Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
Qarori
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2575]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019-yil 31-oktabrdagi 34, 28-sonli ““Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2575-1, 20.11.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror qiladi:
1. Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-mart,
6-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-mart,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2014-yil 24-martdagi 6 va 4-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarligi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining (bundan buyon matnda “Vatanparvar” tashkiloti deb yuritiladi) oʻquv muassasalarida amalga oshiriladi.
2. Chaqiriluvchilarni “Vatanparvar” tashkilotida oʻqitish quyidagilarni qamrab oladi:
chaqiriluvchilarni milliy istiqlol gʻoyasi va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
chaqiriluvchilarga harbiy burchni vijdonan bajarish va harbiy intizomni oʻrgatish;
chaqiriluvchilarga harbiy texnika va qurol-aslahalarni ishlatish hamda ularni sozlash va texnik xizmat koʻrsatishni oʻrgatish;
chaqiriluvchilarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarini yanada takomillashtirish.
3. “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka oʻn yetti yoshga toʻlgan, salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli hamda tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
4. Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ularning tayyorgarlik dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda tasdiqlanadi.
5. Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishga jalb etilgan chaqiriluvchilarning mashgʻulotlarda ishtirok etishi majburiydir.
2-bob. Chaqiriluvchilarni “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv muassasalariga tayyorlash uchun yuborish
6. “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash rejasi har yili 10-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
7. Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich — har yili 15-martdan 30-iyulgacha;
2-bosqich — har yili 2-sentabrdan 15-yanvargacha tashkil etiladi.
8. Chaqiriluvchilar 1-bosqichda tayyorlash uchun har yili yanvar-fevral oylarida, 2-bosqichda tayyorlash uchun har yili iyul-avgust oylarida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi (bundan buyon matnda MIB deb yuritiladi) boshligʻi buyrugʻiga asosan tuziladigan komissiya tomonidan saralab olinadi. Bunda MIB chaqiruv boʻlimi boshligʻi komissiya raisi, MIB chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻlinmasi boshligʻi va “Vatanparvar” tashkilotining tegishli oʻquv muassasasi boshligʻi komissiya aʼzolari hisoblanadi.
9. Quyidagilar komissiyaning vazifalari hisoblanadi:
chaqiruv yoshidagi fuqarolarga harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv muassasalarida tayyorlash tartibi, harbiy xizmatning nufuzi, muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imtiyoz va shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berish;
jismonan sogʻlom, maʼnaviy-axloqiy va aqliy jihatdan yetuk boʻlgan chaqiriluvchilarni suhbat oʻtkazish yoʻli bilan saralab olish hamda ularni “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv muassasalarida tayyorlash uchun tavsiya etish.
10. Komissiya tomonidan “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida tayyorlash uchun tavsiya etilgan chaqiriluvchilar Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
11. Chaqiriluvchilar tibbiy tekshiruv natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilganda, ular MIB boshligʻining buyrugʻiga muvofiq “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalariga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda 3 ta asl nusxada tuziladigan roʻyxatga asosan yuboriladi.
Mazkur roʻyxatning bir nusxasi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasasida, ikkinchi nusxasi tegishli mudofaa ishlari boshqarmasida, uchinchi nusxasi MIBda saqlanadi.
12. Mashgʻulotlar boshlanishidan 5 kun oldin MIB tomonidan chaqiriluvchilarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda chaqiruv qogʻozi yuboriladi.
13. Mashgʻulotlar boshlanishidan 3 kun oldin chaqiriluvchilar va ularning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi MIB tomonidan “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasasiga topshiriladi.
14. Chaqiriluvchining shaxsiy hujjatlari yigʻma jildida quyidagilar boʻlishi lozim:
chaqiriluvchining pasporti nusxasi;
chaqiriluvchining maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
chaqiriluvchining tarjimai holi;
tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tavsifnomasi;
tibbiy komissiya xulosasi qayd etilgan tibbiy varaqa nusxasi;
olti dona 3 x 4 sm oʻlchamdagi fotosurat.
15. “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasasi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan roʻyxatga asosan chaqiriluvchilarni oʻquv muassasasiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Mazkur buyruqda harbiy texnika mutaxassisligi turi, guruh raqami, chaqiriluvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tayyorgarlikning boshlanish va tugallanish sanasi, masʼul oʻqituvchilar (taʼlim ustalari), guruh va seksiya komandirlari koʻrsatilishi shart.
16. Chaqiriluvchilarni avtomototransport vositalari haydovchiligiga tayyorlash Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Chaqiriluvchilarni tayyorlash ishini tashkil etish
17. “Vatanparvar” tashkilotining hududiy kengashlari:
har yili 1-martgacha joriy oʻquv yili uchun chaqiriluvchilarni tayyorlash hamda taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
harbiy texnika va qurol-aslahalarni ishlatish va ularning tuzilishi oʻrgatiladigan, laboratoriya-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan oʻquv sinflari, avtodrom, poligon va boshqa oʻquv obyektlarini tayyorlanadigan mutaxassisliklarga mos ravishda jihozlashni tashkil etadi;
koʻrgazmali qurollar va uslubiy qoʻllanmalarni muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
har bir bosqichdan oldin oʻquv-moddiy baza holatini koʻrikdan oʻtkazadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tegishli oʻquv muassasasiga zarur tavsiyalar beradi.
18. “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalari:
chaqiriluvchilarni guruhlarga taqsimlaydi;
oʻquv jarayonini oʻquv reja va dasturlariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlaydi;
chaqiriluvchilar ongida yuksak vatanparvarlik, maʼnaviy-axloqiy sifatlar shakllanishiga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda amaliy mashgʻulotlarni tashkil etadi;
chaqiriluvchilarning umumqoʻshin va jismoniy tayyorgarliklarining sifatli olib borilishini taʼminlaydi;
harbiy-amaliy sport turlari boʻyicha sport seksiyalari faoliyatini tashkil etadi;
yotoqxonaga joylashtirilgan chaqiriluvchilarning kundalik hayot tarzi ustidan doimiy nazorat olib borilishini tashkil etadi hamda mashgʻulotlardan boʻsh vaqtlarida ular bilan tarbiyaviy va ommaviy-sport ishlarini oʻtkazadi;
harbiy texnika, qurol-aslaha va mol-mulklardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishini va ularning qatʼiy hisob boʻyicha saqlaydi;
mashgʻulotlar oʻtkazilishidan oldin chaqiriluvchilarga xavfsizlik qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar oʻtkazadi;
yongʻin va boshqa noxush holatlarning (avariya, chaqiriluvchilarning tan jarohati olishlari) oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar koʻradi.
19. Yotoqxonada yashovchi chaqiriluvchilar bilan har kuni ertalab 30 daqiqa badan-tarbiya mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
20. Chaqiriluvchilar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haftaning dushanba va payshanba kunlari mashgʻulotlar boshlanishidan oldin 30 daqiqa davomida oʻtkaziladi.
21. Marsh yurish tayyorgarligi jarayonida yoʻnalishning kamida 40 foizi 10 — 12o qiyalik va koʻtarilishlardan, tuproq yoʻl, qumli-choʻl va togʻli hududlardan, kechib oʻtiladigan suv havzalaridan iborat boʻlishi lozim.
22. Quyidagi hollarda chaqiriluvchilar oʻquv muassasasi boshligʻining buyrugʻiga asosan oʻqishdan chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga koʻra ariza bilan murojaat qilganda;
sababsiz ravishda 74 soatdan ortiq dars qoldirganda.
23. Chaqiriluvchini oʻqishdan chetlashtirish haqidagi buyruqda chaqiriluvchining oʻqishdan chetlashtirilganligi sababi va asoslari koʻrsatilishi shart. Mazkur buyruqning nusxasi tegishli MIBga yuboriladi.
24. Oʻquv jarayonlari yakunlangach, chaqiriluvchilarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari dalolatnoma asosida tegishli oʻquv muassasasi boshligʻi tomonidan MIBga topshiriladi.
4-bob. Yakuniy qoida
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Markaziy kengashi bilan kelishilgan.
Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi R. NIYAZOV
2014-yil 24-mart
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| ____________________________ tumani (shahri) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan | |||||||||||||||||||||||
| _____________________________da joylashgan _____________________________ ga | |||||||||||||||||||||||
| (oʻquv muassasasi joylashgan manzil) | |
(oʻquv muassasasining nomi) | |||||||||||||||||||||
| _____________________ mutaxassisligi boʻyicha saralab olingan chaqiriluvchilarning | |||||||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||||||
|
Oʻquv jarayoni 20__ yil “__”______ da boshlanadi va 20 __ y. “__”_____ da tugallanadi. | |||||||||||||||||||||||
| T/r | Chaqiriluvchining F.I.O. | Tugʻilgan yili |
Maʼlumoti | Yashash manzili |
Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining buyrugʻi soni va sanasi | Oʻquv muassasasiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaydlar | |||||||||||||||||
Jami ___________ nafar chaqiriluvchilarni 20 ___ yil “____” _________________ da | |||||||||||||||||||||||
| Topshirdi _______________________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||
| | |
(Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi | |||||||||||||||||||||
| | |
M.Oʻ. |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Qabul qildi: _____________________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||
| | | |
(oʻquv muassasasi boshligʻi, imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi) | ||||||||||||||||||||
| | |
M.Oʻ. |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| | |
____-sonli |
| |
| | | | | |
| Chaqiriluvchi ___________________________________________________________ ga | ||||
| |
(familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||
|
Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimining 20 ___ yil “_____” ______________ dagi _____-sonli buyrugʻiga asosan, Siz 20____ yil “______” ____________________ kuni | ||||
| ___________________________________________________________ da joylashgan | ||||
|
(oʻquv muassasasi joylashgan manzil) |
| |||
| ______________________________________________________________________ga | ||||
|
(oʻquv muassasasining nomi) |
| |||
| mashgʻulotlarga yetib kelishingiz soʻraladi. | ||||
| ________________________________tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi | ||||
| ________________________________________________________________________ | ||||
|
(harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi) | ||||
|
M. Oʻ. |
| | | |
| ------------------------------------------------------------------------------------ | ||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 183-modda)