassasasining amaliyotchi psixologi hamda tajribali pedagoglari kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa vazirlik yoki idora tasarrufidagi taʼlim muassasasining maslahat markazi aʼzolari tarkibiga tegishli vazirlik yoki idoraning vakili ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maslahat markazi aʼzolari tarkibi taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Mazkur buyruq bilan maslahat markazi masʼul kotibi va aʼzolarining vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maslahat markazi rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat markazi faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda maslahat markaziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat markazi masʼul kotibi va aʼzolarining vazifalarini taqsimlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat markazi masʼul kotibi va aʼzolari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, maslahat markazi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat markazi yigʻilishi bayonnomalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlarni roʻyxatga olish kitoblarini imzolaydi va muhr bilan tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul bilan bogʻliq hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi, hisobotining olib borilishi va belgilangan tartibda saqlanishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat markazining faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan texnik vositalar va kanselyariya mollari bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralash test sinovlari oʻtkaziladigan taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatadigan komissiya tarkibida aʼzo sifatida ishtirok etadi va komissiya raisiga saralash test sinovlarini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar va ularning ota-onalarini (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni) va boshqa fuqarolarni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bitiruvchilarni oʻqitish bilan taʼlim muassasasiga qamrab olish jarayonini qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish uchun maslahat markazi rahbari va masʼul kotibi masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maslahat markazlari faoliyati har yili 1-dekabrga qadar taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻiga asosan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maslahat markazi ishidan norozi boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-aprel

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. HAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiya raisi A. NURIDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK raisi A. RAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 249-modda)