Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2019 27.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2474
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining qarori, 27.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2474
Kuchga kirish sanasi
01.07.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2474]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 13-2019-q/q, 2-mb-sonli “Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2474-1, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3q-2013-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 1-maydagi 26, 3q-2013-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) muvofiq yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari yaratilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Dasturning parametrlarini soʻzsiz bajarish yuzasidan muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkil etish boʻyicha doimiy ishlovchi viloyat va tuman (shahar) ishchi komissiyalariga (bundan buyon matnda ishchi komissiya deb yuritiladi) taqdim etilganda hamda keyinchalik belgilangan tartibda davlat statistika hisobotlarida aks ettirilgandagina haqiqatda yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari amalda tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarni hisobga olish davri oy, chorak va yil hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dastur ijrosini taʼminlash maqsadida hududlar, tarmoqlar va Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar kesimida yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi hamda statistik hisobotlarda toʻgʻri aks ettirilishi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar bilan davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taqqoslash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini va maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash maqsadida ishchi komissiya tomonidan taqqoslash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ishchi komissiya tomonidan hisobot oyi yakunlangandan soʻng, keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar tuman (shahar) statistika boʻlimlariga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) statistika boʻlimlari ishchi komissiya tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tegishli davlat statistika hisobotlarining koʻrsatkichlari bilan har bir tashkilot kesimida alohida taqqoslaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) statistika boʻlimlari tomonidan davlat statistika hisobotlari asosida yaratilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ishchi komissiyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlari oʻrtasidagi tafovutlar boʻyicha Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar kesimida tahliliy maʼlumotlarda aniqlangan tafovutlar ishchi komissiyaning tezkor maʼlumotlaridan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarini tanlov asosida oʻrganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va xolisligini taʼminlash maqsadida, har oyda bir marta, hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi sanasiga qadar ishchi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ishchi komissiyasining 3 nafar aʼzosi tomonidan ish oʻrinlari tashkil etilgan tashkilotda yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarining haqqoniyligi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish davomida tashkilotning faoliyatiga aralashish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi komissiyaning qaroriga muvofiq har chorakda Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlarining kamida 25 foizi tanlov asosida oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi komissiya oʻrganishdan 10 kun oldin tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi komissiya raisining qaroriga asosan ishchi komissiyasining 3 nafar aʼzosi oʻrganishga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻrganish boshlanishidan oldin tashkilotning masʼul xodimiga ishchi komissiya qarorining nusxasi taqdim etiladi va komissiya aʼzolari tomonidan xizmat guvohnomasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻrganish tegishli tashkilotning ish vaqtida oʻtkaziladi va muddati 1 kundan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻrganish davomida yangi tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha shtat jadvali, mehnat shartnomalari tuzilganligi, ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlar rasmiylashtirilganligi hamda mehnat daftarchasi yuritilayotganligi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻrganish natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarini haqqoniyligini oʻrganish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻrganish natijalari, dalolatnomalar hamda tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tuman (shahar) statistika boʻlimlari tomonidan umumlashtirilgan taqqoslama jadval tuziladi. Umumlashtirilgan taqqoslama jadval ishchi komissiya tomonidan viloyat ishchi komissiyasiga, viloyat ishchi komissiyasi tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi
‎MAʼLUMOTLAR

‎‎__________________ tumani (shahri) boʻyicha 20__ yilning “__” ____________ holatiga koʻra

‎‎
T/r‎ OKPO‎ STIR‎ Tashkilot nomi‎ Hisobot
‎davrida
‎tashkil etilgan
‎ish oʻrinlari soni‎
Shundan
‎kasanachilik ish
‎oʻrinlari soni‎
Yil boshidan
‎tashkil etilgan
‎ ish oʻrinlari soni‎
Shundan
‎kasanachilik
‎ish oʻrinlari soni‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
‎‎
‎‎20__ y. “___”________‎‎ ‎‎Tuman (shahar) ishchi komissiyasi kotibi (imzo) ‎‎ F.I.O.‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Tuman (shahar) kesimida toʻldiriladi

‎‎Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida nazarda tutilgan tashkilotlarda
‎ yaratilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi
‎MAʼLUMOTLAR

‎‎

‎‎__________________ tumani (shahri) boʻyicha 20__ yilning “__” ____________ holatiga koʻra

‎‎
T/r‎‏ OKPO‎‏ STIR‎‏ Tashkilot nomi Tezkor maʼlumotlar‎‎ Davlat statistika hisobotlari‎‎
hisobot
‎davrida
‎tashkil etilgan
‎ ish oʻrinlari‎
shundan kasanachilik
‎ish oʻrinlari‎
yil
‎boshidan tashkil
‎etilgan ish
‎oʻrinlari soni‎
shundan
‎ kasanachilik
‎ish oʻrinlari‎
hisobot davrida
‎tashkil etilgan ish oʻrinlari‎
shundan kasanachilik
‎ish oʻrinlari‎
yil boshidan
‎ tashkil
‎etilgan ish
‎oʻrinlari soni‎
shundan
‎kasanachilik
‎ish oʻrinlari‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎

Jami‎

‎‎
‎‎Izoh: 3,4,5,6,7,8- ustunlar ishchi komissiya tomonidan, 2,9,10,11,12- ustunlar tuman (shahar) statistika boʻlimlari tomonidan toʻldiriladi.
‎Ishchi komissiyasi raisi‎

(imzo)‎

(F. I. O.)‎

‎‎
‎‎Statistika boʻlimi boshligʻi‎

(imzo)‎

(F. I. O.)‎‎

‎‎20__ y. “___”___________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Viloyat kesimida toʻldiriladi

‎‎

‎‎Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida nazarda tutilgan tashkilotlarda
‎yaratilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi
‎ MAʼLUMOTLAR

‎‎__________________ viloyat boʻyicha 20__ yilning “__” ____________ holatiga koʻra

‎‎
T/r‎‏ Tuman (shahar) nomi‎‏ Tezkor maʼlumotlar‎ Davlat statistika hisobotlari‎
hisobot davrida tashkil etilgan
‎ish oʻrinlari‎
shundan kasanachilik
‎ish oʻrinlari‎
yil
‎boshidan
‎tashkil etilgan ish oʻrinlari soni‎
shundan kasanachilik
‎ ish oʻrinlari‎
hisobot
‎ davrida
‎ tashkil etilgan ish oʻrinlari‎
shundan kasanachilik
‎ish oʻrinlari‎
yil boshidan tashkil etilgan
‎ ish oʻrinlari soni‎
shundan kasanachilik
‎ ish oʻrinlari‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎

Jami‎

‎‎Izoh: 3,4,5,6-ustunlar ishchi komissiya tomonidan, 7,8,9,10-ustunlar viloyat statistika boshqarmalari tomonidan toʻldiriladi.
‎‎
‎‎Ishchi komissiyasi raisi

(imzo)‎

(F. I. O.)‎
‎‎Statistika boshqarmasi boshligʻi

(imzo)‎

(F. I. O.)‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎‎‎Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarini haqqoniyligini oʻrganish
‎ DALOLATNOMASI

‎‎

‎‎20___ yil “___” ___________

___________________QFY (MFY)

20__ yilning “___”________ kuni ______________________________ da yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarini haqqoniyligi oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:‎‎

1.‎

Oʻrganish vaqtida tashkilotda ishlovchilar soni ‎‎ ‎‎
shu jumladan:‎ ‎‎
18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan xodimlar soni‎‎‎ ‎‎
ulardan kasb-hunar kollejini tugatganlar‎‎ ‎‎
Ayollar‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎Boʻsh ish oʻrinlari ‎‎

3‎

‎‎Mavjud boʻsh ish oʻrinlarining soni
‎(har bir kasb (lavozim) boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar mazkur dalolatnomaga ilova qilinadi) ‎
‎‎

4.‎

‎‎20__ yilda dastur boʻyicha yaratiladigan ish oʻrinlari soni ‎ ‎‎

5.‎

Amalda yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni ‎‎ ‎‎
shundan: kasanachilar‎‎ ‎‎

6.‎

Tashkilot ishga tushmagan boʻlsa, uning asosiy sabablari ‎
‎‎
‎‎Tashkilot rahbari

‎‎_______________

‎‎___________________

‎‎(imzo, muhr)

‎‎(F. I. O.)

‎‎
‎‎Ishchi komissiya tomonidan oʻrganishga yuborilgan xodimlar:
‎‎

‎‎____________________

‎‎___________

___________________‎‎

‎‎(Lavozimi)

‎‎(imzo)

‎‎(F. I. O.)

‎‎

‎‎____________________‎‎

___________ ‎‎

___________________‎‎ ‎‎

‎‎‎‎(Lavozimi)

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F. I. O.) ‎‎

‎‎____________________‎‎ ‎‎

___________ ‎‎ ‎‎

___________________‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎‎(Lavozimi)

‎‎‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F. I. O.) ‎‎ ‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 345-modda)