OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1027-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi 437-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1027-2, 30.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-fevraldagi 33-son “Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari baʼzi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 71-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 5-apreldagi 1, 34-son “Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlarga (roʻyxat raqami 1027, 2001-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-mart,
19-P-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-mart,
31-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 194-modda)