Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 428-6]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 5-dekabrdagi 2015/10-11, 103, 01-02/19-49-sonli “Eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 428-8, 11.12.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 370-son “Tovarlarni elektron shaklda bojxona rasmiylashtiruvi protsedurasi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 9-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 20-son bilan va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2-son bilan tasdiqlangan Eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 428, 1998-yil 8-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1998-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
1-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
11-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
01-02/15-12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 78-modda)