Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 54-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kapital qurilishning koʻpayib borayotgan hajmlari bajarilishini taʼminlash, xalq xoʻjaligining muhim obyektlarini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish, qurilishlarni malakali va harakatchan qurilish tashkilotlari bilan butlash hamda ushbu jarayonga harbiy quruvchilarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Mudofaa vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha bir oy muddatda ilovaga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalarini joylashtirish uchun yer ajratilishini taʼminlasinlar;
shu muddatda Mudofaa vazirligiga muhandislik kommunikatsiyalarini joylashtirish uchun zarur texnik shartlarni bersinlar;
tuzilmalarni odatda mavjud binolar va inshootlarda joylashtirishda Mudofaa vazirligiga koʻmaklashsinlar;
viloyat mudofaa ishlari boʻlimlari bilan birgalikda harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalarini butlash uchun chaqiriluvchilarning maqsadli sifatli tanlanishini taʼminlasinlar.
2. Belgilansinki, Mudofaa vazirligining harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalaridan Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligining muhim obyektlari qurilishida, shuningdek Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Hukumat aloqasi xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmalari boʻyicha foydalanilishi kerak.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar bilan birgalikda kapital qurilishning yillik prognozlarida qurilish-montaj ishlari hajmlarining bir qismi bosh pudrat boʻyicha bajarish uchun Mudofaa vazirligiga berilishini nazarda tutsin.
4. Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalari balansiga berilayotgan xalq taʼlimi, qurilish industriyasi, sanoat-qurilish materiallari obyektlari, avtobazalar, binolar va inshootlar, shuningdek qurilish texnikasi va avtotransport roʻyxatini aniqlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
bir oy muddatda tuzilmalar joylashtiriladigan joylarni belgilasin va ushbu maʼlumotlarni hokimiyat hududiy organlari eʼtiboriga yetkazsin;
1997 — 1999-yillar davomida yangidan tashkil etilayotgan harbiy-muhandislik qurilish tuzilmalarini amaldagi normativlarga binoan, hisob-kitoblarga muvofiq mavjud binolar va inshootlardan eng koʻp darajada foydalanishni hisobga olib, zamonaviy darajada obod qilish uchun zarur miqdordagi harbiy shaharchalar barpo etilishini taʼminlasinlar;
harbiy-muhandislik qurilish tuzilmalari shaxsiy tarkibini tayyorlash va zarur ishchi mutaxassisliklarga oʻqitish tizimini qayta tashkil etsin va yaxshilasin, fuqaro quruvchilarni harbiy tuzilmalarda ishlash uchun qayta tayyorlash va oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etsin;
bir oy muddatda Mudofaa vazirligining harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
vazirlik tarkibidagi Harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalari boshqarmasi tarkibi 100 kishidan, shu jumladan 40 zobitdan iborat xoʻjalik hisobidagi Harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalari bosh boshqarmasiga aylantirilsin va unga qoʻshimcha ravishda buyurtmachi funksiyasi berilsin;
harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalarining loyiha-qidiruv boʻlimi bazasida “Harbiyloyiha” loyiha instituti tashkil etsin. Loyiha institutiga bosh loyihalovchi va Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa buyurtmachilarning obyektlari qurilishiga loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash vazifalarini hal etish funksiyalari yuklansin.
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1997/98 oʻquv yilidan boshlab va keyingi yillarda viloyat markazlarida fuqaro oliy oʻquv yurtlari bazasida harbiy ixtisoslikdagi muhandis-quruvchilar tayyorlanishini taʼminlasin.
8. Uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish maqsadida 1997-yildan boshlab harbiy xizmatchilarning oilalari uchun uy-joy qurilishini, uning foydalanishga topshirilishi hisobga olingan smeta qiymati doirasida, amaldagi xarajatlar boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashga ruxsat etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda yangi tashkil etiladigan harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalarini hisob-kitoblarga muvofiq aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifni bir oy muddatda koʻrib chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Harbiy xizmatchilarga (muddatli xizmatdan tashqari), harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalarining yollangan ishchi va xizmatchilariga respublikada amalda boʻlgan qoidalar va normativ hujjatlarga muvofiq ishning koʻchma xususiyati uchun lavozim maoshlariga ustamalar hamda boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish targʻibi va shartlari tatbiq etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov va Mudofaa vaziri R.Oʻ. Ahmedov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-iyul,
347-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-iyuldagi 347-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mudofaa vazirligining mavjud hamda 1997 — 1999-yillarda yangi tashkil etiladigan harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida
JOYLAShIShI
| |
HMQT shaxsiy tarkibi soni (kishi) | |||
|
Hammasi |
shu jumladan yillar boʻyicha | |||
|
1997 |
1998 |
1999 | ||
| Hammasi | 30000 | 15000 | 7500 | 7500 |
| shu jumladan: | | | | |
|
I |
| | | |
| Mavjud tuzilmalar | 9700 | 9700 | — | — |
| Ularning viloyatlar hududlari boʻyicha joylashishi: | | | | |
| 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 160 | 160 | | |
| 2) Buxoro viloyati | 368 | 368 | | |
| 3) Jizzax viloyati | 642 | 642 | | |
| 4) Qashqadaryo viloyati | 417 | 417 | | |
| 5) Navoiy viloyati | 1733 | 1733 | | |
| 6) Samarqand viloyati | 611 | 611 | | |
| 7) Surxondaryo viloyati | 455 | 455 | | |
| 8) Sirdaryo viloyati | 175 | 175 | | |
| 9) Toshkent viloyati | 706 | 706 | | |
| 10) Toshkent shahri | 3068 | 3068 | | |
| 11) Fargʻona viloyati | 1261 | 1261 | | |
| 12) Xorazm viloyati | 104 | 104 | | |
|
II |
| | | |
| Yangi tashkil etiladigan tuzilmalar | 20300 | 5300 | 7500 | 7500 |
| | shu jumladan zobitlar | | ||
| | — 1490 | 481 | 513 | 496 |
| | praporshiklar | | | |
| | — 840 | 476 | 182 | 182 |
| | muddatli xizmatdagilar | | | |
| | — 17970 | 4343 | 6005 | 6822 |
| Ularning hududlar boʻyicha joylashishi: | | | | |
| 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi | | 592 | 592 | 592 |
| 2) Qashqadaryo viloyati | | 592 | 592 | 592 |
| 3) Navoiy viloyati | | 800 | 592 | 592 |
| 4) Surxondaryo viloyati | | 692 | 2172 | 1580 |
| 5) Sirdaryo viloyati | | | 592 | 592 |
| 6) Toshkent shahri | | 1182 | 1776 | 2368 |
| 7) Fargʻona viloyati | | 842 | 1184 | 1184 |
| 8) Toshkent viloyati* | | 300 | | |
| 9) Buxoro viloyati* | | 150 | | |
| 10) Samarqand viloyati* | | 100 | | |
| 11) Jizzax viloyati* | | 50 | | |
Izoh: * mavjud tuzilmalar xodimlari sonini toʻldirishga.