Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida adliya organlariga hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2563]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 27-noyabrdagi 408-mh-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida adliya organlariga hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2563-1 27.11.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 355-modda) asosan buyuraman:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida adliya organlariga hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi (M. Ishbekov) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-fevral,
51-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 51-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida adliya organlariga hisobot taqdim etish tartibi haqida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 355-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (bundan buyon matnda hokimlik deb yuritiladi) yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida adliya organlariga hisobot taqdim etish tartibi, shuningdek hisobot shaklini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda mahalliy davlat hokimiyati organlari deganda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek tuman va shahar hokimliklari tushuniladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga, tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga hisob beradilar.
II bob. Hisobot taqdim etish
3. Hokimliklarning yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shakldagi jadvalga muvofiq taqdim etiladi.
4. Hisobot bevosita tegishli yuridik xizmat xodimi tomonidan toʻldiriladi va imzolanadi. Yuridik xizmat boʻlinma (departament, boshqarma yoki boʻlim) tarzida tashkil etilgan boʻlsa, undagi yuridik xizmat xodimlarining har biri oʻzi tomonidan bajarilgan ishlar boʻyicha hisobot tuzadi.
Agar yuridik xizmat xodimi hisobot choragining oxirgi oyida lavozimga tayinlangan boʻlsa, u tomonidan bajarilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar keyingi chorak yakuni boʻyicha taqdim etiladigan hisobotga qoʻshib beriladi.
5. Hisobot har chorak yakunlangandan soʻng, keyingi oyning 5-sanasiga qadar oʻsib boruvchi tartibda qogʻoz va elektron shaklda kuzatuv xatiga ilova qilingan holda taqdim qilinadi.
6. Taqdim qilingan hisobotlarning haqqoniyligini tekshirish maqsadida adliya organlari tomonidan ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinishi mumkin.
III bob. Yakuniy qoidalar
7. Adliya organlari tegishli ravishda hisobotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi, zarur hollarda, chora-tadbirlar belgilaydi.
8. Hisobotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgarlik yuridik xizmat boshligʻi va tegishli yuridik xizmat xodimiga, ularning adliya organlariga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi uchun javobgarlik esa, tegishli hokimga yuklatiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida adliya organlariga hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida adliya organlariga taqdim etiladigan
STATISTIK HISOBOT ShAKLI
01.01.- “___” ________________ 20___ yil holatiga (hisobot davri)
| (choraklik, yillik) | |||||||||||||||||||
| T/r | Yuridik xizmat xodimi F.I.O. va ish joyi | Yuridik xizmat xodimi tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari qaror (farmoyish) lari soni | Yuridik xizmat xodimi tomonidan koʻrib chiqilgan va viza qoʻyilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari qaror (farmoyish) lari soni | Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, viza qoʻyilgan normativ-huquqiy tusdagi qarorlar loyihalari soni (2-ustundan) | Shundan | Adliya organiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy tusdagi qarorlar loyihalari soni | Shundan | Adliya organiga davlat hisobiga olish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy tusdagi qarorlar soni | Shundan | Viza qoʻyilgan va xulosa berilgan shartnoma loyihalari soni | Yozma xulosa berilgan shartnoma loyihalari soni (12-ustundan) | Hokimlik va uning tizimiga kiruvchi boʻlimlarda huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlar soni | Oʻrganish natijasida aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha kiritilgan takliflar soni | Shundan | |||||
| xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari loyihalari | hokimning normativ-huquqiy tusdagi qarorlari loyihalari | xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari loyihalari | hokimning normativ-huquqiy tusdagi qarorlari loyihalari | xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari | hokimning normativ-huquqiy tusdagi qarorlari | intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida | maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida | jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida | |||||||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
(shakl davomi) | |||||||||||||||||||||||
| T/r | Hokimlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish masalasida qatnashilgan sud majlislari soni | Kiritilgan talabnomalar | Shundan, qanoatlantirilgan | Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudlarga kiritilgan daʼvo arizalari | Shundan, qanoatlantirilgan | Hokimlikka kiritilgan va yuridik xizmat xodimi ishtirokida koʻrib chiqilgan taqdimnomalar va talabnomalar soni |
Shundan | Koʻrib chiqilgan fuqarolar murojaatlari soni |
Shundan | Oʻtkazilgan huquqiy targʻibot tadbirlari soni | Shundan | Hokimlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha kiritilgan takliflar | |||||||||||
| soni | summa | soni | summa | soni | summa | soni | summa | taqdimnoma | talabnoma | ariza | shikoyat | taklif | televideniye | radio | gazeta, jurnal, veb-sayt | maʼruza, seminar, davra suhbati, konferensiya | plakat, buklet | | |||||
| 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | 32 | 33 | 34 | 35 | 36 | 37 | 38 | 39 | 40 | 41 | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | Yuridik xizmat xodimi | | ______________________ | _____ | |||||||
| | | | | | | | | | | M. Oʻ. | | | | | | | |
(F. I. O)., |
(imzo) | ||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Izoh: hisobotdagi koʻrsatkichlar oʻsib boruvchi tartibda toʻldiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 101-modda)