OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGIning
Qarori
2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2053-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2017-yil 10-yanvardagi 01-02/12-66 va 2017/03-1-sonli “2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2053-2, 17.01.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2009-yil 2-noyabrdagi 01-02/12-22, EG-01/10-7233-son qarori (roʻyxat raqami 2053, 2009-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 546-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-dekabr,
01-02/19-37-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-dekabr,
EG-01/10-8808-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2012-yil 25-dekabrdagi 01-02/19-37 va EG-01/10-8808-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddan “va bojxona organlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 14-banddan “va uning hududidan olib chiqish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz uchun mahsulot kelib chiquvchi davlat sertifikatining berilishi Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2010-y. 33-son, 279-modda).”
4. 24-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekneftegaz” MXK va “PETRONAS Carigali (Urga) Ltd” kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2012-yil 14-dekabr
“PETRONAS Carigali (Urga) Ltd” boshligʻi I. NADARADJAX
2012-yil 14-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 50-modda)